Ona tili o‘qitishda integrativ yondashuv
ONA TILI O‘QITISHDA INTEGRATIV YONDASHUV
Download 70.93 Kb.
|
ONA TILI O‘QITISHDA INTEGRATIV YONDASHUV
. Integratsiyalashgan darslarni tashkil etishda yana FSMU texnologiyasidan foydalanish ham yaxshi samara beradi. Ushbu texnologiya munozarali masalalarni hal etishda xamda o‘quv jarayonini baxs-munozarali o‘tkazishda qo‘llaniladi, chunki bu texnologiya talabalarni o‘z fikrini himoya qilishga, erkin fikrlash va o‘z fikrini boshqalarga o‘tkazishga, ochiq xolda baxslashishga xamda shu bilan birga baxslashish madaniyatini o‘rgatadi. Tinglovchilarga tarqatilgan oddiy qog`ozga o‘z fikrlarini aniq va qisqa xolatda ifoda etib, tasdiqlovchi dalillar yoki inkor etuvchi fikrlarni bayon etishga yordam beradi. F – fikringizni bayon eting S – fikringiz bayoniga sabab ko‘rsating M – ko‘rsatgan sababingizni isbotlovchi dalil keltiring U – fikringizni umumlashtiring Bugungi kunda ona tili fani o‘qituvchilari mazkur imkoniyatlarning baridan unumli foydalanmoqdalar va dars jarayonida barchasini qo‘llashga harakat qilmoqdalar. Ona tili darslarini huquq, tarix, rus tili, geografiya, biologiya, matematika fanlari bilan bog‘lab o‘qitish o‘qituvchidan o‘z faniga bo‘lgan qiziqishlarini uyg‘otadi. Ona tilini biologiya fani bilan bog‘lab o‘rganish. Masalan: 6-sinfda “Daraxt va o‘simlik nomlari” mavzusi o‘tiladi. Dars jarayonida o‘quvchilarni 2 guruhga bo‘lish mumkin. guruh ona vatanimizda o‘sadigan adirlardagi o‘simliklarni yozadilar andiz, shirach, kakra, qo‘ziquloq va hakazo. guruhdagilar tog‘ o‘simliklarini: archa, terak, qayin, na’matak, bodomcha va hakazo. So‘ngra topshiriqlar quyidagicha bo‘lishi mumkin: O‘simliklar nomi bilan so‘z birikmalari hosil qilish: yashil archa, qari terak, shifobaxsh shirach. Hokim va tobe so‘z tarkibi kengaytiriladi. Baland yashil archa. Shifobaxsh shirachlarni yig‘ib oldilar. Gaplarni kengaytirib matn tuzish mumkin. “Qo‘shma so‘zlar” mavzusini bolalarga har tomonlama puxta tushuntirishda botanika fani materiallaridan keng miqyosda foydalanish darsni yanada qiziqarli va samarali bo‘lishini ta’minlaydi. Masalan: 5-sinf “Botanika” kitobida o‘simliklarning ro‘yxati berilgan. Unda keltirilgan so‘zlarning 47 tasi o‘simliklarning nomi qo‘shma so‘zlardir. Anjirpiyoz, atirgul, boychechak, kampirkanop, ituzum, oqjo‘ra, sallagul, dalachoy, qirqbo‘g‘im, chinnigul singarilar shular jumlasidandir. Download 70.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling