Ona tili va adabiyot fanidan
Mavzuga doir materialni xotiraga jamlash
Download 1.44 Mb.
|
2020 metodika ona tili majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- Murakkab reja
Mavzuga doir materialni xotiraga jamlash
Bu bosqichda mavzu doirasidagi xotirada saqlangan barcha fikrlar va dalillar yo dga olinadi va tartiblashtiriladi. Yodga olingan materiallardan mavzuni yoritish uchu n eng ahamiyatli va zarur bo`lganlari saralab chiqiladi. Reja tuzish Xotiraga jamlangan va tartiblashtirilgan material asosida puxta reja tuzish in shoning mantiqiy va g‘oyaviy saviyasining yuqori bo`lishini ta’minlaydi. Insho mavzusining o`zi haqidagina mulohaza yuritib, fikrlarni ixcham va lo`nda holda qisqa bayon qilish rejalashtirilganda sodda reja tuziladi. Insho yozuvchi 115 mavzuning ichki g‘oyaviy yo`nalishidan kelib chiqibgina fikrlar oz sonli dalillarga tayanadi. Odatda, sodda reja 5-8 sinf larining insholariga xos bo`ladi. izhor qiladi va o`quvchi- Murakkab reja mavzu yuzasidan atroflicha bilimga ega bo`lgan, mavzuning bir necha qirralarini ko`ra bilgan, keng ko`lamda yorita oladigan kishi tomonidan tuzi ladi. «...Ki sen ham hur tug‘ilg‘onsen!» mavzusi yuzasidan sodda va mu-rakkab rejani ko`rib chiqaylik. Sodda reja: O`zbekiston – mustaqil davlat. Shu kunlarni orzu qilgandi Cho`lpon. Yashna, yuksal, ona diyorim! Murakkab reja: I. Kirish: Naqadar shirin so`z - hurlik, erkinlik! II. Asosiy qism: Bahorni kuylamoq - erkni kuylamoq. Cho`lpon ijodida xotin-qizlar ozodligi mavzusi. Cho`lpon - isyonkor shoir. III.Xulosa: Cho`lponning yangroq sozi jaranglayversin! Insho rejasi bandlari mavzuni ochish uchun xizmat qilmog‘i zarur. Kirish. Kirish insho mavzusini yoritishni boshlash oldidagi debocha hisoblan adi. Boshqacha qilib aytganda, asosiy mavzuga o`tish uchun ko`prik vazifasini o`taydi. Kirish insho yozuvchining bilimi va ixtiyoriga qarab turlicha bo`lishi m umkin: tarixiy; biografik; ommabop; chog‘ishtirma; favqulodda; s) lirik chekinishli va h.k. Muallif mavzuni yoritishga qay biri qulay kompozitsion uyg‘unlik va g‘oyav iy mutanosiblik tug‘diradi deb topsa, o`shanday kirish qilishi mumkin. Ba’zan insho yozuvchi aralash kirishdan yoki ma’lum tartibda bir necha xil kirishdan foydalanishi mumkin. Bu holda kirish qismining bandlari uchtagacha bo`lishi mumkin. Yuqoridagi mavzuga tatbiqan misol keltiradigan bo`lsak. O`zbek adabiyoti asrimiz boshida. She’riyat osmonida yorqin yulduz. Naqadar shirin so`z - hurlik, erkinlik. Kirish qismining 1-bandi tarixiy kirish, 2-bandi biografik kirish, 3-bandi chog‘ishtirma kirishga misol bo`la oladi. Download 1.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling