Ona tili va adabiyot fanidan


DIDAKTIK O‘YINLI DARSLARNING TURLARI, MAQSAD VA VAZIFALARI


Download 1.44 Mb.
bet145/208
Sana08.01.2022
Hajmi1.44 Mb.
#245507
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   208
Bog'liq
2020 metodika ona tili majmua

4.DIDAKTIK O‘YINLI DARSLARNING TURLARI, MAQSAD VA VAZIFALARI

DIDAKTIK O'YIN TEXNOLOGIYASI















DIDAKTIK O'YINLI DARSLARNING TURLARI










































































































SYUJETLI-







IJODIY










KONFE-




ISHBILAR-













O'YIN-

ROLLI







O'YINLAR










RENTSIYALAR




MONLAR










MASHQLAR

O'YINLAR

























O'YINI





























































O'YIN







O'QUV










MUAMMOLI




O'YIN













O'QUV

SYUJETIGA







TOPShIRIQL










VAZIYATLARNI




QOIDASIGA













TOPSHI-

MUVOFIQ







ARI










HAL ETISH




MUVOFIQ













RIQLARI













































O’QUVCHILARNING O'QUV-BILISH FAOLIYATINI O'YIN FAOLIYATI


BILAN UYG’UNLASHTIRISH

130


Bingo
Dars mashg‘ulotidan oldin o‘qituvchi bingo-jadval tuzadi. 25 ta kvadratga eng muhim ma’lumotlar va topshiriqlar joylashtiriladi. Dars davomida bingo-jadval har bir o‘quvchiga tarqatiladi. Uni to‘ldirish uchun 20 minut vaqt beriladi. Qaysi o‘quvchi gorizontal, perpendikulyar yoki diagonal joylashgan kvadratlardagi topshiriqlarni birinchi bo‘lib bajarsa, “bingo” deb xitob qiladi. G‘olib o‘quvchiga rag‘batlantiruvchi sovg‘a beriladi (kitob, jurnal kabi).





B

I

N

G

O




Kesim

Ega

Hol

To‘ldiruvchi

Aniqlovchi
















Ega







Egalik

Kesimga tobe

Kesimga tobe

vazifasidagi

1.

Shaxs-son qo‘

qo‘ shimchalari

bo‘ladi. Gapni

bo‘ladi.

otni

shimchalari

bilan turlanadi.

kengaytiradi.

Gapni

aniqlaydi.




bilan tuslanadi

kengaytiradi

Gapni







Misol:

Misol:

Misol:

kengaytiradi.




























Misol:




























Harakatning

Kimni?







Kesim -




Nimani?







Kesimga tobe

bajarilish

Ot-kesimni




gapning

\ \ • so rog iga

2.

bo‘ladi. Misol

o‘rnini

aniqlaydi.

markazi. Misol

javob




va sharh.

va sharh.

bildiradi.

bo‘ladi.

Misol:







Misol:













Misol:




























Harakatning

Kimga?

To‘ldiruvchi




Yakka o‘zi ham

Yakka o‘zi ham

Nimaga?




bajarilish

vazifasidagi




mustaqil gap

mustaqil gap

\ \ • so rog iga

3.

paytini

otni

bo‘lib kela oladi.

bo‘lib kela

javob




Misol:

oladi. Misol:

bildiradi.

bo‘ladi.

aniqlaydi.




Misol:

Misol:










Misol:

























Harakatning

Kim bilan?

Hol










Nima bilan?










bajarilish

vazifasidagi




Sodda yoyiq

Sodda yoyiq

\ \ • so rog iga

4.

tarzini

otni

gap tuzing.

gap tuzing.

javob




bildiradi.

aniqlaydi.










bo‘ladi.










Misol:

Misol:










Misol:

























Sodda yoyiq

Sodda yoyiq

Sodda yoyiq










gaplardan

gaplardan




Sodda yoyiq

Sodda yoyiq

gaplardan




iborat bog‘li

iborat bog‘li




gaplardan iborat

gaplardan

iborat bog‘li

5.

matn tuzing

matn tuzing

bog‘li matn

iborat bog‘li

matn tuzing




(to‘ldiruvchi

(aniqlovchi




tuzing.

matn tuzing.

(hol ishtirok




ishtirok

ishtirok










etsin).










etsin).

etsin).












5-sinfning I choragida gap bo‘laklari o‘rganiladi. Yakunlovchi mashg‘ulotda

131

“Bingo” o‘yinini o‘tkazish mumkin. Buning uchun quyidagicha bingo-jadval tuziladi va o‘quvchilarga yetarli tarzda ko‘paytiriladi:



O‘z xotiralari bilan o‘rtoqlashish

O‘yinni o‘tkazishdan maqsad:




  1. Sinfda o‘quvchilarning o‘zaro hamkorligini, o‘zaro ishonch muhitini ta’minlaydi.




  1. O‘quvchilarning fikrlash qobiliyatini o‘ stiradi.




  1. Sinf o‘quvchilariga bir-birlarini yaxshi anglash uchun sharoit tug‘diradi. Kichik guruhlardagi o‘quvchilar soni 10-12 tadan oshmasligi kerak. O‘yinga 10 minut vaqt ajratiladi.

5-sinf o‘zbek tili darslarida bu o‘yin o‘tkazilganda o‘quvchilardan 5 yil oldin maktabga ilk qadam qo‘ygan kunlarini xotirlash so‘raladi. Xotirlash jarayoni dastlab noverbal bajariladi (ichki nutq). So‘ngra xotiralar og‘zaki bayon etiladi. Mazkur o‘yin o‘quvchilar xotirasini mustahkamlaydi, mustaqil fikrlash va bog‘lanishli og‘zaki nutq ko‘nikmalarini o‘stiradi. Xotirlash jarayoniga turtki bo‘ladigan manbalardan (rasm, “Alifbe” kitobi, qo‘ng‘iroq) foydalanish mumkin.


Bu o‘yin bog‘lovchi zveno vazifasini bajaradigan o‘yinlardan bo‘lib, bir mavzudan ikkinchi mavzuga “yengil” o‘tish imkoniyatini tug‘diradi. Yangi mavzuga muqaddima, turli tushunchalarni o‘zaro bog‘lovchi “ko‘prik” vazifasini o‘taydi.
O‘yinni o‘tkazishdan maqsadlar:


  1. Sinf o‘ quvchilarining diqqatini koordinatsiya qilish.

  2. O‘quvchilarni guruh bo‘lib ishlashga jalb etish.




  1. Yangi mavzu taqdimotida o‘zaro qanday muloqotga kirishish va bir-birini tinglash madaniyatini shakllantirish.

O‘yin uchun 15 minut vaqt ajratiladi. O‘yinni o‘tkazish uchun tavsiyalar:




  1. O‘zbek tili o‘qituvchisi sinf o‘quvchilariga quyidagi topshiriqni beradi: Boshqa ijodiy guruhlardan o‘zingizga ikki nafar sherik tanlang. 3 kishi bo‘lib, o‘zlaringizga ma’qul rang tanlang. Masalan, O‘zbekiston Respublikasining bayrog‘idagi ranglardan: zangor, qizil, oq, moviy.




  1. Kichik ijodiy guruhlarning har biri boshqalarga nimalar to‘g‘risida so‘zlab berish mumkinligini maslahatlashadilar, ona tili darslarida yaqin orada o‘rgatilgan mavzulardan birini tanlaydilar (“Til va jamiyat”, “So‘z tarkibi”, “Kesim”, “Sodda yig‘iq gap”, “Gap qoliplari”, “So‘z birikmalari”, “Uyushiq bo‘laklar”, “Undalma”, “Qo‘shma gap”, “Ko‘chirma gap” kabi).




  1. O‘ylash uchun 2 minut vaqt beriladi.




  1. Taqdimotda har bir ijodiy guruh o‘zi tanlagan mavzu bo‘yicha boshqalarga ma’lumot beradi. 3 ta qatnashchi bir-birini to‘ldiradi. Taqdimot uchun 2 minutdan vaqt ajratiladi. O‘qituvchi vaqtni kuzatib turadi.




  1. Boshqa guruh a’zolari eshitganlari haqida xulosa chiqarib beradilar. Bu

o‘yindagi so‘nggi halqa bo‘lib, xulosalarga alohida ahamiyat beriladi. Yuqoridagi o‘yin vositasida o‘tilgan mavzularni takrorlash yengillashadi.


O‘quvchilarda oz vaqt ichida mavjud bilimlar yuzasidan mustaqil xulosa chiqarish ko‘nikmasi shakllanadi. Bu esa tanqidiy fikrlashni o‘stirishdagi muhim
132

omildir. 5- sinf ona tili darslari misolida olib ko‘rganimizda, darslikdagi I bo‘lim (“Muqaddima”) o‘rganilgach, II bo‘limga o‘tishdan oldin yuqoridagi o‘yinni o‘tkazish mumkin.


”O‘z o‘rningni top” o‘yini
Didaktik o‘yinlar o‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishga yordam beradi. O‘quvchilar mashg‘ulot jarayonida o‘tkaziladigan didaktik o‘yinlarga qiziqib ishtirok etadilar. Shu orqali o‘tilayotgan mavzuni oson va tez tushunib oladilar. To‘g‘ri tashkil qilingan didaktik o‘yin o‘quvchini dars jarayonining faol ishtirokchisiga aylantiradi, uni zerikishdan va toliqishdan asraydi.
Didaktik o‘yinlardan barcha fanlarni o‘tishda foydalanish mumkin. Ona tili darslarida ham bunday o‘yinlardan foydalanish yaxshi samara beradi. Ona tili ta’limining “Fonetika”, “Leksikologiya”, “Morfologiya” kabi bo‘limlarida didaktik o‘yinlardan foydalanish imkoniyatlari keng. Biz 7-sinfda "Olmosh" so‘z turkumini o‘rganish jarayonida o‘tkaziladigan didaktik o‘yinlar haqida so‘z yuritamiz. Olmosh turkumi bir necha ma’noviy guruhlarga bo‘lib o‘rganiladi. Olmoshning ma’noviy guruhlari o‘rganib bo‘lingach, o‘quvchilarning bilimlarini mustahkamlash va sinash maqsadida bir qator o‘yinlar o‘tkazish mumkin. Shunday o‘yinlardan biri "O‘z o‘rningni top" o‘yinidir. O‘yin quyidagi tartibda o‘tkaziladi. O‘qituvchi olmosh turkumiga mansub bo‘lgan so‘zlarni bir necha qog‘ozlarga alohida - alohida yozib, ularni stol ustiga teskari holda qo‘yadi. Olmoshning ma’noviy guruhlari nomlari yozilgan qog‘ozlarni esa bir necha o‘quvchiga berib, ularni doska oldiga chiqaradi. O‘quvchilar qo‘llarida olmoshning biror ma’noviy guruhi nomi yozilgan qog‘ozni ushlagan holda qator turadilar. Qolgan o‘quvchilar esa bir necha kichik guruhlarga bo‘linadi. Har bir guruh olmoshning biror ma’no guruhi nomi bilan nomlanadi. Guruh a’zolari tartib bilan stol oldiga kelib, qog‘ozlarni olib, undagi so‘z bilan tanishadilar va mazkur so‘z olmoshning qaysi turiga mansub bo‘lsa, o‘sha ma’noviy guruh nomini ushlab turgan o‘quvchi qatoridan o‘rin oladilar. Shu tariqa barcha o‘quvchilar o‘z o‘rnini topadilar. O‘yin yakunlangach, o‘qituvchi o‘quvchilar qatori bilan tanishib chiqadi va adashgan o‘quvchilarni safdan chiqarib, o‘z o‘rniga o‘tishiga yordam beradi. Adashmasdan o‘z o‘rnini topgan guruh o‘yin g‘olibi deb e’lon qilinadi. O‘quvchilar bu o‘yinda ishtirok etishlari uchun olmoshning ma’noviy guruhlari bilan yaxshi tanish bo‘lishlari lozim. Aks holda o‘yinda yaxshi ishtirok eta olmaydilar.
O‘yinning keyingi bosqichida topshiriq bir oz murakkablashadi va tartibiga o‘zgartirish kiritiladi. Olmoshning ma’noviy guruhlari doskaga yozib qo‘yiladi. Stol ustiga esa olmosh turkumiga mansub bo‘lgan so‘zlar bilan bir qatorda boshqa turkumga mansub so‘zlar ham aralash holda qo‘yiladi. O‘quvchi endi o‘zi olgan so‘zning olmosh turkumiga mansub yoki mansub emasligini ham o‘ylab ko‘rishi kerak. Olmosh turkumini yaxshi o‘rgangan o‘quvchi o‘yinning bu bosqichida ham qiynalmaydi. Guruh a’zolari navbat bilan chiqib so‘zlar yozilg an kartochkalarni oladilar va bu so‘z olmoshning qaysi guruhiga mansub bo‘lsa, uni o‘sha guruhga yozib qo‘yadilar. Guruhning qolgan a’zolari ham o‘yinni shu tartibda davom ettiradilar. O‘yin yakunlangach, o‘qituvchi yozilgan so‘zlarni ko‘rib chiqadi va qaysi guruh xatoga yo‘l qo‘yganligini aniqlaydi. So‘zlarni o‘z o‘rniga xatosiz holda
133

qo‘ygan guruhni g‘olib sifatida e’lon qiladi. Har bir guruhga tegishli ballarni qo‘yadi.


"Saralab ol" o‘yini
Bu o‘yin ham “Olmosh” turkumini o‘rganishda qo‘llanishi mumkin. Bu o‘yin yakunlovchi o‘yinlardan biri bo‘lib, biror bo‘lim yoki so‘z turkumi yakunida o‘tkazilishi mumkin. O‘yinning o‘ziga xos o‘tkazilish texnologiyasi mavjud. “Olmosh” so‘z turkumining ma’noviy guruhlari o‘rganib bo‘lingach, shu o‘yindan foydalanilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. O‘qituvchi bu o‘yinni o‘tkazishga puxta tayyorlanishi lozim. Buning uchun olmosh turkumiga mansub bo‘lgan so‘zlar to‘rt burchak shaklida qirqilgan qog‘ozlarga yoziladi. Xuddi shunday qog‘ozlarga ot, sifat, son, fe’l, ravish turkumiga mansub bir necha so‘zlar ham yoziladi. Ular aralashtirilib yuboriladi. Masalan: hamma, u, kim, kitob, omad, siz, yaxshi, necha, bordi, kelyapti, onam, kim uchun, nima qilyapti, o‘qiyapti, hech kim, bolalar, har kim, inson, o‘zim, do‘stim, qo‘qqisdan, qanday.
Bunday so‘zlar bir necha guruhga mo‘ljallab tuziladi va har bir guruhga alohida yuqoridagi kabi turli turkumga mansub bo‘lgan so‘zlar beriladi. Guruh a’zolari berilgan bir necha so‘zlar ichidan olmosh turkumiga mansub bo‘lgan so‘zlarni saralab oladilar va ularni ma’noviy guruhlarga ajratadilar. Saralab olingan so‘zlar guruhning biror a’zosi tomonidan o‘qib eshittiriladi. Qolgan guruh a’zolari esa bunga o‘z munosabatini bildiradi. Shu tarzda guruhlarning topshiriqni qanday bajarganliklari aniqlab olinadi. Xatolikka yo‘l qo‘ygan guruhlarning xatolari tuzatiladi. G‘olib bo‘lgan guruh alohida rag‘batlantiriladi.
Bunday o‘yinlar orqali o‘quvchilar guruh bo‘lib ishlashga o‘rganadilar, o‘yinlar vositasida kichik guruhlar faolligi ortadi, ta’lim ishtirokchilarining diqqati ta’lim jarayoniga to‘liq jalb etiladi. Bu o‘yinlardan boshqa so‘z turkumlarini o‘tishda ham foydalanish mumkin.
Hozirgi rivojlanayotgan O‘zbekistonimizning qay bir jabhasiga qaramang, ulkan o‘zgarishlar, inshoatlar yangiliklar yaratilmoqdaki, bu o‘z o‘rnida har bir fuqarodan katta ma’suliyat talab qiladi.
Ta’lim tarbiya sohasidagi islohotlar ham o‘qituvchi, o‘quvchi faoliyatiga alohida e’tibor berishga, zamon bian hamnafas ishlashga jalb qilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil “Faol investitsiya va ijtimoiy rivojlanish” deb e’lon qilinishi va mamlakatimizda ijtimoiy soha: ta’lim-tabiyaga berilayotganligida roli juda kattadir.
Chunki maktablarimizning moddiy bazasi keng rivojlanishi, darsliklar, ta’lim standartlari va o‘quv dasturlari modernizatsiya qilinishi bilan bir qatorda o‘qituvchining kasbiy tayyorgarligi, mahorati va bilimdonligi, zamonaviy pedtexnalogiyalr, interfaol usullari darslarda qo‘llay olish ham juda muhimdir.
Takomillashtirilgan standartlar, yangi o‘quv dasturlari barcha sinflardanoq o‘quvchini erkin fikr yuritish orqali muloqotga kirisha olish qobiliyatini shakllantirishga, so‘z boyliklarini oshirishga, o‘qish texnikaini yaxshi egallashga, chiroyli va savodli yozish ko‘nikmasini hosil qilishga, nutq madaniyatini yuksaltirishga e’tibor qaratishni taqozo etmoqda.
Shu bois ham ta’lim jarayonini inonparvarlantirish, liberalizatsiya qilih (erkinlantirish) demokratizatsiyalashtirish, bolaga samimiy va do‘stona munosabatda
134

bo‘lih, hamkorlik va hamijodkorlikda tashkil etishni taqozo etmoqda. Qisqa qilib aytganda, o‘quv jarayoni markazida o‘quvchi shaxsi va qadri, ma’naviyati turmog‘i lozim. O‘quv jarayoni o‘quvchi shaxsi, uning ma’naviyatiga qaratilgan va yo‘naltirilgan bo‘lishi talab etilmoqda.


Shuni e’tiborga tutish kerakki, shaxsga qaratilgan ta’lim o‘quvchining o‘quv – biluv mehnatini tashkil etishni harakatlantiruvchi, uning qiziqish, xohish, talab – istaklarini ro‘yobga chiqaruvchi kuch bo‘lib xizmat qiladi.
O‘quvchi shaxsiga qaratilgan ta’lim, o‘quvchining faolligini oshirish, mustaqil, ijodiy fikrlashga o‘rgatish, mustaqilligini, erkinligini ta’min etish, qiziqishlari asosida (motivatiya) ish yuritish, ichki imkoniyatlarini ishga tushirish, o‘z qiziqishlari orqali qo‘shimcha ta’lim olihga yo‘llash, o‘z – o‘zini rivojlantirishni o‘z ichiga oladi.

Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling