Interfaol usullarning maqsadi, vazifasi, shakli va vositalari
Interfaol metodlar o’qituvchi bilan o’quvchining faol munosabati, bir – birini to’liq tushuntirishga asoslanadi. Interfaol metodlarni o’quv jarayoniga joriy etishning tub maqsadi dars qaysi shaklda bo’lmasin, qayerda o’tkazilmasin darsda o’qituvchi bilan o’quvchining hamkorlikda ishlashni tashkil etishdir.
O’qituvhci darsga tegishli muammolarga o’quvchilarni jalb etishi, ularning harakatini faollatirishi va natijada o’zlashtirilishini ta’minlashi lozim. Bunda o’qituvchi faqat yo’l – yo’riq ko’rsatuvchi, kuzatuvchi, xulosalovchi vazifasini bajaradi. Ushbu metod orqali o’quvchilarni mustaqil fikrlash qobiliyatlari rivojlantirilib ular erkin fikrlash, mustaqil qaror qilish hissiyotlarni boshqarishtanqidiy va ijodiy fikr yuritishning rivojlantirishga zamin tayyorlanadi.
Interfaol usullarning asosiy maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:
O’quvchilarni mustaqil, ijodiy tanqidiy – mantiqiy fikrlashga o’rgatish.
Muammoli vaziyatni amaliy va hayotiy topshiriqlar asosida yechish.
O’z – o’zini fikrlashga majbur etish.
Faollashtirish.
O’quvchilarni tashkilotchilik va yo’naltiruvchanlikka undash.
Do’stona munosabatlarni shakllantirish.
Interfaol metodlarida oqitishning mohiyati.
o’qituvchi ham, o’rganuvhi ham ma’lumotlar bilan faol ishlash;
o’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish, undash;
o’qituvchiga o’quvchilarni fikrlashga o’rgatish uchun xizmat qilsa, o’quvchilarga esa, fikrlashni o’rganishlari uchun xizmat qilish.
Interfaol usullaridan foydalanish shakllari.
individuallashtirish;
kichik guruhlarga ajratish;
tabaqalashtirish;
o’rgatish va o’rganish jarayonida demokratik do’stona muhitni yaratish;
ozaro muloqot – hamkorlikni tashkil etish.
Do'stlaringiz bilan baham: |