Dizartriya tashxisiga EGA bolalarga korreksion yordam berish texnologiyalari


Download 0.83 Mb.
bet1/8
Sana18.06.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1586600
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
дизартрия




O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI VAZIRLIGI
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARI DIREKTOR VA MUTAXASSISLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI
DIZARTRIYA TASHXISIGA EGA BOLALARGA KORREKSION YORDAM BERISH TEXNOLOGIYALARI

( Metodik tavsiyаnoma)



Toshkent - 2023


ANNOTATSIYA

Ushbu malakaviy loyiha ishimizda maktabgacha yoshdagi dizartriya nutq nuqsoniga ega bo’lgan bolalarda uchraydigan tovushlar talaffuzidagi kamchiliklar haqida yoritilgan.


Bu malaka loyiha ishimizning maqsadi:

  • Maktabgacha yoshdagi dizartrik bolalarda tovushlar talafuzidagi buzilishlarni o’rganish hamda ularni oldini olishga qaratilgan masalalarrni yoritishdan iboratdir.

Malaka loyiha ishida maktabgacha yoshdagi dizartriya nutq nuqsoniga ega bo’lgan bolalarda uchraydigan tovushlar talaffuzidagi kamchiliklarni bartaraf etish, tovushni nutqqa qo‘yish uchun ishningg yakunida xulosa va korreksion ishlar bo‘yicha takliflar berildi.


Mualliflar :
I.Sh. Nasrullaeva Toshkent shahar Uchtepa tumani 404-sonli DKTIMTT defektolog
K. O. Axmedova Toshkent shahar Uchtepa tumani 388-sonli DMTT logoped
D. S. Qodirova Toshkent shahar Olmazor tumani 130 -sonli DMTT logoped

MUNDARIJA
Kirish..............................................................................................4

Nutq buzilishini yuzaga keltiruvchi sabablari, belgilari...............................5


Dizartriya nutq nuqsoni haqida tushuncha...................................................8


Dizartriya tashxisi bo’yicha korreksion - pedagogik ishlar tizimi...............15

Xulosa...................................................................................................33


Foydalanilgan adabiyotlar....................................................................34




KIRISH

O‘zbekiston Respublikasi “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi qonunchilik palatasi tomonidan 2019 yil 22-oktyabrda qabul qilingan , senat tomonidan 2019 yil 14 dekabrda ma’qullangan qonunning 33- moddasida aytib o‘tilganidek, Maktabgacha ta’lim–tarbiya bolalarga ta’lim va tarbiya berishga, ularni intellektual,ma’naviy, ahloqiy, yetuk, estetik va jismoniy jihatdan rivojlanishiga shuningdek, bolallarni umumiy o‘rta ta’limga tayyorlashga qaratilgan uzluksiz ta’lim turidir. Buning natijasida hozirgi kunda maktabgacha yoshdagi bolalarga katta ahamiyat qaratilmoqda. Insoniyat rivojlanishining eng muhim omillaridan biri nutqdir. Nutq vositasida kishilar bir-biri bilan o‘zaro aloqa bog‘laydi, o‘z fikrini izhor qiladi. Biroq nutq kamchiliklari bu jarayonga to‘sqinlik qiladi va, pirovard natijada, shaxsning umumiy rivojlanishiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun nutq kamchiliklarini aniqlash, o’rganish, bartaraf etish va oldini olish maxsus pedagogikaning barcha sohalari uchun dolzarbdir, chunki rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan har bir bolada nutq nuqsoni ham uchraydi. Nutq buzilishlari o‘z-o‘zidan bartaraf etilmaydi. Bu uzoq davom etadigan korreksion-logopedik va tarbiyaviy rivojlantiruvchi ishlarni talab qiladi. Nutq kamchiliklariga ega bo‘lgan bolalarga korreksion-logopedik ta’sir ko‘rsatish ishini to‘g‘ri tashkil qilish uchun, nutq faoliyatidagi buzilishlarning sabab va mexanizmlarini, nutq buzilishlarining rivojlanishi va ularni bartaraf etish qonuniyatlarini, shuningdek nutq organlarining normada va patologiyada rivojlanish holatini chuqur bilish talab etiladi. Nutqdagi nuqsonni aniqlash uchun bolaning me’yorda nutqini rivojlanish ketma-ketligini aniq tasavvur etish, ushbu qonuniyatning jarayoni hamda sharoitini bilish zarur. Bolalarning nutqiy rivojlanish qonuniyatlarini bilish ularda u yoki bu kamchiliklarni vaqtida aniqlashga, nutqidagi nuqsonlarini to‘g‘ri tashxis etilishiga xamda nutqiy nuqsonlarni bartaraf etish bo‘yicha korreksion-tarbiyaviy ishlarni to‘g‘ri amalga oshirishga yordam beradi. Bola nutqining tovush talaffuzidagi kamchiliklari dastlab maktabgacha muassasada, so‘ngra maktabda bir qancha nohushliklar keltiradi. Bola o‘z nutqidan uyala boshlaydi, bayramlarda qatnashish, she’r aytishdan bosh tortadi, o‘rtoqlari bilan muloqot qilishdan o‘zini chetga oladi. Bunday vaziyatda bola kattalarni yordamiga muhtoj bo‘ladi. Ayrim holatlarda maxsus logopedik ish (yordam) talab etiladi. Ba’zida logoped maslahatidan so‘ng tarbiyachi, o‘qituvchi yoki ota-onaning shug‘ullanishi yetarli bo‘ladi. Bu tovushning talaffuzdagi nuqsonini darajasi hamda bolaning shaxsiy xususiyatiga bog‘liq.



Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling