Ona tili umumiy o’rta ta’lim maktablarining 6-sinflari uchun loyiha ishi


Download 1.72 Mb.
bet2/4
Sana17.06.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1542406
1   2   3   4
Bog'liq
Bo\'ronova Sitorabonu Ona tili

Leksikologiya (leksika va ...logiya) — tilshunoslikning til lugʻat tarkibi, yaʼni muayyan bir tilning leksikasini oʻrganuvchi boʻlimi. L. har bir soʻzni yolgʻiz holda emas, balki boshqa soʻzlar bilan bogʻliq holda oʻrganadi.
1-topshiriq. “Tezyurar” usulida lesikologiya va fraziologiya bolimlariga
oid savollarga tezlik bilan javob barish kerak bo`ladi.

  • 1 .Leksika deb nimaga aytiladi?

  • 2. So’zning leksik (lug’aviy) ma’nosi nima bu haqida ma’lumot bering?

  • 3. Ko’p ma’noli so’z deb nimaga aytiladi qoidasini ayting

5*5 – o‘yini

  • eksikologiya bolimini organishda qollasa boladi. Bu oyin 5 ta shartdan tashkil topgan bolib, shartlar quyidagicha bolishi mumkin:

  • 1-shart. Kim chaqqon deb nomlanib. har bir guruhdan bir oquvchi chiqib,doskada zid manoli sozlar topshirigini bajaradi. Togri va chaqqonlik bilan yozgan guruh golib hisoblanadi.

  • 2-shart. Guruhlardan keyingi ishtirokchi chiqib, mana shu sozlar qatnashgan gap tuzish topshirigini bajaradi.

  • 3-shart. Ishtirokchilar zid manoli sozlardan bogli matn tuzish topshirigini bajaradilar.

  • 4-shart. Zid manoli sozlar qatnashgan gap tuzish, maqollar aytish topshirigi bajariladi.

  • 5-shart. Adabiyotda zid manoli so`zlar qanday sanatni hosil qilishi mumkinligi aytiladi va misollar keltiriladi.

5-topshiriq. “Ikki yorti bir butut” Bittadan ibora beriladi va unga zid ibora aytilishi lozim bo‘ladi.


1. Ko'ngli yumshoq - ko'ngichan, rahimdil – qaxri qattiq
2. Ko'nglida kiri yo'q - kek saqlamaydigan, g'arazi yo'q – ichi qora
3. Ko'ngli og'ridi – ranjitdi – og‘zi qulog‘iga yetdi
4. Sabr kosasi to‘ldi – baxtdan sarmast bo‘ldi
5. Nafasi ichiga tushib ketdi – uyni boshiga ko‘tardi
7. Boshiga yetdi – dunyoga keltirdi
8. E'tibor berdi - diqqat bilan qaradi – dunyoni suv bossa o‘rdakka ne g‘am
9. Do’ppisi tor ketdi - ilojsiz og'ir ahvolga tushdi - oshig‘i olcha
10.Esi kirdi 1) es-hushli bo'tdi; 2) angla- di, tushundi – esi past

Matnda ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarni sinonimlari bilan almashtirib qayta tuzing.

Kuchukmi yoki itcha?
Jahongir shaharda yashaydi. Yozda u bobosi bilan Buxoro viloyatining Gʻijduvon tumanidagi Mirokon qishlogʻiga mehmonga bordi.Voy-boʻ... ammasining uyi hayvonot bogʻining naq oʻzi ekan. Qoʻrada qoʻy, echkilar, ogʻilda sigir, buzoq, ot, eshak, katakda ona-bola tovuqlar, hovli etagidagi ariqchada oʻrdak, gʻozlar... Jahongirning hayratdan ogʻzi ochilib qoldi.U tovuqxonaga ketayotganda roʻparasidan poʻmpaloqqina kuchukcha chiqib qoldi.Qoʻrqib ketgan Jahongir: – tezroq doda, itchani ushlang, boʻlmasa, anavi tovuqchani yeb qoʻyadi, – deb baqirib yubordi.
Jamol buva yugurib kelarkan, qotib-qotib kulardi.
– Nega kulasiz, doda, qarang anavi eshakchaning jahli chiqib, yigʻlayapti.
– Voy bolam-ey, gapingga kulyapman-da. U eshakmas, uning bolasi – xoʻtik-ku. U yigʻlamayapti, hangrayapti.
– E, qayerdan bilaman, men axir ularni avval koʻrmaganman-ku, – xafa boʻldi Jahongir.
– Toʻgʻri, koʻrmagansan. Lekin sakkiz yoshga kirding, endi ularni bilishing kerak. Hozir, men xoʻtik bilan goʻsalaga oʻt tashlab qoʻyay. Keyin senga jonivorlar bolalarining nomlarini oʻrgataman, – dedi Jamol buva mehribonlik bilan
Bobo-nabira ulkan yongʻoq daraxti tagidagi chorpoyaga oʻtirishdi. Soʻng Jamol buva tanishtirishni boshladi.
– Baliqning tuxumi va pardadagi bolasi “uvildiriq”, baqaning bolasi – “itbaliq”, qushning bolasi – “palapon”, tovuqning bolasi – “joʻja”, qoʻyning bolasi – “qoʻzichoq”, echkining bolasi – “uloq”, itning bolasi – “kuchuk”, mushukning bolasi – “xumpar”, choʻchqaning bolasi – “jish”, yovvoyisi – “toʻngʻiz”, eshakning bolasi – “qudung” va “xoʻtik”, otning bolasi “qulun”, yoshiga qarab “toychoq”, “gʻoʻnon”, “doʻnon”, “pishti” deb ataladi, tuyaning bolasi – “boʻtaloq”, kiyikning bolasi “momoloq”, ohuning bolasi – “quralay”, sigirning bolasi – “buzoq”. Bizning shevada uni “goʻsala” ham deyishadi. Tushundingmi, boʻtalogʻim?
– I-ye, dodajon, boʻtaloq tuyaning bolasi-ku, – kulib yubordi Jahongir.
– Ha, bilaman, biroq bobolar nabiralarini “toychoq”, “boʻtaloq” deb erkalatsa boʻlaveradi. Sen esa yuqorida aytganlarimni unutma, kelishdikmi, toychogʻim.
– Kelishdik, – dodasini quchoqladi Jahongir. (" Gulxan " jurnalidan)



Bu mavzuda oʻrganamiz
4 - dars

Mavzu: Mustaqil so‘z turkumlari



Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling