Bosqichli nazorat imtihoni materiallari. Bosqichli nazorat imtihon
materiali hujjatlari har bir sinf uchun alohida (10 talik fayl) bo‘lishi kerak. Bunda
o‘quvchilar (ozod etilgan o‘quvchilar alohida) ro‘yxati; imtihon biletlari 11 ta
(amaliy mashg‘ulot biletlari og‘il va qiz bolalar uchun 5 tadan, nazariy savollar 1 ta)
muhrlangan konvertda bo‘lishi; imtihon dalolatnomasi (muhrlangan konvertlar
o‘quvchilar tomonidan tortilib, ochilganligi xususida), bayonnoma (o‘quvchilar
amaliy va nazariy qismlardan erishgan me’yor natijalari hamda ballari qayd etib
borish uchun) bo‘lishi lozim.
Amaliy va nazariy qism bir kunda o‘tkazilishi, konvertlari imtihon kuni
ochilishi hamda dalolatnoma, bayonnomalar imtihon jarayonida to‘ldirib borilishi
shart.
15
Do'stlaringiz bilan baham: |