Ona tili va adabiyot fanidan I bosqich, i-semestr uchun o’quv-uslubiy majmua
Download 0.98 Mb.
|
portal.guldu.uz-ONA TILI VA ADABIYOT
2) sirg‘aluvchi undoshlar (jami 9 ta) ikki nutq a’zosining o‘zaro yaqinlashishi va havo oqimining ana shu nutq a’zolari orasidan sirg‘alib chiqishi bilan hosil bo‘ladigan tovushlar bo‘lib, ularga v, j (jurnal, vijdon), z, y, s, f, x, sh, g‘, h undoshlari kiradi.
Havo oqimining ikki lab o‘rtasidagi yoki pastki lab bilan yuqori tishlar orasidagi tor oraliqdan sirg‘alib o‘tishi j (jirafa), z, s, sh undoshlarini; til o‘rta qismi bilan qattiq tanglayning o‘rta qismi orasidagi tor oraliqdan sirg‘alib o‘tishi y undoshini; tilning orqa qismi bilan tanglayning orqa qismi o‘rtasidagi tor oraliqdan sirg‘alib o‘tishi g‘, x undoshlarini; bo‘g‘izdagi un paychalari orasidagi tor oraliqdan sirg‘alib o‘tishi esa h undoshini vujudga keltiradi. 3) portlovchi-sirg‘aluvchi undoshlar (jami 5 ta) bir vaqtning o‘zida ham portlash, ham sirg‘alish jarayonlarining ro‘y berishi natijasida hosil bo‘ladi. Ularga m, n, ng, l, r undoshlari kiradi. Bunday undoshlar hosil bo‘lish usuliga ko‘ra boshqa undoshlar (portlovchilar, sirg‘aluvchilar)dangina emas, o‘zaro ham farq qiladi va uch guruhga bo‘linadi: a) burun tovushlari: m, n, ng. Bulardan m undoshining hosil bo‘lishida o‘pkadan kelayotgan havo oqimining bir qismi og‘iz bo‘shlig‘idan lablarning to‘sqinligiga uchrab, qisman portlab, havo oqimining qolgan qismi burun bo‘shlig‘idan sirg‘alib chiqadi, n undoshining hosil bo‘lishida esa til uchi yuqori tishlarga va milkka tegib, yarim portlash ro‘y beradi, burun yo‘li ochiq bo‘lgani uchun, havo oqimining qolgan qismi burun bo‘shlig‘i orqali sirg‘alib chiqadi. Tilning orqa qismi qattiq tanglayning orqa qismiga tegib, havo oqimining qisman portlashi va havo oqimining bir qismi burun bo‘shlig‘i orqali sirg‘alib chiqishi ng tovushini vujudga keltiradi. b) yon tovush l undoshini hosil qilishda til uchi yuqoriga tomon bukilib, milkka tegadi, ammo havo oqimining tilning ikki yonidan sirg‘alib o‘tishi uning og‘iz bo‘shlig‘idan qisman portlab, qisman sirg‘alib chiqishiga sabab bo‘ladi. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling