Dizartriya tashxisiga EGA bolalarga korreksion yordam berish texnologiyalari


Tovushlar talaffuzidagi kamchiliklar quyidagi harakterda nomoyon bo‘ladi


Download 0.83 Mb.
bet7/8
Sana18.06.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1586600
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
дизартрия

Tovushlar talaffuzidagi kamchiliklar quyidagi harakterda nomoyon bo‘ladi:

  • tovushlarni artikulyasion jihatdan oddiy, qiyin bo‘lmagan tovushlarga almashtirish. Masalan: “s” va “sh” tovushi “f” tovushga almashtiriladi;

  • nutqning turli shakllarida tovushlarni beqaror (turg‘unmasligi) qo‘llash;

  • bitta va bir nechta tovushlarni noto‘g‘ri talqin etish.

Bunday bolalarda fonematik eshituv rivojlanmagan bo‘ladi. Bunday rivojlanmaganlik esa bolalarda tovush analiz malakalarini shakllantirishga xalaqit beradi.
Bolalar quyidagilarda qiyinchiliklarga duch keladilar:

  • so‘zlarda bir unli yoki undoshni ajrata olmaslik (bir bo‘g‘inni yoki so‘zni o‘zini aytadi);

  • berilgan tovushga kerakli rasimlarni tanlashda qiynaladilar. Buning uchun bolaga masalan “r” tovushi ishtirok etgan rasimlarni tanlash berilsa bolaga “r” tovushi ishtirok etgan: raketa, randa, arra, motor;

Bolalarda fonetik-fonematik nutqning rivojlanmasligini o‘z vaqtida individual mashg‘ulotlarda bartaraf etish uchun mahsus ta’lim muassasalarida tashkil etilgan maxsus korreksion ishlarni o‘tkazish, bolalarda faqatgina kamchiliklarni bartaraf etibgina qolmay, balki ularni maktabga har tomonlama tayyorlaydi. Bolalarda tovushlar talaffuzidagi kamchiliklarni tug‘rilash tovushlarni to‘g‘ri yulga ko‘yish va ularni gayri ixtiyoriy ravishda to‘g‘ri aytadigan bo‘lish va ayni vaktda fonematik idrokni xam rivojlantirishdan iboratdir. Chunki fonemalarni tenlik idrok etmay, ularni anik fark kilmay turib ularni to‘g‘ri talaffuz qilish xam mumkin emas.
Fonematik idrokni rivojlantirish individual logopedik ishning dast- labki davrlaridanok olib boriladi va frontal, yakka tartib da xamda gurux mashgulotlarida uyin formasida utkaziladi.
Bu ish avval nutksiz tovush materiallaridan boshlanadi va sekin asta nutkdagi xamma tovushlarni uz ichiga oladi.
Birinchi mashgulotlardanok fonematik idrokni rivojlantirish bilan parallel ravishda eshitish diqqati va eshitish xotiralari ustida ish olib boriladi. By esa fonematik idrokni rivojlantirishda eng samarali va jadallashtirilgan natijalarga erishishga imkon beradi. Bu juda muximdir, chunki atrofdagilar nutkini eshita bilmaslik tovushlarni tug- ri talaffuz eta olmaslik sabablaridan biridir.
Logopedik mashgulotlar jarayonida bola uz talaffuzini nazorat kila olishi va uz nutkini atrofdagilar nutkiga takkoslash asosida talaffuzidagi kamchiliklarni tug‘rilay olish malakasiga ega bulishi kerak.
Fonetik-fonematik bolalar nutqining mazmunli tomoni buzilishi uzoq muddatli va uzluksiz tuzatish ishlari olib borishni talab etadi.Bu nuqson maxsus o‘qitishsiz tugatilmaydi. Tarbiyachi motor alaliyasi bilan xastalangan bolalarni logoped huzuriga konsultasiyaga yuborishi kerak.Bu esa ularni keyinchalik maxsus bolalar bog‘chasiga joylashish xususida maslahat berishi mumkin.
Nutq nuqsonlarini tadqiq qilishda nutq rivojlanishini o‘rganishga izchil yondoshish qoidalari qo‘llaniladi
Bu ishlarda bolalarning nutq talaffuzini, lug‘ati tarkibini, gaplarning grammatik tuzilishini, ravon gapirishni o‘rganishlari va egallab olishlari, nutqni tuzatish jarayonida bolalar rus tilining ma’naviy va talaffuz tomonlarini bilib olishlarinig o‘ziga xoslik tafsilotlari keltiriladi.
Biz fonetik-fonematik kamchiligi bor bolalarini tarbiyalash va o‘qitishga doir tajriba materialini ishlab chiqdik.Nutq nuqsonini bartaraf etish asosida logopedik ish maqsadi- bolalarda o‘rtacha balandlikda ovoz chiqarib to‘g‘ri va ravon so‘zlash malakasini oshirish hamda ularning o‘z ona tillaridagi tovushlarni, so‘z boyliklari va nutqlarining rivojlanish darajasi yoshlariga monand bo‘lishi ko‘zda tutiladi.
Biz nutqni tuzatish- tarbiyalash ishlarinir boshlaganda ularning til omillarini, ruhiy faoliyatlarini e’tiborga olib-bolalarni o‘qitishni ularda diqqat,xotira, o‘zlarini tuta bilish ko‘nikmalarini tarbiyalash bilan uzviy bog‘lashni nazarda tutdik.
Logoped o‘z navbatda bola uchun yaxshi muxit yaratish, ruhiy faoliyatlarini hisobga olib, yakka –tartibda yondoshildi. Bolaning nafaqat nutq rivojlanmaganligini hisobga olmasdan balki xarakteri, qiziqishlariga ham diqqatni qaratish lozim. Nutq sensor va umumiy motorika bilan birgalikda kompleks ravishda rivojlanadi.
Mayda qo‘l motorikagani rivojlantirishga diqqatni qaratiladi:bolalarga bo‘yashni, ipni bog‘lashni, mozaikadan har xil shakllar yasashni va boshqalar o‘rgatiladi.Bolalarning xarakati orqada qolsa ,nutq rivojlanishi ham orqada qoladi. Olib borilgan qo‘l mashqlari natijasida, nutq shakllanadi.
Mashg‘ulotlarning quydagi turlari mavjud.

  • ravon nutqini shakllantirishga doir mashg‘ulotlar;

  • talaffuzni shakllantirishga doir mashg‘ulotlar ko‘zda tutiladi.

Logoped bolalarning nutqiy nuqsonlarini tuzatishda frontal mashg‘ulotlar, kichik guruhlarga oid va yakka tartibdagi mashg‘ulotlardan foydalaniladi; bu mashg‘ulotlarning asosiy vazifasi- nutqni rivojlantirish, umumiy xulq-atvori va nutqiy nuqsonlarini bartaraf qilishdan iborat. Logopedning individual mashg‘ulotlari nutqiy nuqsonlarni bartaraf etishga doir ta’limning asosiy shakli hisoblanadi.
Logopedik ishi frontal va individual mashg‘ulotlarda olib borildi.
“R” tovushini hosil bo‘lishi kuyidagi usullardan foydalandi.
a) lablar sal ochiq, harakatsiz bo‘ladi; b) tishlar bir-biriga yaqinlashib, ammo tegmaydi; v) til uchi alveolalarga ko‘tariladi va titraydi; g) yumshoq tanglay ko‘tarilgan va tomoqning orqa devoriga siqilgan bo‘lib, burun yo‘llarini yopib qo‘yadi, xavo oqimi esa og‘iz orqali o‘tadi; d) til uchi tebranib tovush hosil bo‘ladi. Sonor tovushlarni ko‘yish amalga oshgandan so‘ng xosil bo‘lgan yangi tovushni musaxkamlash davri boshlanadi.
Logoped fonetik-fonematik nutq kamchiligiga ega bo‘lgan bolalarda sonor tovushlarni mustaxkamlash davrida tovushni (“r”) tovushi misolida taxlil kilamiz. Sonor tovushlarni yuqorida aytilgandek bo‘g‘inlarda, so‘zlarda, gaplarda va kichik folqlor asarlarida mustaxkamlanadi.
Tovushlarni normal talaffuziga yakinlashtirish darajasi artikulyasion apparatning jarohatlanish darajasi bilan aniqlanadi. Har bir yangi tovush ustida ishlashda, uning artikulyasion xususiyatlarini o‘rganish zarurdir, ya’ni artikulyasiyaning asosiy xarakterli belgilari, uning boshqa tovushlardan farqli tomoni, artikulyasiyani boshqalari bilan solishtirish.
Muntazam mashqlar olib borilishi tovushni kerakli artikulyasion tartibga yaqinlashtiradi va to‘liq tovush talaffuziga o‘tiladi. Logoped sekin-asta o‘rganilayotgan tovushni aniq va turli talaffuz etishni talab etib boradi.
Artikulyasion motorika va tovushlarni nutqga qo‘yish ustida ishlashdan tashqari, fonematik eshituvni rivojlantirish uchun xam muntazam ravishda ish olib boriladi. Bunda bolalar unli tovushlar qatoridan kerakli unli tovushlarni, undosh tovushlar qatoridan undosh tovushlarni ajratishga va analiz qilishga o‘rganadilar. Bolalar o‘rganadigan tovushlarni turli bo‘g‘inlar birikmalarida qaytarishga, bo‘g‘in va so‘z hosil qilgan tovushlarni aytish, ularning ketma-ketligini aniqlashga o‘rganib boriladi.
Talaffuz mashg‘ulotlarida artikulyasion apparat a’zolarini rivojlan-tirishga qaratilgan ishlar frontal tarzda olib boriladi. Foydalaniladigan mashqlar bolalarning individual rivojlanishlarini nutqiy holatlarini hisobga olgan holda tanlab olinadi. Bundan tashqari mashg‘ulotlarda nafas mashqlari ham olib boriladi. Mashg‘ulotlarning asosiy qismi o‘rganilgan tovushni aloxida va bo‘g‘inlar birikmasida talaffuz etishga, mustahkamlashga ajratiladi. Logoped o‘tilganlarni bola qanday o‘zlashtirganligini doimo tekshirib bormog‘i lozim. Buning uchun boladan u yoki bu tovush uchun xarakterli bo‘lgan artikulyasiya a’zolari holatini aytib berish yoki ko‘rsatib berish taklif etiladi, so‘ng tovushni alohida va so‘zlarda talaffuz etish so‘raladi. Tovushlar ustida olib borilayotgan mashqlar ko‘ruv va taktil idrok etish ostida nazorat qilib boriladi.
Bu davrda yana artikulyasion belgilar bo‘yicha bir-biriga qarama-qarshi qo‘yilgan tovushlar differensiyasi ustida mashqlar o‘tkaziladi.
1) og‘iz va burin tovushlar differensiasiyasi (p-m);
2) burunli tovushlar guruhi o‘rtasida tovushlar differensiasiyasi (m va n);
3) portlovchi tovushlar guruxida tovushlar differensiasiyasi (k-x)
4) unli tovushlar differensiasiyasi (a, u, o, u)
5) portlovchi va qorshiq tovushlar differensiasiyasi (t-s)
Bu mashqlar jarayonida boshqa tovushlarning o‘zlashtirish uchun asos yaratiladi.
Endigi davrda artikulyasion jihatdan talaffuz qilish qiyin bo‘lgan tovushlar ustida ish olib boriladi. Bu jarangli shovqinli undoshlar, qor-shiq va «r» tovushidir. Bu davrda ishni muvaffaqiyatli olib borilishida fonematik eshituvni yetarli rivojlantirilganligi, tovushlar analiz malakasining birmuncha shakllanganligi asosiy rol o‘ynaydi. Bolalar bu davrga kelib tovushlarni yaxshi ajrata oladilar. Bolalar nutq faolligi, tovushlar analiz malakasi sezilarli darajada oshadi.
«R», «Sh», «J» tovushlarni bolalar aniq, yaxshi talaffuz qilishda qiynaladilar. Lekin ularni farqlashda qiyinchiliklar kam kuzatiladi. Bu davrda xam tovushlar differensiasiyasi ustida ishlashga maxsus vaqt ajratiladi. Bu vaqtda s-z, sh-j tovushlar differensiasiyasi ustida ish olib boriladi. Bunda bolalar tovushlarni bir biridan xatosiz ajratishga o‘rganganliklariga logoped ishonch hosil qilgach, tovushlarni burin va so‘zdagi o‘rinlarini aniqlashga qaratilgan mashqlarga o‘tadi. Tovushlarni to‘g‘ri ta-laffuzi, fonematik eshituvni rivojlantirish, tovushlar analiz malakasini shakllantirish ustida olib borilgan muvaffaqiyatli ishlar, dizartrik bolalarning yozuvni o‘zlashtirishlari uchun asos bo‘ladi.
Endigi davrda artikulyatsion jihatdan talaffuz qilish qiyin bo’lgan tovushlar ustida ish olib boriladi. Bu jarangli shovqinli undoshlar, qorishiq va «r» tovushidir. Bu davrda ishning muvaffaqiyatli olib borilishida fonematik eshituvning yetarli rivojlantirilganligi, tovushlar analiz malakasining birmuncha shakllanganligi asosiy rol o’ynaydi. Bolalar bu davrga kelib tovushlarni yaxshi ajrata oladilar. Bolalar nutq faolligi, tovushlar analiz malakasi sezilarli darajada oshadi.
«R», «SH», «J» tovushlarni bolalar aniq, yaxshi talaffuz qilishda qiynaladilar. Lekin ularni farqlashda qiyinchiliklar kam kuzatiladi. Bu davrda ham tovushlar differensiatsiyasi ustida ishlashga maxsus vaqt ajratiladi. Bu vaqtda s-z, sh-j tovushlar differensiatsiyasi ustida ish olib boriladi. Bunda bolalar tovushlarni bir-biridan xatosiz ajratishga o’rganganliklariga logoped ishonch hosil qilgach, tovushlarni burun va so’zdagi o’rinlarini aniqlashga qaratilgan mashqlarga o’tadi. Tovushlarni to’g’ri talaffuzi, fonematik eshituvni rivojlantirish, tovushlar analiz malakasini shakllantirish ustida olib borilgan muvaffaqiyatli ishlar, dizartrik bolalarning yozuvni o’zlashtirishlari uchun asos bo’ladi.
Tovushning yo'qligi yoki yaqin bo'g'inlar bilan almashtirilishi kabi buzilishning shakli mos keladigan fonemalarning aralashishi uchun sharoit yaratadi va savodxonlikni egallashda qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi.
Yaqin tovushlarni aralashtirishda bola artikulyatsiyani rivojlantiradi, lekin fonema hosil qilish jarayoni hali tugallanmagan. Bunday hollarda bir nechta fonetik guruhlardan yaqin tovushlarni farqlash qiyin bo'ladi va tegishli harflar aralashtiriladi.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, bolalarda nutq kamchiliklarini barvaqt aniqlash, ularni maxsus ta'limga jalb etish,har tomonlama rivojlantirish, insonparvarlik, fidoyilik ruhida tarbiyalash, o’qitish, kasbga yo’naltirish, sog’lomlashtirish, hayotga tayyorlash va normal rivojlangan insonlar jamiyatiga moslashtirish amaliy logopediyaning vazifalariga kiradi. Mazkur mavzu bo’yicha o’rganilgan adabiyotlar, tahlil natijalariga ko’ra quyidagi xulosalarni keltirishimiz mumkin:



  • Dizartriya nutq kamchiligi bo’lgan bolalarga psixologik yordam berish ta’lim tizimini isloh qilish sharoitida maxsus tuzatish harakatlarining kompleks tizimining muhim tarkibiy qismidir.Nutqida nuqsoni bo’lgan bolalarga psixologik yordamning ijtimoiy ahamiyati va bunday yordam tizimini tashkil etishning ilmiy asoslangan mexanizmining yo’qligi ushbu muammoni fanning mustaqil fan sohasi – logopsixologiya doirasida ishlab chiqishning zarurligini aniqladi.

  • Nazariy va uslubiy yordamning yaxlitligini ta’minlaydigan gorizantal aloqalar asosida uning tarkibiy qismlarini ko’p bosqichli psixologik yordam tizimining konseptual tizimi ishlab chiqilishi asosiy o’rinni egallashi aniqlandi.

  • Ota-onalar o’z bolalarida nutq kamchiligi yoki duduqlanish holatlarini bilgan zahoti logoped va pedagog psixologlar murojat qilishlari kerakligi hamda bolaning bu holati haqida uning o’ziga ko’p ham bildirishlari ijobiy holatlarga olib kelmasligi ko’rinib turibdi. Demak, bola nutqidagi kamchiliklarni bartaraf etishda ota –onaning ham roli kattadir.

  • Dizartriya nutq nuqsoni bo’lgan bolalarga korreksion logopedik yordam ko’rsatish tizimining samarali amalga oshirishning asosiy sartlari: pedagog, ota-ona va albatta logopedning ko’p qirrali tasbiy ta’siri hisoblanadi.



Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling