F O N E T I K A HAQIDA MA’LUMOT
Ajratilgan soat 10 soat
1.Fonetika haqida ma’lumot.Hozirgi zamon ona tilining fonetik va fonologik tizimi
2. Ona tilining fonetik vositalari:Nutq tovushlari, urg’u, ohang,bo’gin.Hozirgi ona tilining fonetik tizimi. Segment va supersegment birliklar.
3. Fonema, uning so’z ma’nolarini farqlashdagi roli. Hozirgi ona tilining fonemalari.Tovush, fonema va harf.
4.Nutq a’zolari va ularning vazifalari.Nutq apparati.
5. Artikulyatsiya o’rni va artikulyatsiya usuli. Fonetik акустика. Tovushnng fizik tabiati:tovushning balandligi, kuchi, tembri, cho’ziqligi
Mavzu rejasi
1. Fonetika va fonologiya haqida umumiy ma’lumot.
2. Tovush va fonema.
3. Fonetik akustika.
4. Nutq tovushlarining artikulyatsiyasi.
5. Fonetik vositalar.
1-masala bayoni
Fonetika va fonologiya haqida umumiy ma’lumot.
Fikr gap orqali ifoda qilinadi. Gap, odatda so‘zlardan tashkil topadi. Gap tarkibida so‘zlar va shu so‘zlarning o‘zaro bog‘lanishini ta’minlovchi grammatik vositalar (qo‘shimchalar, yordamchi so‘zlar) ma’lum nutq tovushlari orqali shakllanadi. Masalan: Biz ulug‘ayyomni mana shu cho‘lda kutib olyapmiz (Y. Shamsharov). Bu gapni tuzishda biz, ulug‘ , ayyom, mana, shu, cho‘l, kutib, olmoq so‘zlari, ularning o‘zaro bog‘lanishini ta’minlovchi –ni (tushim kelishigi qo‘shimchasi), -yap (zamon ma’nosini ifodalovchi qo‘shimcha), -miz (shaxs-son qo‘shimchasi) qo‘shimchalari qatnashgan; har bir so‘z va qo‘shimcha esa nutq tovushlari vositasida (masalan, biz - b, i, z; ulug‘ - u, l, u, g‘ ; -ni - n, i; -da - d, a kabi) shakllandi.
Ko‘rinadiki, nutq tovushlari so‘z va gaplarni tuzishda moddiy baza hisoblanadi, chunki inson tili tovush tilidir.
Fonetika tilshunoslikning bir bo‘limi bo‘lib, unda nutq tovushlari, ularning hosil bo‘lishi, turlari, o‘zgarishi, urg‘u, bo‘g‘in, ohang kabilar o‘rganiladi. Fonetika grekcha phone so‘zidan olingan bo‘lib lug‘aviy ma’nosi tovush demakdir.
Fonologiya so‘zi tarjima qilinganda “tovush haqidagi ta’limot” degan ma’noni bildiradi (phone – tovush, logos - ta’limot). Bu bo‘limda tovushlarning so‘z va morfemalar ma’nolarini farqlashdagi roli bayon qilinadi. Agar fonetika bo‘limida tovushlarning fiziologik-akustik xususiyatlari tekshirilsa, fonologiyada, ta’bir joiz bo‘lsa, tovushning ijtimoiy mohiyati o‘rganiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |