Reja: Yozma ish turlari
Download 115 Kb.
|
darsdan tashqari ishlar ona tili
Yozma ish turlari: diktant, bayon, inshoning o`ziga xos jixatlari Reja:
2. Yozma ish turi 3. Ona tili darsida O‘quvchi savodxonlikning oshirish 4. Ta’lim tizimida diktant turlarining ahamiyati. Kirish
O‘quvchi yozma savodxonligini oshirish maqsadida taqvim-mavzu ish rejasida ko‘rsatilgan muddatlarda insho, bayon hamda diktant kabi yozma ish turlarini muntazam o‘tkazib borish belgilangan.Yozma ish turi o‘quvchi bosqichma-bosqich o‘zlashtirgan imlo qoidalariga mos ravishda tanlanishi, o‘tilgan mavzular bo‘yicha o‘quvchi o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalarni mustahkamlashga qaratilmog‘i, o‘quvchilarning o‘rgangan bilimlarini qay darajada amalda qo‘llay olishini aniqlashga yo‘naltirilmog‘i kerak.Taqvim-mavzu ish rejasiga asosan yozma ish turlarini o‘z vaqtida o‘tkazish mumkin, ammo uning natijasi qanday bo‘lishiga ko‘ra tadbirlar ishlab chiqilmog‘i — bosh masala.Aslida, o‘quvchining savodxonlik darajasi saboq berayotgan o‘qituvchiga hali nazorat ishlari boshlanmasdan avval aniq bo‘ladi. Chunki ko‘pi bilan uch dars oralig‘ida o‘quvchi aylanma daftarlarini tekshirish sinchkov murabbiyga bu imkoniyatni beradi.Shu o‘rinda nafaqat til sohasidagi, balki uyga yozma vazifa beriladigan matematika darslarida ham aylanma daftarlarning muntazam tekshirilishi har bir o‘quvchi bilan individual ishlashning debochasi va bajarmaslik mumkin bo‘lmagan zaruriy tashxis ekanini aytib o‘tmoq joiz. Agar ushbu ishni nimagadir qiyoslash joiz bo‘lsa, o‘qituvchilik faoliyatining asosi, yuklamasining teng yarmi sifatida baholash o‘rinlidir. Aylanma daftarlarni tekshirish kundalik odatiy mashg‘ulot sifatida bir stavka dars egasidan har kunda kamida ikki, nazorat o‘tkazilgan kundan keyin nazorat turiga qarab uch-to‘rt, ba’zan besh-olti soat vaqt talab etadi. Aylanma daftarlar tekshuruvi o‘quvchi savodxonligini aniqlashdan tashqari, savod o‘rgatish borasida ham bemisl ahamiyatga ega. To‘g‘ri tekshirilgan so‘z, jumla yoki gap imlo me’yorlari borasidagi amaliy muloqot tarzida o‘quvchi esida oson qoladi va keyingi amaliyotda mayoq vazifasini o‘taydi. Sinfda va uyda bajarilgan matn yaratishga oid topshiriqlarni har bir o‘quvchi kesimida nuqta, verguligacha e’tibor bilan tekshirish o‘qituvchiga muayyan o‘quvchining yutuqlari va bo‘shliqlarini aniqlash, keyingi darslarda ularga munosabat bildirish imkonini yaratadi. O‘quvchilarning yozma savodxonligi DTS talablaridan past darajada bo‘lsa, o‘qituvchi taqvim-mavzu ish rejasiga qo‘shimchalar kiritishi yoki o‘quvchilar yozma savodxonligini oshirish maqsadida qo‘shimcha darslar tashkil qilishi samara beradi. Faqat bu darslar internetda “To‘garak ish rejasi” deya taqdim etilayotgan ona tilidan taqvim-mavzu ish rejasining chala nusxasi shaklida emas, balki o‘quvchilar real bilim, malaka, ko‘nikmalarining tashxisiga asoslangan, maqsadli belgilangan mavzularga oid saboqlar bo‘lmog‘i kerak. Aytaylik, savodxonlik asosida qisqa lug‘at, noto‘g‘ri diktant(“Ma’rifat” gazetasi, 2013-yil 12-oktabr)lar, o‘quvchilar uchun matn yaratishga oid uyga berilgan vazifalar yoki ijodiy yozma ishlarida yo‘l qo‘ygan uslubiy xatoliklarni bartaraf etish, punktuatsion va imlo qoidalarini bandlar bo‘yicha mavzulashtirib o‘rgatish (albatta, mashg‘ulotni ko‘p bilim yuklamasi bilan “boyitmaslik”, shundog‘am o‘z tengqurlaridan ortda qolayotgan o‘quvchini kompleks bilimlar bilan zada qilmasdan, unga zaruriy, esda qoladigan, ortda qolayotgan o‘quvchi ko‘taradigan bilimlarni singdirish va saboqdan keyinoq amaliyotda qo‘llashi mumkin bo‘lgan ko‘nikma va malakani shakllantirish)ga qaratilmog‘i lozim. O‘quvchi dasturda belgilangan DTS talablarini hamma vaqt ham risoladagiday uddalay olmasligi mumkin. Buning bosh sababi, o‘quvchilarning quyi sinflarda yoki oldingi mavzularda o‘rganishi kerak bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarida bo‘shliq yuzaga kelganidir. Bu bo‘shliq barcha uchun bir xil — standart bo‘lmaganidan bu masalaga har bir o‘qituvchi individual — ijodiy yondashishiga to‘g‘ri keladi. Odatda, yuqori sinf o‘qituvchilarining boshlang‘ichdan qabul qilib olgan o‘quvchilari karra jadvalini bilmasligi yoki o‘qish tezligi minimum talabga javob bermasligi haqidagi shikoyatlarini ko‘p eshitamiz. Bu sifatsiz saboq “meva”larini tengqurlari darajasiga yetkazish deyarli imkonsiz, chunki yuqori sinf o‘qituvchisining bunday o‘quvchi bilan karra jadvali yoki o‘qish tezligi borasida shug‘ullanishdan ham ko‘ra muhimroq muammolari yetarli bo‘ladi. Shu bois ham bugungi maktab bitiruvchilarining anchaginasi savodi “g‘ovlaganlar” safida bosh egib turadi. Bejiz qozoq xalqining ulug‘ oqini Abay: “Ishning omadi — o‘z vaqti”, demagan. O‘qituvchi real vaziyatdan kelib chiqqan holda nafaqat yozma ishlarni, balki sinf va uy ishlarini ham e’tibor bilan o‘rganib chiqmog‘i, har bir o‘quvchi yo‘l qo‘ygan xatolarni belgilab olmog‘i va ular asosida guruhlangan xatolar ro‘yxatini tuzmog‘i, umumiy xato va kamchiliklarni frontal ko‘rinishda, xususiy xato va nuqsonlarni individual ishlab chiqishi talab etiladi. Aytaylik, undalma va kirish so‘zlar mavzusi o‘tilgan darsdan keyin undalma va kirish so‘zlar ishtirok etgan matn tanlanishi va ushbu matn bo‘yicha diktant olinishi mumkin. Avvalambor, dars o‘tish jarayonida undalma va kirish so‘zlar mavzusi puxta o‘rgatilishi, undalmalarda undash faqat shaxslarga emas, balki narsa-hodisalarga nisbatan ham qaratilishi mumkinligini; kirish so‘zlarning barcha ifodalagan modal ma’nolari, ularning sof va vazifadoshligini darslik hamda qo‘shimcha misollar orqali fahmlashga — ongli idrok etishga rag‘batlantirish zarur. Bugun, shubhasiz, yomg‘ir yog‘adi. Bugun yomg‘ir yog‘ishi shubhasiz gaplarida kirish so‘zning vazifadosh va mustaqil so‘z sifatidagi ko‘rinishlari keltirilgan. Ushbu gaplar tarkibidagi qaysi bir shubhasiz so‘zi kirish so‘z, qaysi biri mustaqil so‘z ekanligiga o‘quvchining fahmi yetmas ekan, u bu so‘zlarning imlosida xatoliklarga yo‘l qo‘yishi muqarrar. Demak, o‘quvchining yozma savodxonligiga tamal toshi yozma ishlar yozish jarayonida emas, balki imlo qoidalariga oid mavzularni o‘rgatish jarayonida qo‘yiladi. Yozma ish bir necha bosqichni qamrab oladi. Shunga ko‘ra diktant, bayon, insho kabi yozma ishlardan har birining bir qancha turi mavjudki, ulardan maqsadli foydalanishgina ko‘zlangan samarani beradi. Diktant nisbatan mo‘tadil yozma ish turi sanaladi. Uni a’lo bahoga yozish unchalik qiyinchilik tug‘dirmaydi. Yozma ishning bu turida o‘quvchining erkin fikrlashiga zarurat sezilmaydi, chunki tayyor matn aytib turiladi va o‘quvchi yozaveradi. Shu o‘rinda hatto diktovka (o‘qib yozdirish) talablarini barcha o‘qituvchilar ham bilmasligi haqida aytmoqchimiz. Diktovka jarayonida yuqori sinf o‘quvchilariga bo‘g‘inlab, quyi sinf o‘quvchilariga so‘z yoki jumla ta’kidlab o‘qilayotgan, noto‘g‘ri talaffuz qilinayotgan, noto‘g‘ri to‘xtam holatlariga duch kelyapmiz. Ba’zan o‘quvchining faqat o‘z o‘qituvchisi diktovkasiga ko‘nikma hosil qilganini ko‘ramiz. Bilimlar bellashuvlarida notanish o‘qituvchining diktovkasi o‘quvchilarni esankiratib qo‘ygan holatlar kuzatilmoqda. Download 115 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling