Ona tili va adabiyot fanidan namunaviy test topshiriqlari zayniddin umurzoqov


Download 108.02 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana05.05.2023
Hajmi108.02 Kb.
#1428101
  1   2   3   4
Bog'liq
Zayniddin test sefr



Ona tili va adabiyot fanidan namunaviy test topshiriqlari 
ZAYNIDDIN UMURZOQOV 
1.
[1,1 ball] 
1.Imloviy jihatdan tòĝri yozilgan sòzlar qatorini toping. 
A)Bahromand,bodomqovoq 
B)Muomala,armon 
C)Konstitutsiya, monagrafiya 
D)Tuĝilmoq,yugirmoq 
2. 
[1,1 ball] 
2. Qaysi qatorda bosh harflar imlosiga amal qilingan? 
A) So’x tumani hokimligi, Jahon tinchlik kengashi 
B) O’zbekiston Milliy universiteti, Oliy Sud Raisi 
C) Samarqand Chinni zavodi, Fanlar Akademiyasi 
D) Shimoliy Muz okeani, Misr Arab respublikasi 
3.
[1,1 ball] 
Qaysi gapda siniq so‘zi o‘z ma’nosida qo‘llangan? 
A) Osmonga qarasam - oyning sinig'i,
Yerga ko'z tashlasam - suvning tinig'i. 
B) Mullavachchaga o'xshash rangi siniqqina bir yigit sizni
kutmoqda. 
C) Siniq, titroq tovush bilan: "Nega xafa bo'laman,
aytavering",- dedi Saida. 
D) Derazaning sinig’idan kirayotgan shamol darpardani
ohista silkitardi. 
4.
[1,7 ball] 
4.Òzaro ma’nodoshlik hosil qila olmaydigan sòzlar 
qatorini toping. 
A)Taomil, udum rasm 
B)Subut , burt , tayin 
C)Binoyi , tuzuk, durust 
D)Barcha javoblarda ma’nodoshlik bor 
5.
[1,1 ball] 
Qaysi javobdagi jo’nalish kelishigini unga ma’nodosh
ko’makchi bilan almashtirib qo’llash mumkin? 
A) Yo istagan maqsadimga erishaman, yo o‘lim meni bu
yo‘lda halok qiladi. 
B) Unga yo bir maslahatni, yo ro‘zg‘or ishini aytib bo'ladi. 
C) Shuni bilginki, haromning kasri yo farzandga, yo davlatga
urar. 
D) Men sizga pul olib keldim joy haqqi oylik uchun, 
Unda yaxshi juda soz, tortmaga solib qo’ying. 
6. 
[1,1 ball] 
Qaysi gapda uslubiy qòshimcha qòllash bilan boĝliq 
xatolik mavjud emas. 
A)Jozibador ohanglar ellarni birlashtiradi, ularni tinch -
totuv yashashga Vatanini yuksaltirishga va kòksini 
qalqon kabi himoya qilishdan da’vat etadi. 
B)Mard kishida qanoat , sabr, ezgulik, vijdon, adolat, 
diyonat; nomard kishida yolĝizlik, yomonlik, ojizlik, 
noinsoflik sifatlarni uchratish mumkin. 
C)Òtmishda yashab òtgan buyuk bobolarning hayoti va 
faoliyatini bilish shu kunning asosiy talabi hisoblanadi. 
D)Ha, dòstlar, ona mehrining sehri shu qadar yuksakki, 
hatto, u vafot etsa ham òz farzandiga yomonlikni ravo 
kòrmaydi, unga baxt tilaydi 
7. 
[1,7 ball] 
Qaysi gapda nuqtalar o‘rnida so‘z yasovchi, 
lug‘aviy shakl yasovchi va sintaktik shakl 
yasovchi qo‘shimcha qo‘llanadi? 
A) Kitoblar keksalik… eng yaxshi do‘st, ayni 
paytda yosh...ning eng aziz rahnamosi... . 
B) Spirtli ich... sabab sog’ligidan ayril... insonlar ko’p… . 
C) Taassurotlar qancha… tez va shiddat bilan aytib beril...,
ular shunchalik yuzaki va bir lahzalik bo‘lib chiq... . 
D) Ota-bobolarimiz qoldir... ma’naviy meros... avlodlarga
yetkaz... . 
8.
[2,5 ball] 
12. Har uchala parchada ham ishtirok etgan fe’l 
shakllarini aniqlang 
I. Hushyor bo‘l, zulmdаn qilgil аndishа, 
Vаfо-yu kаrаmni qilmаg‘il pеshа. 
II. Qo‘lingdаn kеlgаnchа kаrаm qil, kаrаm, 
Kаrаmli bo‘lmаgаy hеch kimsаdаn kаm. 
III. Ko’p emas, kam so’zlagil, ey inson, 
Ulug’ ustod so’zin tugatar shunday debon. 
1) I shaxsdagi fe’l. 
2) yasama fe'l ; 
3) o'timsiz fe’l ; 
4) ravishdosh ; 
5) sodda fe'l; 
6) II shaxsdagi sof fe’l. 
A) 1 va 5 B) 5 va 6
C) 3 va 4 D) 2 va 6 
9.
[1,7 ball] 
Qaysi javobdagi gaplar juftligining har ikkisida ham
teng bog’lovchilarning bir turi qatnashgan? 
A) Bir tovuqqa ham don kerak, ham suv kerak.//Yomon-u
yaxshini teng bil, inson, Ki, sen oncha qudrat sohibi
emasdursen. 
B) Anvarning Lola bilan teatrga ketayotganini o’zim
ko’rdim.//Hamid Olimjonning Zaynab va Omon ismli
farzandlari bo’lgan. 
C) Ustoz yonimga jahl bilan keldi-yu, negadir meni
urmadi.//Buni to’xtatishimiz kerak, ham sen, ham men 
uchun


Ona tili va adabiyot fanidan namunaviy test topshiriqlari 
ZAYNIDDIN UMURZOQOV 
birdek foydali bo’ladi shunda. 
D) Birdan osmonni qora bulut qopladi-da, yomg’ir quya
boshladi.//Tushunyapsanmi, Monk, Stivenning qo’lida qurol
bo’lgan, lekin u qotil emas. 
10.
[1,7 ball] 
Barcha maqtanchoqlarning birdan bir qismati shuki, ular
ertami-kechmi pand yeyishadi
Ushbu gap haqida to’g’ri hukm toping. 
A)yasama so’zning kesimga to’g’ridan to’g’ri tobelanishi 
kuzatiladi 
B)aniqlovchining aniqlovchiga tobelanishi kuzatiladi 
C) yasama so’zning yasama so’zga tobelanishi kuzatiladi 
D)aniqlovchilar kesimga to’g’ridan to’g’ri bog’lanishi 
kuzatiladi 
11. 
[1,7 ball] 
Gapdagi so‘zlarning mazmun va grammatik 
jihatdan bog‘lanishi to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang. 
Buyuk bobolarimizning ma’naviy merosi xususida so‘z
yuritganimizda Alisher Navoiyning “Xamsa” asarini alohida
tilga olamiz. 
A) tilga olamiz, Alisher Navoiyning merosi 
B) Alisher Navoiyning "Xamsa", buyuk merosini 
C) bobolarimizning xususida, buyuk bobolarimizning 
D) bobolarimizning merosi, so’z yuritganimizda tilga olamiz. 
12.
[2,5 ball]. 
Qaysi qatorda // belgisi o’rniga vergul qo’yilmaydi? 
A) Kecha bo'lib o'tgan voqealarning hammasi yaxshilik bilan
tugadi // xayriyat. 
B) Tabiat inson qo‘liga qurol – intellektual axloqiy 
kuchqudratni berdi // lekin u bu qurolni aks tomonga xizmat
qildirishi ham mumkin. 
C) Sahobiddin o’z akasini emas, balki // kechagina tanishgan
do’stidan yordam so’radi. 
D) Odilbek eng ilmli inson bo’lsa-da // avval qolganlarni
tinglab, keyin masalaga yondashar edi. 
13.
[1,7 ball] 
27. Debon bergan kishi erdur va lekin 
Demay berganga erlik bil musallam. 
Ne deb, ne bersa, bilgil ani xotun, 
Debon bermasni xotundin dag’i kam. 
Ushbu qit’a haqida to’g’ri hukmni aniqlang. 
A) Ushbu qit’ada to’g’rilik maqtalgan, egrilik qoralangan 
B) Ushbu qit’ada saxiylik maqtalgan, baxillik qoralangan 
C) Ushbu qit’ada odoblilik maqtalgan, beadablik qoralangan 
D) Ushbu qit’ada adolatlilik maqtalgan, adolatsizlik 
Qoralangan 
14.
[1,7 ball] 
Berilgan she’riy parcha haqidagi to’g’ri 
hukmni toping. 
Fasli navbahor o‘ldi ketibon zimistonlar
Do‘stlar, g‘animatdur, sayr eting gulistonlar. 
A) She’riy parchada muqayyad qofiya qo’llangan. 
B) She’riy parchada r tovush raviy vazifani bajargan. 
C) She’riy parchada tazod san’atidan foydalanilgan. 
D) She’riy parchada yig’iq radif qo’llangan. 
15.
[1,7 ball] 
.”Hayotga muhabbat “ asarida Yòlovchi qaysi 
hayvonga òxshatilgan. 
A)Bòriga 
B)Qurtga 
C)Bardoshli ĝalati maxluqqa 
D)Hech qanday hayvonga òxshatilmagan 
16. 
[1,7 ball] 
Dunyoning ishlari qissasi haqida tòĝri ma’lumot 
berilgan javobni toping 
A)Yetti oĝayni yulduzlarning uchinchisi yetimcha 
yulduz sanaldi. 
B)Hakkush hikoyasida qoyalar novvot parchalariga 
òxshatiladi 
C)Adham mushukni tosh bilan uradi 
D)Ot tepkisini ot kòtaradi maqoli imon hikoyasida 
keltiriladi 
17.
[1,7 ball] 
Gapiradigan obihayot suvi qaysi asarda uchraydi 
A)Dunyoning ishlari 
B)Hellados 
C)Ruhlar isyoni 
D)Hayotga muhabbat 

Download 108.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling