Ona tili va adabiyot fanidan I bosqich, i-semestr uchun o’quv-uslubiy majmua


Download 0.98 Mb.
bet31/79
Sana18.06.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1597305
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   79
Bog'liq
portal.guldu.uz-ONA TILI VA ADABIYOT

Geminatsiya- so’z tarkibida bir xil undoshlarning qavatlanishi.
Degeminatsiya- so’z tarkibidagi geminatsiyaning yo’qolishi(menning-mening)
Sinerezis- so’z tarkibidagi ikki unlining diftonglashuvi. mutolaa>mutola: matbaa>matba: saodat>so:dat kabi. Bu hodisa ikki unli orasidagi undoshning tushib qolishi hisobiga yuz berishi ham mumkin: zahar>za:r, shahar>sha:r kabi.
Kuchli pozitsiya - fonemaning asosiy ottenkasi saqlanadigan pozitsiya.
Kuchsiz pozitsiya- fonemaning asosiy ottenkasi o’zgarishiga olib keladigan pozitsiya.
Intervokal holat - undosh fonemaning ikki unli orasidagi holati.
Assimilyativ holat - nutq oqimida fonemalar assimilyatsiyasiga olib keluvchi vaziyat.
Dissimilyativ holat - nutq oqimida fonemalar dissimilyatsiyasiga olib keluvchi vaziyat.
Divergent - divergentsiya yo’li bilan bir fonemaning ottenkalaridan o’sib chiqqan yangi fonema.

GRAFIKA




Mavzu rejasi:


1. Grafika haqida umumiy ma’lumot
2. Til va yozuv.
3. Kirill grafikasi asosidagi o‘zbek yozuvi.
4. Lotin alifbosi asosidagi o‘zbek yozuvi.
1-masala bayoni
Tilshunoslik lug‘atlarida grafika tushunchasiga ikki xil ta’rif berishadi:
“1. Grafika (yun. graphike - yozma). 1. Nutq tovushlarini yozib ifodalash vositalarining muayyan tizimi. 2. Tilshunoslikning alifbodagi harflar tarkibini, shaklini, harf va nutq tovushlari orasidagi munosabatni belgilash bilan shug‘ullanuvchi amaliy sohasi”8.

Grafika grekcha grafikos so‘zidan olingan bo‘lib, yozuv degan ma’noni bildiradi.


Grafika og‘zaki nutqni turli shakllar, belgilar, raqamlar va chiziqlar yordamida aks ettiruvchi tilshunoslik sohasi hisoblanadi. Grafik vositalarga harflar, belgilar va tinish belgilari kiradi. Harf – tovush ifoda etuvchi shakl.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling