Ona tili o’qitish metodikasi metod aslida yunoncha,,metodos“


Boshlang‘ich sinf ona tili darslarida qo‘llaniladigan metodlar


Download 50.55 Kb.
bet17/24
Sana04.04.2023
Hajmi50.55 Kb.
#1328207
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   24
Bog'liq
kitobcha

Boshlang‘ich sinf ona tili darslarida qo‘llaniladigan metodlar
XX asrning oxirgi yillariga qadar o'qitish metodlari sifatida tushuntirish-bayon metodi, suhbat metodi, analiz-sintez metodi, mustaqil ish metodi, induktiv va deduktiv metodlar ona tili ta’limi darslarini tashkil etishda ko'proq qo'llanilib kelindi.
Bayon qilish metodi ona tili darslarida qo'llangan asosiy metodlardan biri bo'lgan.
Boshlang'ich sinflarda bayon qilish metodi o'quvchilam ing yoshi va eslab qolish holatidan kelib chiqqan holda 3—5 daqiqaga mo'ljallangan.

Suhbat metodi boshlang'ich sinflarda ona tilini o'qitishda keng qo'llaniladigan va shu bosqich o'quvchilari tabiatiga mos metod sanaladi. Suhbat metodi savol-javob metodi deb ham yuritilgan.

Boshlang'ich sinflarda suhbat m etodining muammoli o‘qitish metodi sifatida qo'llanilishi ta ’limda o'quvchilarni faollashtirishga katta ta ’sir ko'rsatadi.


Muammoli o‘qitish metodiga amerikalik pedagog va psixolog Dyun 1894-yilda asos solgan. Bu
metodning maqsadi ilmiy tushunchalarni o'zlashtirishga yordam berishgina emas, balki o'quvchilarning bilish qobiliyatini ham rivojlantirish, ijodiy qobiliyatlarini o'stirish hamdir.

Boshlang'ich sinf ona tili darslarida mustaqil ish metodi asosan o'rganilgan mavzuni mustahkamlash qismida mashqlar ishlash jarayonida qo'llaniladi.



Analiz-sintez metodi savod o'rgatish darslariga rus-tuzem maktablari va tatar o'qituvchilarining faoliyati orqali kirib kelgan. Ona tili ta ’limi jarayoniga analiz - tahlil grammatik hodisaning muhim belgilarini aniqlash maqsadida, o'rganilgan grammatik tushunchaning yangi qirralarini ochish va mustahkamlash maqsadida tatbiq etiladi.

Induksiya metodida o'quvchilar o'qituvchi tavsiya etgan til dalillarini kuzatadi, tahlil qiladi va shu asosda xulosa va ta ’riflar keltirib chiqaradi.
Deduksiya metodida o'quvchi tayyor qoida — ta ’rif bilan tanishadi va uning mohiyatini til dalillari asosida ochadi.

Til materialini analiz qilish jarayonida o'rganiladigan tushunchaning muhim belgilari ajratiladi (tushuncha ustida ishlashning birinchi bosqichi), so'ng belgilar o'rtasidagi bog'lanish topiladi, bir tushunchaning xususiyati sifatida ular orasidagi o'zaro munosabati aniqlanadi, atama beriladi (tushuncha ustida ishlashning ikkinchi bosqichi). O'quvchilar o'rganilgan tushuncha mohiyatini anglashlari va bilimlarni nutq tajribasiga tatbiq etishlari uchun tushuncha ta ’rifini aniq ifodalash ustida ishlanadi (tushuncha ustida ishlashning uchinchi bosqichi); to‘rtinchi bosqichda o'rganilgan kategoriyani bilib olish uchun mashq qilinadi; amaliy vazifani hal qilish maqsadida (fikrni aniq ifodalash, so'zni va gapni to'g'ri yozish uchun) o'quvchilarda tushunchaga asoslanish ko'nikmasi shakllantiriladi. Shunday qilib, tilga oid tushunchalarni shakllantirish jarayoni shartli ravishda to'rt bosqichga bo'linadi:



Download 50.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling