Ona tili nazariyasi va amaliyoti


Download 18.37 Kb.
bet1/3
Sana14.05.2023
Hajmi18.37 Kb.
#1459302
  1   2   3
Bog'liq
Oraliq 1


“ONA TILI NAZARIYASI VA AMALIYOTI”FANIDAN II KURS UCHUN ORALIQ NAZORAT SAVOLLARI
1-variant
Ergashgan qo`shma gaplar turi, qolipi, bog`lovchi vositasini aniqlang.

  1. Olim bo`lsang, olam seniki

  2. Kamtar bo`l, chunki kamtarlik insonni kamolotga boshlaydi.

  3. Agar qiz bo`lsang, otingni Kimsanoy qo`taman, agar og`il bo`lsang, Kimsanboy qo`yaman

  4. Men bilgan yovuz kishilar u yerda bor, shuning uchun men bormayman.

  5. Hunar ado bo`lmas bo`likdir, shu sababli yoshlik chog`idan boshlab biron-bir hunarni o`eganish payida bo`l.

  6. Chin do`st yurakdan so`zlar, chunki u sening yomon bo`lishingni also xohlamaydi.

  7. To`g`ri so`z qilichdan o`tkir, shuning uchun hamisha rost so`zlashga odatlan

  8. Olloyorning eng zo`r sifati shuki, uning qo`lida yig`layotgan chaqaloqlar birdan yupandi-qoldi.

  9. Ot xo`rsinsa,bir falokat yuz beradi.

  10. Piyoladan bug` chiqib turmasa, choy ichganday bo`lmayman.

  11. Majilis vaqtida boshlanmadi,chunki rais ushlanib qoldi.

  12. Tilagim shuki, barcha bilan yaxshi muomalada bo`ling.

  13. 13. Ortiqcha g`urur obroyingni yo`q qilur, shuning uchun o`zingni boshqalardan baland tutma

  14. 14. Suni unutmangki, g`alvirda suv turmas.

  15. 15. Kimda aql oz bo`lsa,undagi shuhratparaslik shunchalik kuchayar.

  16. 16. Qo`rqoq keta turib maqtansa, jasur qayta turib maqtanadi.

  17. 17. Oraga shunday jimlik cho`kdiki,yuragi guppulab urayotgani aniq eshitila boshladi.

  18. 18. Vatanimizning kelajagi shuning uchun ham buyukki, unda asosiy qismini yoshlar tashkil etadi.

  19. 19. Erta eksang, erta o`rasan.

  20. 20. Arqondan qo`llari chiqib ketsa, to tuman tarqalmaguncha yo`l topolmay sarson bo`lib yuraveradi.

  21. 21. Shuni mamnuniyat bilan ta`kidlaymanki, mening kasb tannlashimga otamning do`mbirasi sababchi bo`lgan.

  22. 22. Topgan obro`ni yo`qotmaslik shart, chunki obro` ko`ylak emaski, yangisini bozordan olsang.

  23. 23. Birinchi qaldirg`och parvozini ko`rgan kishi qanday sevinsa, Avaz ham bundan shunday quvonadi.

  24. 24. Fikr tiniq bo`lsa, nutq ravon va chiroyli bo`ladi.

  25. 25. Shuni bilingki, bunday odamlar ko`pincha maqtonchoq va yolg`onchi bo`ladi.

  26. 26. Shuni bilingki, bitta so`zning tig`i yuzta shamshirdan o`tkirroqdir.

  27. 27. Katta arava qaysi yo`lga yursa, kichik arava ham xuddi shu yo`ldan yuradi.

  28. 28. Sevgi shunday navbahorki, u tikondan gul qilur.

  29. 29. Bu suvni ichgandan so`ng kim yolg`on so`zlasa, uning qulog`i o`sib ketarmish.

  30. 30. Masalaning mohiyati shu ekanki, bosh vrach qabulxonasiga kichkina telefonagramma tushibdi.

  31. 31. Har kim g`azabini ichiga yutsa, u gunohkorning gunohidan o`tadi.

  32. 32. Bilingki, jim turib salomat bo`lish gapirib malomatga qolishdan afzal

  33. 33. Qalbingiz nimani buyursa, siz menga shuni buyuring.

  34. 34. Odamlar ishdan qolmasin deb, marosimni soat besh yarimga qoldirdik

  35. 35. Soy qanchalik tez oqsa, u shunchalik sayoz bo`ladi.

  36. 36. Anvarga shunisi qiziq tuyuldiki, bu yerda hamma daraxtlar bir chiziq ustida saf tortib turadi.

  37. 37. Bu savollardan ma’lum bo`ldiki, aybnoma uydirma emas.

  38. 38. Kim alam chekmabdi umrida bir bor, U meni anglamas, anglamas also.

  39. 39. Badanda nimaiki quvvat bo`lsa, u tozalik va pokizalikdandir.

  40. 40. Saxiylikni odat qilgan bo`lsa kim, Qo`lidan davlati ketmasin uning.

“ONA TILI NAZARIYASI VA AMALIYOTI”FANIDAN II KURS UCHUN ORALIQ NAZORAT SAVOLLARI 2-variant.



Download 18.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling