Hozirgi o‘zbek adabiy tili taraqqiyotini belgilovchi omillar 2 xil:
1. Lisoniy omillar. Tilning ichki taraqqiyot qonuniyatlari asosida rivojlanib borishi lisoniy omillar hisoblanadi, lisoniy omillar uzoq vaqt davomida yuzaga keladi.
2. Nolisoniy omillarga tildan tashqarida mavjud bo‘lgan omillar kiradi: ijtimoiy tuzum farmasiyalari, tarixiy jarayonlar, xalqlar va millatlar o‘rtasidagi iqtisodiy, siyosiy, madaniy va ma’rifiy aloqalar, ilm-fan rivoji, ishlab chiqarish va texnika taraqqiyoti shular jumlasidandir.
«Hozirgi o‘zbek adabiy tili» kursi quyidagi bo‘limlardan tashkil topgan: - Fonetika va fonologiya. Bu bo‘limda nutq tovushlari va ularning xususiyati o‘rganiladi.
- Leksikologiya. Bu bo‘limda tilning lug‘at qoplamiga xos xususiyatlar, leksimalarning semantik tarkibi o‘rganiladi.
- Grafik va orfografiya. Bu bo‘limlarda hozirgi o‘zbek adabiy tilining yozuv tizimlari.
- Orfoepiya. Bunda hozirgi o‘zbek adabiy tilining to‘g‘ri talaffuz me’yorlari o‘rganiladi.
- Leksikografiya. Bunda lug‘at va uning tiplari lug‘at tuzish bilan bog‘liq masalalar o‘rganiladi.
- Morfemika. Bu bo‘limda so‘zning ma’noli qismlari, ularning turlari, so‘zning morfemik strukturasi bilan bog‘liq masalalar o‘rganiladi.
- So‘z yasalishi. Bunda so‘z yasalish strukturasi, so‘z yasalish usullari o‘rganiladi.
- Morfologiya. Bu bo‘limda grammatik ma’no va grammatik shakllar, grammatik kategoriyalar, so‘zlarni turkumlarga birlashtirish prinsiplari haqida fikr yuritiladi.
- Punktuatsiya. Bu bo‘limda yozuv sistemasining uchinchi komponenti (1-grafika, 2-orfografika) – tinish belgilari haqida ma’lumot beriladi.
- Stilistika. Bu bo‘limda nutq uslublari o‘rganiladi.
Adabiy tilning quyidagi 3 ta sharti mavjud: - Ma’lum qonun qoida va me’yorlarga bo‘ysinishi kerak.
- Adabiy til yozuv bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
- Adabiy til millatning barcha vakillari uchun umumiy bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |