Takrorlash va mavzuni o`zlashtirilganini tekshirish uchun savollar:
1.Nutqdagi tovush o‘zgarishlari nima? Nima uchun nutqda tovush o‘zgarishi
ro‘y beradi?
2.Tovush o‘zgarishlarining qanday turlarini bilasiz?
3.Kombinator o‘zgarish nima? Uning qanday turlari bor?
4.Assimilyatsiya nima va uning qanday ko‘rinishlarini bilasiz?
5.Dissimilyatsiya nima?
6. Metateza haqida nimalarni bilasiz?
7.Pozitsion o‘zgarishlar deganda nimani tushunasiz?
8.Tasnif va tavsif qanday farqlanadi?
9.Labial undoshlardan qaysilarining qanday fonetik pozitsiyada asosiy bo’lmagan ottenkalari qatnashadi?
10.Portlovchi tovushlarning qaysilari intervokal holatda sirg’aluvchiga o’tadi?
11.Jarangli undoshlarning qaysilari qanday pozitsiyada jarangsizlashadi?
12.Lab-lab "v" va lab-tish "v" qanday farqlanadi?
13.Qanday pozitsiyada lab-tish "f" ning lab-lab ottenkasi shakllanadi? Bu hodisa tilshunoslikda nima deb ataladi?
14.Qanday so’zlar oxiridagi "t" talaffuz etilmaydi?
15.Qanday holatlarda "l" undoshi tushib qolishi mumkin?
16.Qanday pozitsiyada til oldi "n" lab-lab "m" ga o’tadi? Sababi?
17.J va j undoshlari qanday farqlanadi? qanday pozitsiyalarda bu fonemalarning allofonlari yuzaga keladi?
18.Qanday holatda "ch"ning "sh"ga o’tishi uchraydi? Bu hodisa nima deb ataladi?
19.Sayoz til orqa "k", "g" undoshlari qanday pozitsiyada o’zgaradi? Chuqur til orqa undoshlari-chi?
20."H" undoshi talaffuzida qanday o’zgarishlar kuzatiladi?
21."Ts" undoshining qaysi jihatlari o’zbek tilshunosligida munozaraga sabab bo’lmoqda?
21.Divergent nima?
Tayanch tushunchalar
Assimilyatsiya- bir xil kategoriyadagi tovushlarning so’z tarkibida o’zaro moslashuvi.
Akkomodatsiya – turli kategoriyalardagi tovushlarning, masalan, unli bilan undoshning o’zaro ta’siri tufayli yuzaga keladigan moslashuv. Masalan: kisht (k’sht: "i"ning old qator ottenkasi, u sayoz til orqa "k" undoshiga moslashgan)- qish (qo’sh: "i"ning orqa qator ottenkasi, u chuqur til orqa "q" undoshiga moslashgan). Ba’zan unli undoshga emas, aksincha, undosh unliga moslashadi. Masalan, lab-tish (labio-dental) "f" undoshi lablashgan "u" unlisi ta’sirida lab-lab "f"ga aylanishi mumkin. qiyos qiling: faqat ("f"- lab-tish), nufuz("f" –lab-lab), aft ("f"- lab-tish)- ufq ("f"- lab-lab), saf ("f" –lab-tish)- tuf ("f"- lab-lab) kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: |