Ona tili va adabiyot fanidan I bosqich, i-semestr uchun o’quv-uslubiy majmua


Nutq tovushlarining artikulyatsiyasi


Download 0.98 Mb.
bet12/79
Sana18.06.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1597305
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   79
Bog'liq
portal.guldu.uz-ONA TILI VA ADABIYOT

Nutq tovushlarining artikulyatsiyasi
Nutq tovushlarini hosil qilishda ishtirok etadigan organlar nutq a’zolari deb yuritiladi. Artikulyatsiya deganda esa nutq a’zolarining nutq tovushlarini hosil qilishdagi faoliyati anglashiladi.
Nutq a’zolariga quyidagilar kiradi:
1. Nafas apparati: o‘pka, bronxlar (bir juft), nafas yo‘li (traxeya).
2. Bo‘g‘iz bo‘shlig‘ida xalqasimon, piramidasimon, qalqonsimon tog‘aylar hamda un paychalari joylashgan.
3. Og‘iz bo‘shlig‘ida til, tanglay (qattiq va yumshoq), kichik til, lab va tishlar joylashgan .
4. Burun bo‘shlig‘i.
5. Markaziy nerv sistemasi.
Nutq a’zolarining jami nutq apparati deyiladi. Endi har bir nutq a’zosining vazifasi xususida to‘xtalib o‘tamiz.
O‘pka inson organizmini kislorod bilan ta’minlovchi a’zo ekanligi hammaga ma’lum. Nutq a’zosi sifatida esa o‘pka nutq tovushlarining hosil bo‘lishi uchun zarur bo‘lgan havo oqimini yetkazib beradi, ya’ni inson nafas olganida o‘pka va undagi bronxlar havoga to‘ladi va bu havo oqimi tashqariga qaytib chiqish jarayonida tovush hosil qiluvchilik vazifasini ham bajaradi. Havo oqimi nafas yo‘li orqali bo‘g‘izga tomon harakatlanadi. Bo‘g‘izdagi cho‘michsimon, uzuksimon, shoxsimon, xalqasimon, piramidasimon, qalqonsimon tog‘aylar un paychalarini ushlab turuvchi a’zolardir. Un paychalari esa ovoz manbai hisoblanadi, chunki ular dutor yoki soz torlariga o‘xshab havo urilishi natijasida ovoz chiqaradi (simyog‘ ochga tortilgan simlarning shamol kelib urilishi natijasida chiyillab ovoz chiqarishini ko‘z oldingizga keltiring). Og‘iz bo‘shlig‘i tovushni kuchaytirib berishga yordam beradigan a’zodir. Til juda ko‘p tovushlarni hosil qilishda ishtirok etadigan a’zodir. Tilning turlicha harakati va holati natijasida unli va undosh tovushlar hosil bo‘ladi. Kichik til ham ayrim tovushlarning (q, g‘ , x) hosil bo‘lishida qatnashadi. Lablarning keng ochilishi, cho‘chchayishi, jipslashishi yoki pastki labning ustki tishlarga tegishi natijasida turli tovushlar hosil bo‘ladi. Ayrim tovushlar havo oqimining tishlar orasidan sirg‘alib chiqishi natijasida hosil bo‘ladi. M, n, ng tovushlari hosil bo‘lishida havo oqimining bir qismi burun bo‘shlig‘i orqali o‘tib, tashqariga chiqadi. Markaziy nerv sistemasi nutq a’zolari harakatini yuzaga keltiradi, bu harakatni bevosita boshqarib turadi. Ana shu tariqa har bir nutq a’zosining tovushlarni hosil qilishda o‘z vazifasi bor.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling