Ona tili va adabiyot fanidan


Download 1.44 Mb.
bet126/208
Sana08.01.2022
Hajmi1.44 Mb.
#245507
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   208
Bog'liq
2020 metodika ona tili majmua

Tekshiruv–sinov bayoni. O`quvchilarni nutq malakalarini aniqlash, sinash maqsadida o`quv yilini har bir choragida bir-ikki marta tekshiruv-sinov bayonlari o`tkazilib turiladi. Buni uchun matn, albatta, o`quvchilarga tanish bo`lmagan, darsda tahlil qilinmagan asarlarning olinadi yoki “Bayonlar to`plami”dan olinadi.
Bunday bayonni o`tkazish uchun matn o`qituvchi tomonidan bir-ikki marta ifodali o`qib beriladi. Matn mazmuni yuzasidan o`quvchilarda savollar bo`lmasa, berilgan reja asosida bayon yozishga kirishiladi. Bayon yozib bo`lingach, mustaqil o`qib chiqish uchun 3-5 minutgacha imkoniyat beriladi. Shundan so`ng ish yig`ib olinadi. Tekshiruv – sinov bayoni o`qituvchi tomonidan adolatli tekshirilib baholanadi. Agar xatolari har tomonlama o`rganilmay, shoshma-shosharlikka yo`l qo`yilsa, baho yo oshirib yoki aksincha nihoyatda kamaytirilib qo`yilishiga sabab bo‘ladi. Xullas, har bir o`quvchi olgan bahosini asosli ekanligiga iqror bo`lishi zarur.

113


Bayon yozish tartibi. O`quvchilarga bayon yozishni o`rgatishda o`qituvchidan uni muntazam suratda o`tkazib borish va bu sohada ma’lum bir tartibga amal qilish, ya’ni o‘quvchilarning xususiyati va bo‘lim saviyasiga mos bo‘lishiga e’tibor berib, soddadan murakkabga erkin, to‘liq bayon etishdan matnga yaqinlashtirib bayon yozishga, matnga yaqinlashtirib bayon yozishdan qisqartirib bayon yozishga, qisqartirib bayon yozishdan ijodiy bayon, ijodiy bayondan insho yozishga o‘tiladi. Bunda og`zaki mashqlarni yozma ishdan oldin o`tkazib borishga ham e’tibor beriladi.

Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling