Ona tili ta’limining yangi tehnologiyasida ta’lim maqsadi
«Aqliy hujum»ni o’tkazish qoidalari
Download 165.5 Kb.
|
интерфаол
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Tanqidiy fikrlash»
- «Tanqidiy fikrlash»ni tashkil etish usuli.
«Aqliy hujum»ni o’tkazish qoidalari.
«Aqliy hujum»ni o’tkazish uchun ajratilgan vaqt (reglament) ga qat’iy rioya qilish zarur. Belgilangan vaqt doirasida fikr aytish istagini bildirgan har bir o’quvchiga imkoniyat yaratish lozim. O’quvchilar tomonidan bildirilgan fikr – mulohazalar muhokama qilinmasligi, baholanmasligi kerak. Zarur bo’lib qolgan taqdirda bayon etilgan fikrlarga tuzatish kiritish mumkinki, bu hol o’quvchilar fikrlash doirasini aniq, lo’nda, qisqa bayon etishga olib kelsin. «Tanqidiy fikrlash» «Tanqidiy fikrlash» usuli o’rtaga tashlangan masala yoki muammo yuzasidan fikr aytish, o’zgalarning fikrlarini tanqidiy idrok etish, o’z nuqtayi nazarini asoslab berish va saqlab qolish imkoniyatiga ega bo’lishga asoslangandir. Bunday usuldan bahs – munozara xususiyatiga ega bo’lgan masalalar muhokamasida foydalanish mumkin. Masalan: O’zaro muloqotda Siz yoki Sen deb murojaat qilishning qaysi biri ma’qul? Darsliklarga yozib – chizadigan o’quvchilarga munosabatingiz ? va h. Interfaol ta’lim usulining bunday shakli o’quvchilarda tinglash va muloqot ko’nikmalarini shakllantiradi, turlicha qarashlar va nuqtayi nazarlarni tushunish malakasini rivojlantiradi, bahsli masalalarni muhokama qilish, tahliliy mushohada yuritish va fikrlash qobiliyatini oshiradi, o’z dunyoqarashini, nuqtayi nazarini, fikrini shakllantirish, fikrinin bayon etish mahoratini takomillashtirish imkonini beradi. «Tanqidiy fikrlash»ni tashkil etish usuli. 1.Bahs – munozara xususiyatiga ega bo’lgan muammo yoki topshiriq qo’yiladi va quyidagicha savollar o’rtaga tashlanadi: - Nima deb o’ylaysiz ? - Fikringiz qanday ? - Sizningcha qanday ? va h. Ushbu shakldagi savollar o’quvchi nuqtayi nazarini shakllantirishga yo’naltirilgan bo’ladi. 2.O’quvchilar o’z fikrlarini asoslaydilar, ularga o’z nuqtayi nazarlarini aniqlash, fikrlarini bir joyga to’plash uchun imkoniyat va fursat beriladi. 3.O’quvchi o’z fikrini asoslaydi, shu o’rinda uning nuqtayi nazarini aniqlab olish uchun quyidagi savollarni berish mumkin: - Nega shunday deb o’ylaysiz ? - Nimalarga asoslanib bunday xulosaga keldingiz ? - Qanday manbalardan foydalandingiz ? 4.Muhokama qilinayotgan masala yuzasidan sinfda boshqa o’quvchilarning ham o’z fikrlarini bildirishlari uchun imkon beriladi. Bunda quyidagicha savollar bilan murojaat qilinadi: - Kimda boshqacha fikr bor ? - Aytilgan fikrlarni ma’qullaysizmi, nima uchun ? (yoki aksincha) 5.O’quvchilar bilan birgalikda bildirilgan nuqtayi nazarlari muhokama va tahlil qilinadi, bunda quyidagi mazmundagi savollar o’rtaga tashlanadi: - Sinfdoshingizning fikrini nima uchun ma’qullamaysiz ? - Sinfdoshingiz fikriga qarshi o’z qarashingizni tasdiqlovchi asoslar keltira olasizmi? 6. Muhokama qilingan muammo yuzasidan chiqarilgan yakuniy xulosaga o’quvchilar tomonidan o’z nuqtayi nazarlarining qabul qilinishi yoki qayta baholanishi bilan erishiladi, bunda quyidagi savollarni berish mumkin: - Sizningcha, kimning nuqtayi nazarini eng maqbul deb qabul qilish mumkin ? - Yuzaga kelgan vaziyatdan qaysi yo’l bilan chiqishni ma’qul deb o’ylaysiz ? Download 165.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling