Ona tili va adabiyot fanidan


Loyihani amaliyotda qo`llash vositalari


Download 1.44 Mb.
bet137/208
Sana08.01.2022
Hajmi1.44 Mb.
#245507
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   208
Bog'liq
2020 metodika ona tili majmua

Loyihani amaliyotda qo`llash vositalari:
Turli adabiyotlar, imlo lugʻatlari, ikki chiziqli daftarlar, elektron doskalar, kompyuter, videoproektor, multimedia darsliklari, tarqatma materiallar, koʻrgazmali qurollar, prezentatsiyalar, interaktiv trenajerlar, plepchard va vatmon qogʻozlar.
Loyihaning asosiy tavsifi: Ish tajribamizdan bizga ma’lumki, o’qituvchi hamda oʻquvchilarning yozma savodxonligi kun sayin pasayib bormoqda. Bugungi kun talabi bilan aytadigan boʻlsak, ularni qaysidir yoʻllar bilan yozma savodxonligini
oshirish muammosi (2015-yilda Navoiy shahrida boʻlib oʻtgan “Oʻzbek tili” doimiy XIII anjumani “Ta’lim jarayonida yozma savodxonlikni oshirishning asosiy omillari”ga bagʻishlangan boʻlsa-da) haligacha dolzarb boʻlib qolmoqda. Bu xususda olib borilayotgan ishlar natijasiga koʻra, oʻquvchilarning axborot olish obektlari ortib ketganligini yaqqol sezish mumkin. Jumladan, bir vaqtlar oʻquvchi faqat kitobdan yoki oʻqituvchidan axborot olishar edi. Hozirda esa televideniya, radio, gazeta va jurnallar, kundalik hayotdagi manbalar, internet, telefon, turli xil kitoblar va fan oʻqituvchilaridan axborotlarni olishadi. Koʻrinib turibdiki, jadallashib borayotgan davr oʻquvchisi ma’lumotlar yoki axborotlarni olish yoʻllari koʻpayib ketdi. Shu boisdan ona tili fan oʻqituvchilari oldida bir masala koʻndalang boʻlib qoldi: bu – oʻquvchining yozma savodxonligi masalasi.
7 yoshidan boshlab oʻquvchi sifatida faoliyat olib boradigan bola ilk harflarni birin-ketin daftarga tushira boshlaydi. Bu uning hayotidagi yozma nutqning ilk koʻrinishi hisoblanib, uning yozma savodxonligiga oʻz ta’sirini, albatta koʻrsatadi. Bu esa yuqorigi sinflarda mustahkamlanadi. Oliy ta’limda esa yanada takomillashadi.

Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling