Ona tili ta’limining maqsad va vazifalari O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»
Download 19.45 Kb.
|
Ona tili ta
Ona tili ta’limining maqsad va vazifalari O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni 7- moddasida «Davlat ta’lim standartlari umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim mazmuniga hamda sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi», - deyilgan. O‘quvchining bilim saviyasiga qo‘yiladigan talab esa, ta’lim jarayoni oldiga qo‘yiladigan ijtimoiy talab bilan belgilanadi. Shunday ekan, Davlat ta’lim standartlari, shu jumladan, ona tili Davlat ta’lim standarti ham ta’lim jarayoni oldiga qo‘yilgan ijtimoiy talablardan kelib chiqqan holda belgilab berildi. Ona tili ta’limi oldiga qo‘yilgan ijtimoiy buyurtma o‘quvchi shaxsini fikrlashga, o‘zgalar fikrini anglashga va shu fikr mahsulini og‘zaki hamda yozma shaklda savodli bayon qila olishga, ya’ni kommunikativ savodxonlikni rivojlantirishga o‘rgatishdan iborat. Shundan kelib chiqqan holda ona tili ta’limi oldiga ijtimoiy jihatdan mukammal shakllangan, mustaqil fikrlay oladigan, nutq va muloqot madaniyati rivojlangan, savodxon shaxsni kamol toptirish maqsadi qo‘yiladi. Shu maqsadga ko‘ra ona tili ta’limining mazmuni: -o‘quvchining fikrlash salohiyatini, aqliy rivojlanishini, mantiqiy tafakkurini o‘stirish; -o‘quvchilarni o‘z-o‘zini, moddiy borliqni tilning ifoda vositalari yordamida anglashga hamda o‘z fikri va his–tuyg‘ularini ona tilining keng imkoniyatlari doirasida bayon eta olishini ta’minlash vazifalarini hal etishga yo‘naltiriladi. Standartlashtirishning umumiy talab va mezonlariga ko‘ra ona tili ta’lim standarti kommunikativ modelga asoslangan ta’lim mazmunidan kelib chiqib belgilab berildi. Ona tili ta’lim standarti ona tilidan belgilanadigan ta’lim mazmunining ijtimoiy talab taqozo qilgan majburiy hajmini hamda o‘quvchilarning yoshi va taraqqiyot darajasi, ehtiyoj va imkoniyatlarini hisobga olgan holda tanlanadigan o‘quv yuklamasining hajmini, umumiy o‘rta ta’lim maktablari bitiruvchilarining bilim, ko‘nikma, malakalariga qo‘yiladigan talablarni belgilab beradi. Ona tili ta’limi natijasida o‘quvchilar egallagan bilim, ko‘nikma va malakalar uch parametrli standart ko‘rsatkichlar asosida tekshiriladi va aniqlanadi. Download 19.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling