Reja: Yozma ish turlari
Download 115 Kb.
|
darsdan tashqari ishlar ona tili
Diktant va uni o’tkazish
Ta’lim tizimida diktantlarni xizmati benohoya kattadir. Diktantlarni maktablarda o’quvchilarga imlo va punktuatsiya o’qitishdagi katta xizmati shundaki, diktant yozish jarayonida yozuv orqali o’quvchilarni aqliy faoliyati rivojlanadi. O’quvchi o’qituvchi aytib turgan jumlalarni yoki so’zlarni yozadimi, yoki fikrini erkin yozadimi, baribir u ongli ravishda og’zaki nutqni yozma shaklga ko’chiradi. Dastlab, so’zlovchini nutqini tinglovchi mazmun jihatdan idrok qiladi. So’zlovchidan nutqini yozuvga ko’chirish jarayoni boshlanganda esa, o’quvchi gapdagi so’zlarni tovush tarkibi va gaplarni ohangiga e’tibor beradi, tovush va harflarni o’zaro qiyoslaydim ohangni ma’lum tinish belgilari bilan ko’rsatishga harakat qiladi. O’quvchi diktant yozishda doimo o’zini ichki nutqiga asoslanadi. Yozish jarayonida o’quvchini nutq organlari so’z uzvlarini bilinear-bilinmas talaffuz qilgan holda harflarga ko’chira boshlaydi. Ma’lum harflar tushirib qoldirilgan so’zlarni to’g’ri yozish talab qilingan mashqlarda ham o’quvchi so’zni avval to’lig;icha ichida talaffuz qiladi va tushirib qoldirilgan tovushga muvofiq keladigan harfni topadi. Shuni uchun ham o’quvchi tovush va harf munosabatini yaxshi bilishi kerak. Tovush o’ziga muvofiq keladigan harfiy ifodasiga ega bo’lganda, o’quvchi bunday tovushlarni harflarga aylantirishda qiyinchilik sezmaydi. Lekin ayrim hollarda, xususan, kuchsiz holatga kelganda, tovushlar o’zlarini to’liq talaffuziga ega bo’lmaydi. Ana shunday paytlarda o’quvchi orfogrammani yozishda qiynalib qoladi. Masalan, obot talaffuz qilinsa ham, obod yoziladi. Bunday holatlarni sababini o’quvchiga tushuntirish kerak. Shunday qilib, o’quvchi diktant yozishda so’zlarni tovushlarga ajratish va tovushni harflarga solishtirish ko’nikmasiga ega bo’ladi. Eng muhimi, tovush va harflarni bir-biriga muvofiq keladigan va muvofiq kelmaydigan holatlat borligini ajratib oladi. Muvofiq kelmaydigan holatlarni sababini bilib oladi. O’quvchilarni to’g’ri yozish ko’nikmalarini shakllantirishda xilma-xil diktant turlaridan foydalaniladi. Garchi diktantlarni barchasi ta’limiy xususiyatga ega bo’lsa ham lekin ma’lum bir mavzu o’tilgandan so’ng, shu mavzuni o’quvchi qanchalik o’zlashtirganini sinamoq uchun alohida diktant turi o’tkaziladi, bunday diktant ta’limiy diktant nomi bilan yuritiladi. Ba’zi adabiyotlarda diktantlar dastlab ikki guruhga bo’linadi: ta’limiy va nazorat diktantlar. Ta’limiy va nazorat diktant esa, o’z navbatida ijodiy diktant, lug’at diktant, saylanma diktant, ta’kidiy diktant kabi turlarga ajratiladi. Anglashiladiki, nazorat diktantdan boshqa barcha diktant turlari ta’limiy diktant hisoblanadi. Download 115 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling