Reja: Yozma ish turlari
Download 115 Kb.
|
darsdan tashqari ishlar ona tili
- Bu sahifa navigatsiya:
- Saylanma diktant
Ijodiy diktant
Ijodiy diktant o’quvchilar nutqini o’stirishda, orforrafik ko’nikmalarini shakllantirishda, katta ahamiyatga ega. Ijodiy diktantni bir qancha turlari mavjud. Maktabda eng keng qo’llanilayotgan va katta ijobiy natija berayotgan quyidagi ijodiy diktant turlariga ajratish mumkin: 1. O’quvchilarga o’rgatilgan orfogrammalar tavsiya qilinadi va ularning shu orfogrammalar ishtirok etgan gap tuzish talab etiladi. O’quvchilar tavsiya etilgan orfogrammalar yordamida tuzgan gaplarini o’qib beradilar. Orfogrammalar tagiga chizadilar va orfogrammani nima uchun shunday yozilayotganligini aytib beradilar. O’qituvchi o’quvchilar tuzgan gaplarni eng yaxshilarini ta’kidlagani holda, boshqa o’quvchilariga ham bu gaplarni yozishni tavsiya etadi. 2. Ma’lumki, gap tarkibidagi so’zlarga bog’lanib kelishi mumkin bo’lgan so’zlarni qo’shib gaplarni kengaytirish talab etiladi. Masalan, polizlarda qovunlar pishib yotibdi gapida qovunlar so’zini ostiga chizilib, shu so’zni belgisini bildiruvchi so’zni qo’shish talab etiladi. O’quvchilar shirin, shaker, katta-katta kabi so’zlarni qo’shib gap tuzilishini kengaytiradilar. Bu bilan o’quvchilarni nutqi o’stiriladi va orfpgrafik ko’nikmasi shakllantiriladi. Ijodiy diktantda so’zlar soni odatdagi me’yordan kamroqdir, chunki o’quvchilar o’zlari ijod qilib, matnni to’ldiradilar. Ijodiy diktantni baholashda o’qituvchi faqat diktantni imlosigagina e’tibor bermay, balki diktantni qanday ijod qilganliklari ham ahamiyat berishi kerak. Saylanma diktant Saylanma diktantlarda o’quvchi gapni to’liq yozmaydi, balki gap tarkibidagi ayrim orfpgrammalarni yozadi. Bu esa qisqa vaqt ichida ma’lum qoida asosida yozilishi lozim bo’lgan bir qancha so’zlarni imlosini o’rganishga yordam beradi. Saylanma diktant o’quvcilarda onglilik va mustaqillikni kuchaytiradi. Masalan, sifat so’z turkumi o’tib bo’lingandan so’ng o’qituvchi gapni to’la o’qiydi, o’quvchilar esa shu gapdan faqat sifat turkumiga oid so’zlarni daftarlariga yozadilar, ya’ni saylab oladilar. Saylanma diktantni baholashda o’qituvchi uni imlosigagina e’tibor bermay, to’g’ri saylab olishiga (tanlab) ham ahamiyat berishi darkor. Diktant tugagach, o’quvchilar nechta so’z yozganliklarini tekshiradilar. Download 115 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling