Ona tili masalalari bo‘yicha e’tibor qaratilgan davlat qonunlari: - 1989-yil 21-oktabrda «Davlat tili to‘g‘risida»gi qonun;
- 1995- yil 21-dekabr yangi tahrirdagi qonun;
- O‘zbekiston Respublikasi «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun;
- O‘zbekiston Respublikasi «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi».
Hozirgi o‘zbek adabiy tili kursni o‘rganish obyekti: hozirgi o‘zbek adabiy tili hamda uning o‘zbek milliy tili tarkibidagi o‘rni kabilardan iboratdir. - Hozirgi o‘zbek adabiy tilining maqsadi: talablarni shu tilning qurilishiga mansub hodisalar va qonun-qoidalar bilan ilmiy asosda tanishtirishdan iborat.
Hozirgi o‘zbek adabiy tilining vazifalari: - a) sohaga oid adabiyotlar ustida ishlash, asosiy tushuncha va terminlar nazariy umumlashmalar bilan tanishish.
- b) tilning fonetik, leksik, semantik va grammatik satxlariga mansub birliklarning adabiy til uchun me’yor bo‘lgan va bo‘lmagan belgi xususiyatlarini qiyosan o‘rganish, tahlil qilish.
- d) hozirgi adabiy tilning tarixiy ildizlari dialektal asoslari va til taraqqiyotini belgilovchi ichki hamda tashqi omillar haqida ma’lumot berishdan iborat.
O‘zbek adabiy tili tarixi davrlashtirishi: - 1. Qadimgi turkiy adabiy til:
- a) eng qadimgi turkiy til (ilk til paydo bo‘lgandan VII asrgacha bo‘lgan davr. Avesto, Behistun yozuvlari bitilgan til).
- b) qadimgi (o‘rta turk tili) turkiy til (VIII-XI asrlar) O‘rxun-Enasoy yodgorliklari yaratilgan til.
- d) eski turkiy til (XI-XIII asrlar) «Qutadg‘u bilig» – «Devoni lug‘otit turk», «Hibatul haqoyiq», «Devoni lug‘otit turk» kabi asarlar shu tilda yaratilgan.
- 2. Eski o‘zbek adabiy til. Rabg‘uziy, Xorazmiy, Atoi, Lutfiy, Sayfi Saroi, Sakkokiy, Alisher Navoiy, Bobur, Mashrab, Turdi, Maxmur, Muqumiy, Zavqiy va boshqa ijodkorlarning asarlari shu tilda yaratilgan.
- 3. Yangi o‘zbek adabiy tili (XIX asrning oxiri XX asr boshlari) o‘zbek tili ana shu tarixiy ildizlardan o‘sib chiqib, XX asrning 30-yillarida hozirgi o‘zbek tili shakliga kirgan o‘zbek tilining qadimiy turkiy tildan to hozirgi o‘zbek adabiy tiligacha bo‘lgan lisoniy taraqqiyotini kuzatish til davrlari orasidagi farqlarni aniqlash imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |