Ona tili ta’limining maqsad va vazifalari O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»
O‘quvchilar adabiyot ta’limiga oid quyidagi bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashlari shart
Download 19.45 Kb.
|
Ona tili ta
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyot ta’limining maqsad va vazifalari
O‘quvchilar adabiyot ta’limiga oid quyidagi bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashlari shart: ·
adabiy-badiiy matnlarni to‘g‘ri, tez va ifodali o‘qish; · har bir sinf darajasida 4-5 ta matnni yoddan ayta olish; · Prezident asarlarini bilish, ularda ilgari surilgan g‘oyalar asosida mushohada yurita olish; · adabiy asar mazmunini anglagan holda qayta so‘zlab berish; berilgan adabiy va ijodiy mavzularda og‘zaki hamda yozma tarzda mustaqil fikr yurita olish; · o‘qigan asarlari haqidagi tasavvur va taassurotlarini ifodalay olish; · berilgan adabiy va ijodiy mavzularda mustaqil ravishda reja tuzish hamda shu reja asosida insho yozish; · adabiy qahramonlarning yetakchi xislatlarini yoritish, ularning xatti-harakatlariga munosabat bildirish, asardagi fakt va materiallar asosida o‘z nuqtai nazarini asoslay olish; · adabiy-nazariy hodisalar mohiyatini to‘g‘ri ilg‘ash va ularga bog‘liq tushuncha va bilimlarini o‘rganilayotgan asarga tatbiq etish; · adabiy-tarixiy davrlarga va adiblar ijodiga to‘g‘ri baho berish; · badiiy asar tilidagi o‘ziga xosliklarni ilg‘ash va ularni izohlay olish. Adabiyot ta’limining maqsad va vazifalari: Adabiyot ta’limi o‘z oldiga bir qator maqsadlarni qo‘yadi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi adabiy ta’lim asosan sof ilmiy maqsadlarni emas, balki ma’naviy-axloqiy yo‘nalishlar ustuvorligini ko‘zda tutadi. Ular orasida eng muhimlari quyidagilar: · o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini e’tiborga olgan holda, milliy va jahon adabiyotining eng munosib namunalari bilan tanishtirish asosida ularning qalbida vatanparvarlik, ezgulik, insonparvarlik singari yuksak insoniy fazilatlarga nisbatan rag‘bat, mehr va muhabbat uyg‘otish; · ularni fuqarolik va vatanparvarlik ruhida, adabiyotga, milliy, madaniy-ma’rifiy qadriyatlarga nisbatan hurmat ruhida tarbiyalash; · ularning boy ma’naviy dunyosini shakllantirish; · badiiy asar va uning poetik xususiyatlarini o‘rganish asosida o‘quvchida tanqidiy fikrlashga oid ko‘nikma va malakalarni hosil qilish; · ulardagi mustaqil fikrlash, ijodkorlik qobiliyatlarining shakllanishi va rivoji uchun imkoniyat yaratish; · ularda har qanday ma’naviy xurujlarga nisbatan sog‘lom va baquvvat e’tiqodga tayanadigan immunitetni shakllantirish; · so‘z san’ati vositasida o‘quvchining individual va shaxslik fazilatlarini rivojlantirish. Download 19.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling