Ona tili va adabiyot fanidan namunaviy test topshiriqlari zayniddin umurzoqov


Download 108.02 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana05.05.2023
Hajmi108.02 Kb.
#1428101
1   2   3   4
Bog'liq
Zayniddin test sefr

ZAYNIDDIN UMURZOQOV 
@
MILLIY_SERTIFIKAT_ONA_TILIDAN 


Ona tili va adabiyot fanidan namunaviy test topshiriqlari 
ZAYNIDDIN UMURZOQOV 
«Oʻgʻirlangan» pul mojarosi
 
Geotizmlar xususiyatlarining turli-tumanligi va insonning xòjalik faoliyati har xilligi munosabati bilan yer yuzida 
turli-tuman antropogen landshaftlar vujudga keldi, fan-texnika rivojlangani sayin ularning yangi-yangi xillari 
paydo bòlmoqda . Bu esa tabiatdan foydalanishni tòĝri va oqilona tashkil etish uchun ularni tasniflashni taqozo 
etadi.inson jayoti davomida landshaftlar juda ham moslashuvchan bòladi. Òzgarishi yoki parchalanishi turli xil 
shunga òxshash holatlarni ham nomoyon qilishi mumkin. Olimlar tomonidan antropogen landshaftlarning 
quyidagi turlari ajratiladi.Milkov inson faoliyatining turi va landshaftlarda qay darajada aks etganini hisobga olib, 
barcha antropogen landshaftlarni 8 xil landshaftga ajratadi . Isachenko antropogen ta’sir oqibatuda 
geotizimlarning qay darajada òzgarganligini asos qilib oladi va barcha antropogen landshaftlarni tòrt guruhga 
bòladi. 1. Shartli òzgartirilmagan (intidoiy landshaftlar). Ular bevosita inson ta’sirida va xòjalikdagi faoliyatiga 
duchor bòlmagan landshaftlardir. Ularda inson faoliyatining kuchsiz va bilvosita ta’siri izlarinigina payqash 
mumkin , xolos. Masalan , baland toĝlardagi qor-muzliklar va òrmonlar, qòriqxonalar , va h.k 2.Kuchsiz 
òzgartirilgan landshaftlar . Bular , asosan, inson faoliyatining ekstensiv(ovchilik, baliqchilik kabi) xili ta’siriga 
duchor bòlgan landshaftlar. Bunday landshaftlarda inson faoliyati ayrim komponentlargagina ta’sir etib, tabiiy 
aloqadorliklar hali buzilmagan va avvalgi òz holatini tiklab olishi mumkin.3.Kuchli òzgartirilgan (buzilgan) 
landshaftlar . Bu guruhdagi landshaftlar, asosan, inson faoliyatining jadal ta’sirida òzgargan landshaftlardir. 
Ularning kòp komponentlari òzgarib , landshaftlar tuzilishining sezilarli darajada buzilishiga olib kelgan. Masalan, 
karyelar, konchilik sanoatu chiqindilari uyumlar va h.k.4. Madaniy landshaftlar . Tuzilishi inson tomonidan 
jamiyat manfaatlarini kòzlagan va ilmiy asoslangan holda oqilona òzgartirilgan landshaftlar. Masalan, sifatli ishlov 
berilayotgan boĝlar , paxtazorlar, va h.k 
18.
[1,7 ball] 
Matn mazmuni haqida tòĝri ma’lumotni aniqlang. 
A)Qishloq xòjaligi yani ibtidoiy tòda vaqtidagi 
landshaftlari dehqonchilik , boĝdorchilik va 
boshqalaridir. 
B)Landshaftlar holatini kòrib insonlarning naqadar 
buyukligini kòrishimiz mumkin. 
C)Landshaftlar òz holini tiklab olishi mumkin deb 
takidlangan 
D)Madaniy landshaftlar bilan qishloq xòjaligi 
landshaftlari bir xilligi tasvirlangan. 
19.
[1,7 ball] 
Raqamlab kòrsatilgan gaplarning qaysi birida sòz 
qòllash bilan boĝliq uslubiy xatolik yuzaga kelgan. 
A) 1 
B) 2 
C) 3 
D) 4 
20.
[1,7 ball] 
Matn haqida tòĝri ma’lumotni aniqlang 
A)Inson òz xòjalik faoliyati davomida tabiiy 
landshaftlarning u yoki bu xususiyatlarini òzgartiradi
B) Geotizmlar juda kòp va turli-tuman omillar ta’sirida 
shakllanadi, rivojlanadi, òzgaradi 
C)Ayrim xòjalik sohalarida inson ikki va undan ortiq 
tabiat komponentlari bilan munosabatda bòladi 
D)Sifatli ishlov berilayotgan boĝlar, paxtazorlar 
madaniy landshaftlar deb yuritiladi. 
21.
[1,7 ball] 
Matn haqida tòĝri ma’lumotni aniqlang. 
A)Milkov inson faoliyatining turi va landshaftlari 
òzgarishiga qarab landshaftlarni bòladi 
B)Kuchsiz òzgartirilgan landshaft Milkov tomonudan 
tastiqlangan 
C)Isachenko antropogen tasir oqibatida geotizmlarning 
òzgarishini asos qilib oladi. 
D)Barcha ma’lumot tòĝri izohlangan. 
22.
[1,7 ball] 
Matn mazmuni haqida toĝri shakllangan gapni toping 
A)Buzilgan landshaftlarga baliqchilik , ovchilik kiradi 
B)Ibtidoiy landshaftlar deganda biz antropogenlarning 
bòlinishini nazarda tutamiz 
C)landshaftlar guruhlarga bòlinmasligi fanda 
isbotlangan 
D)Landshaftlar bòlinishi tabiatdan tòĝri va oqilona 
foydalanish uchun tasniflashni taqozo etadi. 
OTA 


Ona tili va adabiyot fanidan namunaviy test topshiriqlari 
ZAYNIDDIN UMURZOQOV 
Eshikdan kirdi-yu harakatlaridan o‘zini hushyor ko‘rsatishga urinayotgani sezildi. 
– Yomg‘ir yog‘adi, shekilli. Shamol bo‘lyapti, – dedi yomg‘irdan qochib, panaga o‘tganday yelkalarini siltab. – 
Yaxshi
o‘tiribsizlarmi? 
Deraza oynasi basma-bas tiqirlab, tirqishidan shamol ufurganday bo‘ldi. Onasining yoniga cho‘kib, bolishga 
yonboshladi.
Xayolidan ushbu gap o‘tdi: “Dadam chiqibdi shekilli, bolish qo‘yilib qolibdi”. Onasining pinjiga suqilgan uch 
yoshlar
chamasidagi o‘g‘lini panjalaridan tutib, o‘ziga tortdi. Bola ko‘nmadi, buralib, buvisiga battarroq yopishdi. 
– Chiroq o‘chmasa go‘rgaydi, – dedi xotini uning gapiga hamohang ovozda va xontaxta ustidagi chinni kosalarni
yig‘ishtirishga tushdi. 
– Yana ichdingmi, bolam? – Onasi odatdagidek yuzini burishtirib, yiltiragan ko‘zlariga qarab qo‘ydi. 
– Dadang xafa bo‘ladi-da! 
Tuyqus xotiniga boqdi: (1)“He, o‘ling-e”, deya yozg‘irardi nigohi. Ko‘zi bilan unga po‘pisa qilib, oldidagi piyolani 
keskin
uzatdi. 
– Choydan quy! – So‘ng onasiga qayrildi. – O‘zi tuzukmi dadam? 
@MILLIY_SERTIFIKAT_ONA_TILIDAN 
– Xudoga shukr, bugun xiyla tuzuk. Opang bilan singling kelishuvdi, sheyda ancha gaplashib o‘tirdi. Binnasalarni 
gapirib,
xuddi bolaliklaringdagidek kuldirdi. – Onasi dasturxon chetini beixtiyor o‘ramoqlab, ko‘ksi shishib, xo‘rsindi. – 
Qalampirni
ezib-ezib, bir kosa ovqat ham ichdi. 
– Xayriyat, – dedi qaddini ko‘tarib. – Yaxshi bo‘p qopti, a? 
– Opalaringni kuzatib, seni kuta-kuta hozirginada kirib ketdi. 
– Ovqat ichassimi? – so‘radi xotini qo‘lidagi kosa-qoshiqlarni shaqirlatgancha kuchanib o‘rnidan turib. 
Belini ushlagandi, qorni yanada do‘mpaydi. 
– Yo‘q! – dedi dag‘al ovozda. – Qornim to‘q! 
Xotini tashqariga chiqib ketdi. 
– Oldiga bir kirib qo‘y, o‘g‘lim! – Onasi nabirasini quchog‘iga olib, uxlatmoqchiday yonboshladi. – Baribir seni 
kutadi. 
Shamol oynalarni yana tiqirlatdi. 
U choyni tez-tez ho‘plab, piyolani bo‘shatdi. 
– Ichganman-ku, aya?.. 
– Yaqinlashmayroq o‘tirasan-da. 
– Xo‘p. Yo bismillo!.. – deya o‘rnidan turdi. 
Dadasi ko‘rpalar qalin to‘shalib, qat-qat bolishlar qo‘yilgan temir karavotda shiftga termilib yotardi. Yonida – 
pastda
choynak, piyola, ikkita kitob ustida ko‘zoynak. Bosh tomonidagi tokchada ham kitoblar. Uning sharpasini payqab, 
qayrildi. 
– Assalom alaykim, dada! – Enkayib, nafasini yutib ko‘rishdi. – Tuzukmisiz? – Beriroqdagi to‘shakka cho‘kdi. 
– Keldingmi, o‘g‘lim? Xudoga shukr, ancha tuzukman. – Dadasi yotgan ko‘yi qo‘lini duoga ochdi. – Omin, 
tinchlikxotirjamligini bersin! Ovqatiyni ichdingmi? 
Dadasining ko‘nglini o‘ylab, yolg‘on gapirdi: 
– Hmm, ichdim. – Yon-veriga alangladi. – Televizorni obchiqib bersam bo‘larkan-a? Zerikmasdingiz. 
– Aslida dadasining televizorni uncha xushlamasligini yaxshi biladi. Hozirgi gapini nima deyishni bilmaganidan 
beixtiyor
aytib yubordi. 
– Dilbuzariyni (dadasi televizorni shunday atardi) nima qilaman-a, bolam, boshimni og‘ritib… Shamol bo‘lyapti 
shekilli-a?
Yomg‘ir yog‘adi. Bahor havosi-da, yoqqani yaxshi. Yerga foyda, – deya xo‘rsindi. So‘ng unga beozor tikildi. – Tag‘in


Ona tili va adabiyot fanidan namunaviy test topshiriqlari 
ZAYNIDDIN UMURZOQOV 
ichdingmi, o‘g‘lim? 
– Ha, endi… – Dadasiga birrov xijolatli nazar tashladi: xiylagina ozganini, ko‘zlari mahzunlashganini ilg‘adi. 
Mo‘ylovi,
jag‘ining uchidagi kalta soqoli oppoq. Ozg‘in qo‘llarining tomirlari bo‘rtgan. Oltmish beshni qoralayotgan odam
qartaygandek ko‘rinadi. Dadasining ahvoli diydasini yumshatdi, dimog‘ida g‘imirlayotgan zardasini yutib, sarxush 
shuuri ozorsiz so‘z qidirdi. – Ulfatlar minan o‘tirdik-da, dada. (2)Hammalari yaxshi bollar… 
23.
[1,1 ball]
Asar nomi orqali qanday badiiy maqsad ifoda 
etilgan? 
A) oʻgʻlining hayotidan tinchimagan ota 
B) kichkina farzandini haddan ziyod yaxshi koʻruvchi 
ota 
C) otalik masʼuliyatini his etmagan oʻgʻil 
D) yaqinlari yolg'izlatib qo'ygan ota 
24.
[1,1 ball] 
Ota obraziga mos ta'rif berilgan javobni aniqlang. 
A) mutolaani sevuvchi, maʼrifatli inson 
B) oʻgʻilning tarbiyasiga befarq, mehrsiz ota 
C) jamiyatdagi o'zgarishlarga loqayd inson 
D) taraqqiyotdan orqada yashagan inson 
25.
[1,1 ball] 
Oʻgʻil obraziga mos ta'rif berilgan javobni aniqlang 
A) otasidan uyaladigan va haddini biladigan farzand 
B) shaxsiy manfaati uchun o'z otasi zulm 
yetkazadigan kishi 
C) shaxsiy istaklarini har narsadan ustun qo'yadigan 
kishi 
D) xotiniga ko'maklashish uchun har qanday mushkul 
ishni ham uddalashga urinadigan aka 
26.
[1,1 ball] 
[1] raqami bilan ajratib ko'rsatilgan qismda
tasvirlangan qahramon holati qaysi javobda 
to'g'ri izohlangan? 
A) Erini hurmat qilmaydigan ayol 
B) Erining qilmishidan hafsalasi pir boʻlgan ayol 
C) Faqat qargʻashni biladigan ayol 
D) Fikrini ochiq ifodalay olmaydigan ayol
27.
[1,1 ball] 
Ajratib ko‘rsatilgan gapda qanday uslubiy ma’no ifoda [2] 
raqami bilan ajratib ko'rsatilgan gapda 
qanday uslubiy ma'no ifoda etilgan? 
A) taʼkid, eʼtirof 
B) kinoya, kesatiq 
C) kibr, jahl 
D) alam, qahr


Ona tili va adabiyot fanidan namunaviy test topshiriqlari 
ZAYNIDDIN UMURZOQOV 
Fasli navbahor o‘ldi ketibon zimistonlar, 
Do‘stlar, g‘animatdur, sayr eting gulistonlar. 
Subhidam tushib shabnam, bo‘ldi sabzalar xurram, 
Gul uza tomib kam-kam, yog‘di abri naysonlar. 
Nastaran yuvib yuzni, yosuman tuzib o‘zni, 
Nargis ochibon ko‘zni intizori yoronlar. 
Bir sahar edim uyg‘oq: o‘t tutoshti olamg‘a, 
Tog‘lar chekib larza, titradi biyobonlar 
Qumrilar qilib ku-ku, bulbul aylabon chah-chah, 
Sarv-u gul uza doim tortar oh-u afg‘onlar. 
Bulbul o‘qug‘och yig‘lab subhidam xazon faslin, 
G‘uncha qon yutub, yuz chok etti gul giribonlar 
Kechtilar vafo ahli qolmayin tutib savsan, 
Kiydi ko‘k qilib sunbul zulfini parishonlar. 
Kuymasun bu savdoda ne uchun dimog‘imkim, 
Ranj-u g‘ussada dono, kechsa shod nodonlar. 
Lug’at: 1Abri nayson – ko‘klam buluti; 2Nastaran – gul turi; 
3Yosuman (jasmin) – gul turi; 4Biyobon – dasht, cho‘l; 
5Giribon – yoqa; 6Savsan – gulsafsar, qo‘g‘agul. 
28.
[2,5 ball] 
G’azalda aks etmagan ma’lumotni aniqlang. 
A) Donolarning g’am chekishi, nodonlarning esa shod
yashashidan shoir ozorlangani aytilgan. 
B) Vafo ahli dunyodan kechgan, bunga sabab esa ularning
ranjitilishi bayon qilingan 
C) Lirik qahramon uyg’onganda butun olamga o’t tutashib,
momaqaldiroq gumburlab tog’lar larzaga keldi, biyobonlarni
titratib yubordi. 
D) Yor shunday go’zalki, u sarvga o’xshaydi, tik qomatli.
Hatto qumri va bulbullar ham uning atrofida giryon 
aylanadi. 
29.
[2,5 ball] 
G’azalning badiiy tahlili xato berilgan javobni
aniqlang. 
A) oltinchi baytda husni ta’lil she’riy san’atidan
foydalanilgan 
B) Undosh tovush bilan ifodalangan mutlaq qofiyasi mavjud 
C) to’rtinchi baytda tashxis va mubolag’a san’atlaridan
foydalanilgan 
D) G’azalning har bir baytida tashxis san’atidan
Foydalanilgan 
30.
[2,5 ball] 
Maqtada qaysi badiiy san’at qo’llangan. 
A)tazod
B) mubolag’a 
C) husni ta’lil 
D) lilota 
31. [2,5 ball] 
G‘azalda quyidagi qaysi o‘xshatish mavjud ? 
A)ko’ngil shishaga qiyos qilingan. 
B)ishq ahli guzordagi gullarga qiyoslangan. 
C)qon yutgan g’uncha. 
D)shoir rassomga qiyoslangan. 


Ona tili va adabiyot fanidan namunaviy test topshiriqlari 
ZAYNIDDIN UMURZOQOV 
Gaplar (32, 33, 34, 35) va sintaktik tahlilga oid izohlar (A−F) ni o‘zaro to‘g‘ri moslashtiring. 
32. [1,7 ball] 

Download 108.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling