Oz komplektli maktablarda savod o'rgatish darslarining xususiyatlari. Oz komplektli maktablarda savod o'rgatishni tashkil etishda o'qituvchi bir vaqtning o'zida ikki yoki uch, ba’zan to 'rt (1- va 4-sinf, 2—3-sinf, 1-, 2-, 3-sinf, 1—4-sinflar) sinf bilan ishlaydi, ya’ni bir vaqtning o'zida bir necha sinf o'quvchilari bilan ish olib boradi. Bunday sinflarda dars jadvali integrallashtirilgan bo'lishi kerak va darslar 30 daqiqagacha qisqartirilishi mumkin.
Umuman olganda, o'qish darslari oldiga qo'yiladigan didaktik vazifalar quyidagilardan iborat:
1. O'quvchilarda yaxshi o'qish sifatlari: to'g'ri, tez, ongli, ifodali o'qishlarini shakllantirish.
2. O'quvchilarni kitobdan foydalanishga, undan kerakli bilimlarni olishga o'rgatish, kitobga muhabbat uyg'otish; ularni oddiy kitobxondan chuqur m ulohaza yurituvchi, ijodkor kitobxon darajasiga ko'tarish. 3. O 'quvchilam ing atrof-m uhit haqidagi bilimlarini kengaytirish va boyitish hamda ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish.
4. O'quvchilarni axloqiy, estetik jihatdan yetuk va m ehnatga m uhabbat ruhida tarbiyalash.
5. O'quvchilam ing bog'lanishli nutqini va adabiy-estetik tafakkurini o'stirish.
6. O'quvchilam ing xayolot olamini boyitish.
7. Elem entar adabiy tasaw urlarini shakllantirish.
0 ‘qish darslarida qo’llaniladigan metodlar
Hozir maktablarda o'qish izohli o'qish metodi asosida olib borilayotgan ekan, quyidagicha savol tug‘iladi: Izohli o'qish nima? Izohli o'qishga XIX asrning 60—70-yillarida rus pedagogi K. D. Ushinskiy asos solgan, u o‘qishda o'quvchilarni „ongli, tushunib, o'ylab o'qishga" o'rgatishni alohida ta’kidlaydi va uni „Izohli o'qish" deb nomlaydi. Izohli o'qish metodiga K .D .U shinskiy ishining davomchilari yangiliklar kiritdilar. K orf va Vaxterev izohli o'qish o'quvchilarga real bilim berish vositasi desa, Vodovozov va Bunakov o'quvchilarga o'qish jarayonida bilim badiiy asar tahlili va asarning tarbiyaviy xarakteri bilan bog'liq holda beriladi, degan fikrni ilgari suradilar.
Dem ak, izohli o'qish deb o'ylashga, his qilishga, asarni to'liq idrok qilishga, o'qilganning mazm unini o'zlashtirishga olib keladigan o'qishga aytiladi. Izohli o'qish asar mazmunini tushunishni, asardagi muhim fikrni, yozuvchi ilgari surayotgan g'oyani anglashni ta ’minlaydi.
Badiiy asarni izohli o'qishga yaqin bo'lgan m etodlardan biri ijodiy o'qishdir.
Ifodali o‘qish. Boshlang'ich ta ’lim tizimida mantiqiy o'qish (matnni to 'g 'ri, tushunib, tez (m e’yorida) o'qish) va adabiy o‘qish mukammal o'zlashtirilganidan so'ng ifodali o'qishga o'tiladi. U yod olingan she’riy asarlarni ifodali o'qishni ham o 'z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |