Ona tili va adabiyot fanidan I bosqich, i-semestr uchun o’quv-uslubiy majmua


Download 0.98 Mb.
bet13/79
Sana18.06.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1597305
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   79
Bog'liq
portal.guldu.uz-ONA TILI VA ADABIYOT

5-masala bayoni
Fonetik vositalar
So‘z ma’nolarini ajratish, chegaralash uchun xizmat qiladigan vositalar fonetik vositalar sanaladi. Bunday vositalar qatoriga nutq tovushlari, urg‘u, ohang (ohang) kiradi. So‘z ma’nolarini farqlashga xizmat qiladigan fonemalar xususida yuqorida fikr yuritildi. Lug‘at tarkibidagi barcha so‘zlar, grammatik shakllar ana shu fonemalarining ma’lum tartibda ketma-ket joylashishi orqali shakllanadi. Ayrim hollarda o‘xshash bo‘lgan (omonim) so‘zlarning ma’no va grammatik shakllarini farqlashda urg‘u (leksik urg‘u) fonetik vosita bo‘lishi mumkin. Masalan: olmá (predmet, mevaning bir turi), ólma (harakat, olmoq fe’lining bo‘lishsiz shakli, -ma qo‘shimchasini ajratish mumkin); akademík (predmet, ot), akademík (belgi, sifat); gullár (ot, “ko‘p gul” ma’nosida), gúllar ( fe’l, “gullamoq”).
Gapning maqsadga ko‘ra turini ajratishda esa ohang (ohang) fonetik vosita bo‘lishi mumkin. Masalan: Dars boshlandi. (darak gap) Dars boshlandi? (so‘roq gap).
Takrorlash va mavzuni o`zlashtirilganini tekshirish uchun savollar:
1. Fonetika nimani o‘rganadi?
2. Tovush va fonemaning farqini ayting.
3. Fonologiya haqida nimalarni bilasiz?
4. Fonema qanday belgilarga ega?
5. Fonetik akustika haqida qanday ma’lumotga egasiz?
6. Nutq tovushlari artikulyatsiyasi deganda nimani tushunasiz?
7. Nutq a’zolarining vazifalari nimalardan iborat?
8. O‘zbek tilining fonetik vositalariga nimalar kiradi?
Tayanch tushunchalar lug’ati


Fonema – so’zlar, morfemalar va grammatik shakllarning tovush qobig’ini, binobarin, ma’nolarini ham farqlash uchun xizmat qiladigan eng kichik segment birlik.
Fonemalarning differentsial belgilari - o’zaro qarama-qarshi qo’yilayotgan ikki fonemaning farqlanadigan belgilari.
Fonemalarning integral belgilari - o’zaro qarama- qarshi qo’yilayotgan ikki fonemaning farqlanmaydigan belgilari.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling