Ta’limiy insholar sinfda yoki uyda o`quvchi tomonidan yozilib, nazariy va amaliy bilimlarni mustahkamlash, ijodiy fikr yuritishga, uni to`g‘ri bayon qilishgaqa ratilgandir.
Sinov insholari o`quvchining insho yozish ko`nikma va malakalarini sinash
uchun ma’lum mavzular o`tib bo`lingach, chorak yoki yil oxirida, imtihon v
a olimpiadalarda olinadi.
Insholar mavzu va mazmuniga ko`ra esa uch turli bo`ladi:
adabiy mavzudagi insho 2)erkin mavzudagi insho 3)ilmiy mavzudagi insho
Adabiy insholar adabiyot darslarida o`tilgan ma`lumotlargao`quvchining
ijodiy munosabati( nuqtayi nazari) qo`shib ifodalanadigan insholarni o`z ichiga oladi. Erkin mavzudagi insho adabiyot fani dasturida mavjud bo`lmagan mavzuda yoziladi.Unda o`quvchining ma`lum bir mavzuga oid bilimlari, axloqiy, ijtimoiy-
siyosiy dunyoqarashi , fikr va mulohazalari aks etadi.
114
Ilmiy inshoda biror fanga tegishli mavzu ilmiy dalillar asosida yoritiladi.Unda ilmiy va ilmiy-ommabop manbalardan olingan materiallardan keng foydalaniladi.Ilmiy inshoda tasviriy vositalar deyarli qo`llanmaydi.
Insho yozish -murakkab aqliy mehnat jarayoni. U o`quvchidan o`z fikrlarini dalillar vositasida mantiqan izchil, obrazli, grammatik va uslubiy jihatdan to`g‘riba yon etishni talab qiladi. O`quvchini inshoga tayyorlash uchun til va adabiyot fanio`qit uvchisi tomonidan uzoq yillar maqsadga yo`naltirilgan tarzda mashg‘ulotlar tizimini tashkil etish talab qilinadi.
Og‘zaki va yozma nutq o`stirish usullarining barchasi kompleks qo`llanilgan-dagina adabiyotdan yoziladigan inshoning yuksak saviyada bo`lishiga erishish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |