Dizartriya tashxisiga EGA bolalarga korreksion yordam berish texnologiyalari
Download 0.83 Mb.
|
дизартрия
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mayda qo‘l motorikasi.
- Artikulyatsion apparat xususiyatlari.
- Tovushlar talaffuzi.
Umumiy motorika. Dizartriyaning yengil shakliga ega bo‘lgan bolalarda motor jihatdan harakatlari chegaralangan funksional bosimlarda muskullar tez charchaydi. Bir oyoqda tura olmaydi, bir oyoqda sakray olmaydi, “Ko‘prikdan” o‘ta olmaydi va hokazo. Harakatlarga yomon taqlid qiladi: askarni yurishi, qush qanday uchadi, nonni qanday kesadi va hokazo. Motor etishmovchilik ayniqsa jismoniy tarbiya va musiqa mashg‘ulotlarida yaqqol ko‘rinadi, bolalar harakat tempi, ritmidan orqada qoladi, shuningdek bir harakatdan ikkinchisiga o‘tishda ham.
Mayda qo‘l motorikasi. Dizartriyaning yengil shakliga ega bolalar kech va qiyinchilik bilan o‘z-o‘ziga xizmat ko‘nikmalarini egallaydi: ular tugmachalarini qaday olmaydi, sharflarini bog‘lay olmaydi va hokazo. Rasm mashg‘ulotlarida qalamni yomon ushlaydi, qo‘llar bosim ostida bo‘ladi. Ko‘pchiligi rasm chizishni yomon ko‘radi. Qo‘lning motor qo‘polligi ayniqsa applikatsiya va plastelin bilan ishlash mashg‘ulotlarida yaqqol ko‘rinadi. Aplikatsiya ishida yana elementlarni fazoviy joylashtirishdagi qiyinchiliklar ham kuzatiladi. Artikulyatsion apparat xususiyatlari. Dizartriyaning yengil shakliga ega bo‘lgan bolalar artikulyatsion apparatida patalogik xususiyatlar aniqlanadi. Artikulyatsiya organlari muskullarining falajlanganligi quyidagilarda ko‘rinadi: yuz gipolenlik, yuz muskullari paypaslanganda bo‘sh; ko‘pchilik bolalar og‘zini yopiq holatda ushlab turolmaydi, shuningdek pastki jag‘ chaynov muskullarining bo‘shligiga ko‘ra ko‘tarilgan holatda tura olmaydi; lablar bo‘sh chetlari osilgan; nutq paytida lablar bo‘shligicha qoladi va lablangan tovushlarni talaffuzi buzilgan, bu nutqning prosodik tomonini buzadi. Til falajlik simptomlarida til ingichka, og‘iz bo‘shlig‘idan chiqib turadi, bo‘sh, til uchi passiv. Funksional bosimlarda (artikulyatsion mashqlarda) muskullar zaifligi ortadi. Tovushlar talaffuzi. Bola bilan birinchi tanishganda undagi tovushlar talaffuzi murakkab dislaliya yoki oddiy dislaliya sifatida baholanadi. Tovushlar talaffuzi tekshirilganda: tovushlarni almashtirilishi, buzilishi, qorishtirilishi va tovushlarni yo‘qligi, shuningdek dislaliyadagidek kamchiliklar kuzatiladi. Ammo dislaliyadan farqli dizartriyaning yengil shaklida nutq prosodik tomondan ham buzilgan bo‘ladi. Tovushlar talaffuzi va prosodikaning buzilganligi nutqning aniqligiga, tushunarliligiga va ifodaliligiga ta’sir qiladi. Ba’zi bolalar poliklinikaga logoped bilan mashg‘ulotlardan keyin murojaat qilishadi. Ota-onalar nima uchun logoped tomonidan qo‘yilgan tovushlar nutqda qo‘llanmaydi deb savol berishadi. Tekshiruv jarayonida ko‘pchilik bolalar tovushlarni almashtiradigan, tushirib qoldiradigan, buzib talaffuz qiladigan bolalar ularni alohida to‘g‘ri talaffuz qilishi mumkin. Shuningdek dizartriyaning yengil shaklida ham tovushlar dislaliyadagi kabi usular bilan nutqga kiritiladi, ammo u uzoq vaqt avtomatlashmaydi va nutqda qo‘llanilmaydi. Eng ko‘p tarqalgan tovushlar talaffuzidagi nuqson sirg‘aluvchilar va shovqinlilar talaffuzidagi nuqsonlar hisoblanadi. Dizartriyaning yengil shaklili bolalar nafaqat artikulyatsion o‘xshash tovushlarni balki akustik qarama-qarshi qo‘yilgan tovushlarni ham almashtiradi, buzib talaffuz qiladi. Ko‘p hollarda tish aro, yon sigmatizmlar kuzatiladi. Bolalar murakkab bo‘g‘in tarkibiga ega so‘zlarni talaffuz qilishda qiyinchiliklarga uchraydi, undoshlarni birlashtirishda ba’zi tovushlarni tushirib qoldiradi. Dizartriya nutq kamchiligida fonetik-fonematik nutqning rivojlanmaganligi tovushlarni talaffuz etish va idrok qilish jarayonidagi kamchiliklar natijasida ona tilidani tovushlarni talaffuz qilish sistemasining shakllanishi buziladi. Dizartriya nutq kamchiligida bolalarda bir necha holatlarni kuzatish mumkin: faqat talaffuz kamchiligiga ega bo‘lgan tovushlarni ajratish va analizida qiyinchiliklar (kamchiliklar); qolgan to‘g‘ri talaffz qilinadigan tovushlar bo‘g‘in va so‘zlarda to‘g‘ri analiz qilinadi. Bu vazifani bajarish vaqtida bolada tovush analiz xususiyati va fonematik idrok (eshitish) va qay darjada rivojlanganligi aniqlanadi. Buning uchun bolaga shunday so‘zlar beriladiki bunda bola qaysi so‘zlarda berilgan (S) tovush borligini aniqlashlari kerak. Biz bolaga “S” tovushini quyidagi so‘zlarni qaysi birida ishtirok etayotganini aniqlash vazifasini beramiz. So‘zlarni shunday tanlash keraki, tanlangan so‘zlarning birida “S” tovushi ishtirok etgan, yana bir so‘zda “S” tovushi ishtirok etmagan, yana bir so‘z esa “S” tovushga yaqin bo‘lgan tovush bilan boshlangan bo‘lishi lozim. Masalan: soat, sanediq, ari, qo‘g‘irchoq, shar, sham, va x.k. So‘ng bola 2-vazifani bajaradi. Bunda “S” tovushi so‘zning qayrida kelayotganligini aniqlashi lozim. Masalan: sandiq, xassa, gilos. Bunda ham bolalarda tovush analiz xususiyati va fonematik idrok qobilyati shakllantiriladi. Rasmlar quyidagi prinsipga asoslangan holda tanlanadi: - nomida ma’lum tovush ishtirok etgan rasm (sandiq, gilos, soat...); - nomida ma’lum tovushga yaqin tovush ishtirok etgan rasm (shar, yashik, sham, mashina...); - nomida ma’lum tovush ishtirok etmagan rasmlar (olma, anor, behi...). Buning uchun bolalga ma’lum tovushga so‘z o‘ylab topish vazifasi topshiriladi. Bolalar tomonidan aytilgan so‘zlar quyidagi bo‘limlardan iborat bo‘lgan tablisaga yozib boriladi. to‘g‘ri o‘ylangan so‘z (sabzi). yaqin tovushga almashtirilgan (shamol); boshqa tovushga almashtirish (anor). Bola nutqining rivojlanish jarayoni o‘z vaqtida to‘g‘ri kelishi uchun individual yondashish lozim bo‘ldadi. Nutqning to‘g‘ri tarkib topishi atrofdagilar nutqiga, to‘g‘ri nutq muhiti va ta’lim-tarbiyaga logopedning nutqiga ham bog‘liq. Nutq nuqsonlari ularni bartaraf etish, oldini olish malakasi yuzasidan ko‘pgina olimlar tadqiqotlar o‘tkazib, bu masalani ko‘pgina qirralarini ochib berdilar. Fonetik-fonematik nutq kamchiligiga ega bo‘lgan bolalarda individual logopedik ish qancha erta boshlansa shuncha samarali yutuqlarga erishish mumkin. Mashg‘ulotlar guruxli frontal va individual tarzda o‘tkaziladi. Frontal, guruhli va individual mashg‘ulotlarda olib boriladigan korreksion-logopedik ishlar maqsadi quyidagilardan iborat: nutqdagi noto‘g‘ri talaffuzni to‘g‘irlash, to‘g‘ri talaffuz malakalarini shakllantirish, bolalarni nutqini diqqakt bilan eshitishga o‘rgatish, fonematik idrokni rivojlantirish va tovush analiz va sintez malakalarini shakllantirish. Nuqtning fonetik tomonidagi kamchiliklarni bartaraf etish tizimi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 1.Og‘zaki nutqni idrok etishni shakllantirish. 2. Artikulyasion apparat motorikasini rivojlantirish. 3. Sirg‘aluvchi, shovqinli, sonor, til orqa va chuqur til orqa tovushlarini to‘g‘ri artikulyasiyasini tarbiyalash. Nutqning fonetik idrok tomonidagi kamchiliklarni bartaraf etish individual tarzda olib boriladi: 1.Tovush artikulyasiyasini aniqlash, bo‘g‘in, so‘zlarda tovushlarni ajratish. 2.Berilgan tovushning so‘zdan o‘rnini topish (so‘z boshida, o‘rtasida va so‘z oxirida). 3.So‘zlarda tovushlar ketma-ketligi va sonini aniqlash. 3.Tovushlar postanovkasi avtomatizasiyasi. 4.Eshitish idrokini rivojlantirish va tovushlar analiz-sintez qilish malakalarini rivojlantirish. 5.Nutqning leksiko-grammatik tomonini takomillashtirish. Individual tarzda mashg‘ulotlar, har bir etapning o‘z vazifalari, ish mazmuni bo‘lib, bu ish bosqichlari o‘zaro bir-biriga bog‘liqdir. I bosqich tayyorlov bosqichi deb nomlanadi. Bu bosqichi oldida quyidagi vazifalar mavjuddir: - artikulyasion apparat holatini aniqlash va uning harakatini rivojlantirish; - eshitish diqqatini rivojlantirish; - nutqda to‘g‘ri talaffuzga ega bo‘lgan tovushlarni aniqlash; - tovushlar postanovkasi; - bo‘g‘in va so‘zlarda tovushlarni ajratish; Nutq apparati harakatini rivojlantirish va to‘g‘ri artikulyasiyasini tarbiyalash quyidagilarni o‘z ichiga oladi: - statistik va dinamik mashiqlarni rivojlantirish; - artikulyasion apparat harakati, kuchi, harakat aniqligini oshirish; - nutq apparatida muskullaridagi taranglikni bartaraf etish. Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling