Ona tili va adabiyot fanidan I bosqich, i-semestr uchun o’quv-uslubiy majmua


Download 0.98 Mb.
bet16/79
Sana18.06.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1597305
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   79
Bog'liq
portal.guldu.uz-ONA TILI VA ADABIYOT

Lablarning ishtirokiga ko‘ra

Tilning gorizontal harakatiga ko‘ra

Tilning vertikal harakatiga ko‘ra

Old qator

Orqa qator

Lablanmagan

I




Yuqori tor unlilar

Lablangan




u

Lablanmagan

E




O‘rta (keng) unlilar

Lablangan




o‘

Lablanmagan

A




Quyi (keng) unlilar

Lablangan




O



Ayrim unli tovushlar tavsifi
I unlisi quyidagicha tavsiflanadi:
1) so‘z boshida (ipak), so‘z o‘rtasida (tilak) va so‘z oxirida (tulki) keladi.
2) so‘z ichida ikki jarangsiz undosh orasida nihoyatda qisqa aytiladi: bilan, sira.
3) k, g, x undoshlaridan keyin kelganda orqa qator unli kabi aytiladi: qir, G‘irot, oxir.
4) cho‘ziq varianti bor: muhim, musiqa.
5) e tovushiga moyil varianti bor: mix-mex.
U unlisi quyidagicha tavsiflanadi:
1) so‘z boshida (urmoq), so‘z o‘rtasida (tugun) va so‘z oxirida (urg‘u) keladi.
2) til oldi varianti ham uchraydi: kuch, gul;
3) qulf, g‘ulg‘ula, tuxum so‘zlarida esa til orqa varianti qo‘llangan.
4) i tovushi kabi kuchsizlanishi, ya’ni qisqarishi ham mumkin: tuxum, bulbul, tutun kabi.
E unlisi quyidagicha tavsiflanadi:
1) so‘z boshida, so‘zning birinchi bo‘g‘inida keladi: eshik, elak, e’tibor, kel, bet kabi.
2) jonli nutqda sheva ta’sirida i tovushiga moyillashadi: deydi – diydi.
3) o‘g‘uz shevalarida a tovushiga o‘tish holati ham mavjud: eshik – ashik, deb – dab, kel – gal kabi. Lekin adabiy tilda e tarzida talaffuz etiladi.
A unlisi quyidagicha tavsiflanadi:
1) so‘z boshida (ari), o‘rtasida (daftar) va so‘z oxirida (qora) keladi.
2) q, x, g‘ tovushlaridan keyin kelganda til orqaroq - orqa qator unlisi kabi talaffuz qilinadi: g‘azab, xabar.
3) ba’zi so‘zlarda sheva ta’sirida o tovush kabi aytiladi: baho – boho, shavla – shovla. Adabiy tilda a tarzida talaffuz etiladi.
O unlisi quyidagicha tavsiflanadi:
1) so‘z boshida (olim), o‘rtasida (toza) va so‘z oxirida (bobo) keladi.
O‘ unlisi quyidagicha tavsiflanadi:
1) sodda so‘zlarning asosan birinchi bo‘g‘inida uchraydi: o‘g‘il, bo‘ri, to‘g‘ri, o‘rin, bo‘yin.
2) o‘zlashma so‘zlarning oxirgi bo‘g‘inida ham keladi: ro‘baro‘, xushro‘y, gulro‘, kubok, (kubo‘k).
3) til oldi varianti ham bor: o‘rik, ko‘l, cho‘l.


Undosh tovushlar va ularning tasnifi

  1. Undosh tovushlar va ularning tasnifi.

  2. Ayrim undoshlar tavsifi.

3.Qo‘sh tovushlar va ularning qo‘llanilishi.


1-masala bayoni
Undosh tovushlar tizimi tilda konsonantizm deb yuritiladi.
Hozirgi o‘zbek adabiy tilida 24 ta undosh tovush mavjud: b, v, g, d, j (jurnal so‘zidagi birinchi tovush), j (joy, jiyda kabi so‘zlardagi birinchi tovush), z, y, k, l, m, n, ng (tong so‘zidagi oxirgi tovush), p, r, s, t, f, x, ch, sh, q, g‘ , h. Sirg‘aluvchi j, f tojik va boshqa tillardan o‘zlashgan so‘zlarda keladi: foyda, oftob, fabrika, tafakkur, jurnal, ajdar. Undoshlar ham uch tomondan tasnif qilinadi:
1. Hosil bo‘lish o‘rniga ko‘ra undosh tovushlar uch asosiy guruhga bo‘linadi:
1) lab undoshlari bevosita lablar ishtirokida hosil bo‘luvchi tovushlar bo‘lib, ularga b, p, m, v, f undoshlari kiradi.
Lab undoshlarining ba’zilari ikki lab orasida paydo bo‘ladi: ba’zilari esa (masalan, avtobus, avtor, vagon, virus, passiv kabi so‘zlardagi v; telefon, kefir, fabrika, fakt, fazo, farmon, fason kabi so‘zlardagi f) pastki lab bilan ustki tishlar orasida hosil bo‘ladi. Shunga ko‘ra lab undoshlarini ikki turga bo‘lish mumkin:
a) lab-lab undoshlari: b, m, p;
b) lab-tish undoshi: v, f.
2) til undoshlari bevosita til ishtirokida hosil qilinuvchi tovushlar bo‘lib, ularga quyidagi undoshlar kiradi: g, d, j (gijda so‘zidagi kabi), j (jiyda so‘zidagi kabi), z, y, k, l, n, ng (ong), r, s, t, x, ch, sh, q, g‘ (jami 18 ta).
Undoshlar tilning qaysi qismida hosil bo‘lishiga ko‘ra ham bir-biridan farq qiladi: t, d, n kabi tovushlar tilning old qismi bilan tish va milk orasida; k, g kabi undoshlar tilning orqa qismi bilan qattiq tanglayning orqa qismi orasida; y undoshi tilning o‘rta qismi bilan qattiq tanglayning orqa qismi orasida; q, g‘ tovushlari esa til ildizi bilan yumshoq tanglayning orqa qismi orasida (bo‘g‘izga yaqin joydi) hosil bo‘ladi. Shunga ko‘ra, til undoshlari o‘z navbatida 4 guruhga bo‘linadi.
a) til oldi undoshlari: d, j (jurnal), j (jahon), z, l, n, r, s, t, ch, sh (jami 11 ta );
b) til o‘rta undoshi: y;
d) til orqa undoshlari: k, g, ng (jang);
e) chuqur til orqa undoshlari: q, g‘ , x.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling