ONA TILI
1. Qaysi javobdagi barcha so‘zlar tarkibida
til orqa burun undoshi qatnashgan?
A) so‘nggi, kongress, tungi
B) jarang, singil, bugungi
C) tong, shtanga, ko‘rdingiz
D) tonggi, yengildi, dengiz
2. "Maxluqot" so‘zi
arabchada yaratiq degan
ma'noni anglatadi. Insonlar esa
maxluqotlarning eng oliy toifasidir.
Ushbu gapda jarangli til orqa undoshi
ishtirok etgan so‘zlar soni nechta?
A) 3 ta B) 4 ta C) 5 ta D) 2 ta
3. "Suv tekin" iborasiga zid ma'noli leksema
qatorini toping.
A) arzon B)
qimmat
C) tanqis D)
serob
4. Omonimlik xususiyatiga ega so‘zlar
qatorini toping.
A) yot, bor, sur
B) asir, baxt, hol
C) yuz, jamol, oraz
D) achchiq, shirin
5. Qaysi javobda juft ot imloviy jihatdan
to‘g‘ri yozilgan?
A) kasb kor B)
otayu-ona
C) el-u yurt D) ko‘rpa to‘shak
6. Qaysi kelishik qo‘shimchasining uch xil
yozilishiga yo‘l qo‘yiladi?
A) tushum B) jo‘nalish
C) o‘rin-payt D) chiqish
7. Qaysi javobda fe’lga bog‘lanib,
harakatning belgisini ifodalay oladigan
sifatlar berilgan?
A) oilaviy, sharsimon, qishki
B) keng, chuqur, yaxshi
C) muattar, nordon, qo‘ng‘ir
D) to‘kin, yetuk, baodob
8. Ot va sifat yasovchi shakldosh
qo‘shimchalar berilgan javobni toping.
A) -kash, -oq, -ma B) -zor, -loq, -liq
C) -kich, -indi, -xon D) -paz, -im, -ot
9. To‘qson sonidan sonning qaysi ma’no
turini hosil qilib bo‘lmaydi?
A) dona son B) tartib son
C) taqsim son D) jamlovchi son
10. O‘lchov so‘z(numerativ)larga chiqish