Ona tili va adabiyot darslarini oʻtishda oʻquvchi qobiliyatini hisobga olgan holda ular bilan ishlash


Download 299.31 Kb.
bet1/4
Sana26.01.2023
Hajmi299.31 Kb.
#1125724
  1   2   3   4
Bog'liq
Uslubiy qoʻllanma (2)


Mavzu:Ona tili va adabiyot darslarini oʻtishda oʻquvchi qobiliyatini hisobga olgan holda ular bilan ishlash.
Umumuta`lim maktablari ta`limning keyingi bosqichlari uchun poydevor vazifasini o`tashi hech kimga sir emas . shu sababli bugungi kun umumta`lim maktab o`qituvchilari oldiga juda mashaqqatli ustivor vazifalarini ko`ndalang qo`yadi. Zamon rivojlanib borgani sayin ta`lim sohasida ham bir qancha o`zgarishlar , yangiliklar paydo bo`lib bormoqda . Buni o`z vaqtida anglash o`zini zamonaviy deb bilgan har bir o`qituvchining burchidir. Ta`limda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish o`qituvchini izlanishga undab , mavzu mohiyatini to`liq anglab olishga yordam beradi. O`qituvchi faqat o`ziga emas , o`quvchiga qulay bo`lishini hisobga olgan holda innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalangani eng maqbul yo`l deb o`ylayman. Darslarni tog`ri tashkil , o`quvchining bilim sifatini oshirish o`qituvchidan bilim va tajribadan tashqari yuksak salohiyat va iqtidor ham talab qiladi. Chunki har bir darsning maqsadli va mazmunli chiqishi o`qituvchi tanlagan usul va uslublariga bog`liq . Jumladan , ona tili va adabiyot darslarida o`quvchilar bilan individual ish olib borishda turli innovatsion usullardan foydalanish , o`quvchiga to`g`ri baho berib , uning qobiliyat darajasiga qarab rag`batlantirishga ko`maklashadi.
Men ushbu metodik tavsiyamda ona tili va adabiyot darslarini o`qitishda o`quvchilarning qobilyati , iqtidorini hisobga olgan holda ular bilan ish olib borish haqida o`zimning qarashlarim va usullarim haqida gapirmoqchiman.
Dars muqadddas . Maktab - dargohlarning eng buyugi . Har bir dars qaysidir ma`noda yangi bir shaxsning , yangi bir dunyoqarashning vujudga keishiga zamin yaratadi. Shu sababdan darsda o`quvchining salohiyatini hisobga olgan holda unga yondashuv ta`lim sifatini o`sishiga olib keladi deb o`ylayman.
Men dars jarayonida o`quvchilarimni joyini o`zgartirmasdan guruhlarga bo`lib olaman (E`tibor bering , joyini o`zgartirmasdan)
Bunda men rangli halqalar usulidan foydalanaman . 4 xil rangli halqa surati solingan plakat doska chetiga yoki sinf devoriga ilib qo`yiladi. Halqalar ichida o`quvchilarning tartib raqami yozilgan qog`ozchalar yopishtirib qo`yiladi. Bu ham , albatta , o`quvchilar qobilyati , darsning qanchalik tez va sekin o`zlashtirilishi , psixologik diqqat va xotirasiga ko`ra belgilanadi.

Iqtidorli


A`lochi



Tirishqoq


Sust o`zlashtiruvchi


Sinf o`quvchilari 4 guruhga bo`lib olinadi : 1 ) Iqtidorli , 2) A`lochi , 3) Tirishqoq , 4)Sust. 1-guruhga o`zining qandaydir iqtidoriga ega bo`lgan yodlash qobilyati kuchli , mavzuni tushunishga qiyinchilikka uchramaydigan darsda xulosa chiqarishda qiynalmaydigan , o`quvchilarni kiritamiz. 2- guruhga a`lo baholarda o`qiydigan , uy vazifalarini tayyorlab keluvchi , ammo bir fikrdan ikkinchi fikrni keltirib chiqarishga qiynaluvchi o`quvchilarni kiritamiz. 3-yaʼni tirishqoq o`quvchilar guruhiga fandan “4“ va “5” baholarda o`qiydigan yodlash qobilyati yaxshi darsda mustaqil xulosa qilolmaydigan o`quvchilarni kiritamiz. 4- guruh nomidan ma`lum , yodlash qobilyati bir muncha yaxshi bo`lishi mumkin, ammo mustaqil fikrlashga qiynaladigan , fikr mahsulini nutq shaoroitiga mos ravishda bayon eta olmaydigan o`quvchilarni kiritamiz.


Ammo bu bo`linish doimiy emas . Biz kutmagan holda sust o`quvchi o`zining biror qirrasini namoyish etib qolishi mumkin. Xo`sh , endi bu o`quvchilar bilan qay tartibda ish olib boriladi. Barchamizga ma`lumki , barcha o`quv muassasalarida iqtidorli va past o`zlashtiruvchi o`quvchilar bilan ishlash boʻlimlari yo`lga qo`yilgan . Bu darsdan keyingi jarayon . Ammo dars jarayonida-chi ? Darsda qanday yo`l tutsak barcha o`quvchi bilan birdek ishlay olamiz. Albatta , bu bizdan kuchli izlanish , topqirlik barobarida o`qituvchiga xos o`quvchining nozik qirralarini seza olish fazilatini talab qiladi.
O`qituvchi qachon yaxshi o`qituvchi bo`ladi . Qachonki , o`qituvchi o`z ustida doimiy ishlasa , o`qituvchilarning iqtidori va qobilyatini hisobga olib yondashsagina yaxshi muallim bo`la oladi.
Shu talablarga tayangan holda yuqorida ko`rsatilgan guruhlarga bo`lib ishlash ayni muddaodir.
Chunki ona tili darsliklarida berilgan topshiriqlar ham o`quvchilarning qobilyatlarini hisobga olgan holdadir .
Men ish faoliyatim jarayonida shunga amin bo`ldimki , dars mobaynida sust o`zlashtiruvchi o`quvchilarga alohida , iqtidorli o`quvchilarga alohida topshiriqlar berib borilsa , albatta , o`zlashtirish samarali bo`ladi. Darsning asosiy qismi ya`ni yangi mavzuni o`tib bo`lgach , mustahkamlash bosqichini biz yuqorida aytgan usulga rioya qilgan holda olib borishni lozim deb topdim. Jumladan , 5-sinf ona tili darsida “Bo`g`in” mavzusini o`tishda o`quvchilar uchun quyidagi usulni qo`llashni tavsiya etmoqchiman.

Download 299.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling