Ona tili o’qitish metodikasi metod aslida yunoncha,,metodos“


Download 50.55 Kb.
bet22/24
Sana04.04.2023
Hajmi50.55 Kb.
#1328207
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
kitobcha

Namuna asosidagi mashq aniq, to'g'ri tuzilgan sintaktik qurilmalarni amaliy o'zlashtirishni, ularning ichki bog'lanishini, mazmunini tushunishni ko'zda tutadi. Bunday mashqlar ichida analitik mashqlarga, shuningdek, gapni kuzatish va eshitish, uni o'qishga muhim o'rin beriladi.
Konstruktiv mashqlarga gap tuzish va uni qayta tuzishga qaratilgan mashqlar kiradi. Bunday mashqlar grammatik tushuncha va qoidaga asoslanadi.
Ijodiy mashqlarda o'quvchilar o'zlari erkin ravishda gap tuzadilar.

Bog’lanishli nutq
Fikrni bayon etish ehtiyojini amalga oshirishga qaratilgan, tugallangan mavzuni ifodalaydigan, logik va grammatik qoidalar asosida tuzilgan, mustaqil, tugallangan va o'zaro bog'langan m a’noli qismlarga bo'linadigan nutq bog'lanishli nutq deyiladi. Bog'lanishli nutq birligi sifatida hikoya, maqola, roman, monografiya, doklad, hisobot kabilarni, maktab sharoitida esa o'qituvchi bergan savolga 0 ‘quvchilarning keng, mukammal og'zaki javobini, yozm a bayon va inshoni olish mumkin.

M etodik an’anaga ko'ra matnli mashqlar tasvirlash, hikoya qilish va muhokamaga bo'linadi. Boshlang'ich sinflarda bular, asosan, tasvir yoki muhokama elementlari bo'lgan hikoya tarzida uchraydi.


Hikoya boshlang'ich sinf o'quvchilari uchun m os janr hisoblanadi, chunki u jo'shqin, jonli, ta’sirchan bo'ladi. „O'qish kitobi“da bunday hikoyalar ko'plab berilgan.
Tasvirda sujet, qatnashuvchi shaxslar bo'lmaydi; unda tabiat, ayrim predmet va hodisalar tasvirlanadi. Muhokama bog'lanishli matnning anchagina qiyin shakli hisoblanadi, shuning uchun boshlang'ich sinflar dasturida muhokama tarzida insho yozdirish tavsiya etilmaydi; o'quvchilar inshoda muhokama elementlaridangina foydalanadilar.

Bayon o'qib berilgan namunaviy matn mazmunini ma’lum tayyorgarlikdan so'ng yozma qayta hikoyalashdir.
Boshlang'ich sinflar ona tili dasturiga ko'ra, 2-sinfda katta bo'lmagan (30—40 so'zli) matn yuzasidan o'qituvchi yordamida so'roqlar asosida bayon yozish, 3-sinfda 40—60 so'zdan iborat matnning mazmunini jam oa bo'lib tuzilgan 3—5 ta reja asosida bayon yozish, 4- sinfda esa mustaqil tuzilgan reja asosida (70—90 so'zli) bayon yozish ko'zda tutiladi.



Download 50.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling