Ona tili va adabiyot fanidan I bosqich, i-semestr uchun o’quv-uslubiy majmua


Amaldagi (kirillcha) o’zbek yozuvining grafik tavsifi bo’yicha xulosalar


Download 0.98 Mb.
bet34/79
Sana18.06.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1597305
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   79
Bog'liq
portal.guldu.uz-ONA TILI VA ADABIYOT

Amaldagi (kirillcha) o’zbek yozuvining grafik tavsifi bo’yicha xulosalar: yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan shu narsa ma’lum bo’ladiki, rus grafikasi asosidagi o’zbek yozuvi fonografik (harf-tovush) yozuv tipiga mansub bo’lsa-da, amalda u ideografik (semasiografik) yozuv elementlari bilan qorishgan holda qo’llanib kelmoqda. Bu tabiiy bir holdir, chunki yozuvning funktsional-uslubiy xususiyatlari, yozma matnning grammatik va kompozitsion qurilishi fonografik va semasiografik yozuv birliklaridan kompleks holda foydalanishni taqozo qiladi. bu hol yozuvning grafik "to’qima"sida fonografema, prosodemografema va logografema kabi grafema tiplarining hamda signalizatorlik funktsiyasida qo’llanadigan qator maxsus belgilarning shakllanishiga sabab bo’lgan.
Rus grafikasi asosidagi o’zbek yozuvining o’ziga xos xusu-siyatlaridan yana biri shuki, unda grafik polisemiya (bifonemalilik, polifonemalilik) va grafik sinonimiya hodisalariga keng o’rin berilgan, bu sistemada grafemalarning sintetik va analitik tiplari ham mavjud. Bularning barchasi o’zbek yozuvi grafikasining nihoyatda murakkab sistema ekanligidan dalolat beradi. Uning shu qadar murakkab bo’lishiga olib kelgan omillar ichida bittasi - o’zbek alifbosi va grafikasiga rus alifbosi va yozuvining struktural-funktsional xususiyatlarini maksimal singdirishga bo’lgan intilish alohida o’rin tutadi: ayni shu intilish o’zbek yozuvining ortiq darajada ruschalashtirilishiga olib kelgan: o’zbek yozuvi grafemalariga bir yo’la ikki til - o’zbek va rus tillari fonemalarini ifodalash funktsiyasi yuklatilgan, rus grafikasining rus tili konsonantizmiga xos qattiqlik va yumshoqlik oppozitsiyasini ifodalashga moslashtirilgan xususiyatlari o’zbek yozuviga mexanik ravishda ko’chirilgan, natijada o’zbek yozuvida o’zbek tilining fonologik tabiatiga mos bo’lmagan grafik birliklar (ti,te,tya,li,lyu,le kabi murakkab funktsiyali grafemalar) yuzaga kelgan, a va ya, u va yu,e va e,o va yo kabi sinonimik qatorlar shakllangan. O’zbek yozuvining bunday baynalmilal xarakteri O’zbekistonda o’zbek-rus ikki tilliligini (bilingvizmni) rivojlantirishga, shuningdek rus tilining millatlararo til sifatidagi pozitsiyasini mustahkamlashga xizmat qilganligi aniq, ammo uning o’zbek yozuvi milliy jihatlarini ancha cheklab qo’yganligi ham shubhasiz: unda o’zbek tilining ayrim milliy tovushlari, masalan, "j","n"," " fonemalari uchun maxsus harf belgilanmagan, bu tovushlarni ifodalash funktsiyalari rus grafikasidagi "j","ng","o" grafemalarining o’zlariga yuklab qo’ya qolingan, oqibatda, o’zbek tilidagi yozma matnlarda omograflarning –tok ("uzum o’simligi") va tok ("elektr toki"), tort ("tortmoq"ning ikkinchi shaxs, buyruq maylidagi shakli) va tort ("konditer mahsuloti"ning bir turi) kabi bir xil yoziladigan, ammo har xil o’qiladigan so’zlar va so’z formalarining yuzaga kelishiga yo’l ochilgan, bu hol, o’z navbatida, shu tipdagi so’zlar tarkibida qo’llangan "o" (o’rta keng) va "o" (quyi keng) unlilarining differentsial belgilarini yozuvda ilg’ab olish imkoniyatlarini cheklab qo’ygan. Bunday qiyinchiliklar jurnal va juda, vijdon va majlis so’zlarining o’qilishida ham uchraydi: "j" grafemasining polisemantik xarakteri qorishiq "j" va sirg’aluvchi "j" undoshlarining differentsial xususiyatlarini yozuvda farqlab bera olmaydi. O’zbek grafikasidagi bunday cheklanishlar, ayniqsa, o’zbek tilining boshqa millat vakillari tomonidan o’rganilishiga salbiy ta’sir qilmoqda: o’zbek tilining fonetik-fonologik sistemalaridan etarli xabardor bo’lmagan bunday kishilar jurnal va juda so’zlarini, tort(1) va tort(2) tipidagi omograflarni ruscha ko’nikmalar asosida o’qishga majbur bo’lmoqda.
O’zbek yozuvining grafik tizimida sintetik va analitik grafemalarning borligi ham ko’pchilik mutaxassislar tomonidan salbiy hodisa sifatida baholanib kelingan. Darhaqiqat, bu tipdagi grafemalarning mavjudligi so’z va morfemalarning akustik va grafik obrazlarida asimmetriya hodisasini yuzaga keltirmoqda: yoshlik (6 ta fonema, 5 ta grafema, 5 ta harf), ong (2 ta fonema, 2 ta grafema, ammo 3 ta harf) kabi. Bunday asimmetriyaning mavjudligi so’zning fonetik va morfemik tarkibini yozuvda to’g’ri ifodalashga, ayniqsa, harf bilan tovush o’rtasidagi aloqani ilg’ab olishga xalaqit bermoqda. Bularning barchasi turli munozara-bahslarning yuzaga kelishiga, oxir oqibatda o’zbek milliy yozuvining butunlay boshqa grafik sistemaga ko’chirilishiga sabab bo’lgan.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling