Savod o'rgatish davrida o'quvchilar nutqini o‘stirish
Boshlang'ich ta ’limning asosiy vazifalaridan biri o'quvchilar nutqini o'stirishdir.
N utq o'stirish uch yo'nalishda: so'z ustida ishlash, so'z birikmasi va gap ustida ishlash, bog'lanishli nutq ustida ishlash orqali amalga oshirilishi metodik adabiyotlarda qayd etilgan.
Savod o‘rgatish davrida grammatik-orfografik bilimlarni amaliy o‘zlashtirish
Gap ustida ishlash. Fikr almashish, aloqa-aralashuv gap vositasida amalga oshiriladi, shuning uchun ham gapni o'qishga, gap tuzishga, gap mazmunini aniqlashga, gapni to'g'ri yozishga oid amaliy bilimlar savod o'rgatish davridan boshlab shakllantiriladi.
So‘z ustida ishlash. Bu yo'nalishda quyidagicha ishlar amalga oshiriladi:
1. So'zning to 'g 'ri, adabiy-orfoepik talaffuzi va o'qilishini o'rgatish.
2. S o'z m a’nolarini tushuntirish.
3. O 'quvchilar nutqiga yangi so'zlarni kiritib borish, ya’ni lug'atini boyitish.
4. So'zlarni uslubiy jihatdan to'g'ri qo'llashga o'rgatish.
5. Berilgan so'zni imlo jihatdan to'g'ri yozishga o'rgatish
Savod o'rgatish jarayonida yozuvga o'rgatish
Savod o'rgatish jarayonida o'quvchilar o'qishga o'rganish bilan parallel ravishda yozuvdan ham elem entar malaka hosil qiladilar. Dasturga muvofiq o'quvchilar yozuvdan quyidagi malakalarni egallashlari lozim:
1. Partada to 'g 'ri o'tirish, daftarni to'g'ri qo'yish, chiziqlarni chamalash, yozayotganda ruchkadan to 'g 'ri foydalanish, hoshiyaga rioya qilish .
2. Yozuv daftari yoki alifbe asosida o'zbek alifbosidagi barcha bosh va kichik harflarni yozish, shuningdek, harflarni so'zda bir-biriga bog'lab yoza olish; bosma matnni yozma matnga aylantirib yozish.
3. Tahlil qilingan so'z va ikki-uch so'zli gaplarni o'qituvchi yordamida yozish.
4. Talaffuzi bilan yozilishida farq qilmaydigan so'zlarni ko'chirib yozish va eshitib yozish: yozganlarini matnga qarab, shuningdek, izohlab o'qish bilan tekshirish.
5. Og'zaki tuzilgan hikoyadan olingan gapni yozish.
Do'stlaringiz bilan baham: |