Ona tili va adabiyot fanidan
-MAVZU. ONA TILI TA’LIMIGA STEAM PEDAGOGIKA ELEMENTLARINING KIRITILISHI
Download 1.44 Mb.
|
2020 metodika ona tili majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- Didaktik o‘yinli darslarni o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar berish, ushbu darslarda foydalaniladigan didaktik materiallarni tayyorlash ko‘nikmalarini hosil qilish.
- 1.ONA TILI VA ADABIYOT FANINI O‘QITISHDA STEAM DASTURIDAN FOYDALANISH STEAM
- 2018- yil 28 -avgustdagi 216- sonli
12-MAVZU. ONA TILI TA’LIMIGA STEAM PEDAGOGIKA ELEMENTLARINING KIRITILISHI
Reja: Ona tili va adabiyot fanini o‘qitishda STEAM dasturidan foydalanish. Didaktik o‘yinlarni o‘tkazish: tayyorgarlik, o‘yin jarayoni, tahlil va umumlashtirish bosqichlari. Didaktik o‘yinli darslarni o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar berish, ushbu darslarda foydalaniladigan didaktik materiallarni tayyorlash ko‘nikmalarini hosil qilish. Tayanch so‘z va iboralar: Ona til ta’limida fan, texnologiya, sanat bilan bog‘lanishlarni shakllantirish. Fanlar aro integratsiya. STEAM pedagogikaning elementlarini adabiyot darslarida qo‘llash. Mustaqil va tanqidiy fikrlaydigan metodlarni qo‘llash orqali ta’lim samaradorligini oshirish. 1.ONA TILI VA ADABIYOT FANINI O‘QITISHDA STEAM DASTURIDAN FOYDALANISH STEAM –real hayot talablaridan kelib chiqqan holda akademik ilmiy– texnikaviy konsepsiya doirasida integrasiyalashgan holda o‘qitishdir. Integratsiyalashgan ta’limni joriy etishdan ko‘zlangan maqsad - bu ta’lim jamiyat, ish va dunyoni bir butun holda tasavvur etish va ular o‘rtasida barqaror aloqa o‘rnatish. STEAM ta’limi ona tili va adabiyot fani yo‘nalishida o‘quvchilarning egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarini kundalik hayot bilan bog‘liqligini ko‘rsatishda dars va sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda o‘quv tadqiqotlarini o‘tkazish, tajribalarni bajarish, loyihalashtirishga yo‘naltirilgan ijodkorligini tarbiyalash, yangiliklar yaratishga bo‘lgan qiziqishlarini rivojlantirish; STEAM — maktab o‘quvchilarini yangi o‘qitish metodikasi bo‘lib, U bolalarni bir vaqtning o‘zida Science (tabiiy fanlar), Technology (texnologiya), Engineering (muhadislik), Art (san’at) va Mathematics (matematika) bo‘yicha o‘qitish tizimiga asoslangan, bunda o‘quvchilar amaliy va loyiha mashg‘ulotlari yordamida saboq oladilar. Ma’lumki, 2019-2020- o‘quv yilida umumiy o‘rta ta’lim maktablarda quyidagi o‘quv dasturlaridan foydalaniladi. 5-sinflarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi hamda Xalq ta’limi vazirligining 2010-yil 1-iyuldagi 6/2 /4/1-sonli qo‘shma Hay’at majlisi qarori bilan tasdiqlangan o‘quv dasturidan; 4-,6-,7-sinflarda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirining 2017-yil 3-iyundagi 190-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan o‘quv dasturlaridan; 127
10-sinflarda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017- yil 18-avgustdagi 43, 65 QQ bilan tasdiqlangan o‘quv dasturidan; 2-11-sinflarda Xalq ta’limi vazirining 2018- yil 28 -avgustdagi 216- sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan o‘quv dasturidan; 2019-2020 o‘quv yilida 1-,3-,8-,9-sinf o‘quv dasturlari takomillashtirildi va amaliyotga joriy etiladi. STEM atamasi ilk bor AQSHda maktab dasturiga kiritilgan bo‘lib, o‘quvchilarning ilmiy-texnika yo‘nalishlaridagi kompetensiyalarni rivojlantirishga qaratilgan. Keyinchalik bu yo‘nalish kengaytirilib, atamaga qo‘shimcha harflar kiritildi. Jumladan, unga “R” – robotics – robototexnikani qo‘shib, STREM deb “A” - art - san’atni qo‘shib, STEAM deb atala boshlandi. Bugungi davr talabi dunyo ta’limi oldiga katta vazifani qo‘ymoqda. Bu esa o‘quvchilarni jamiyatda yashashga tayyorlay olishi kerak. Bunda birinchi navbatda tez o‘zgarayotgan axborot bilan ishlaydigan kasblar bilan bog‘liq xususiyatlarni o‘quvchida shakllantirish lozim. Axborotni olish, qayta ishlash va amaliyotda foydalanish STEM ta’limi dasturining asosini tashkil qiladi. STEM ta’limi texnologiyasi loyihalash metodiga tayangan holda uning asosida bilish va badiiy izlanish yotadi. Bunday izlanish amaliy faoliyat jarayonida bilimlarni olish, so‘ngra ulardan amaliyotda qayta foydalanish, ya’ni o‘yinlarda konstruksiyalar tuzish, texnik ijodiyot elementlarini qo‘llab, bilim olishga oid tadqiqot ishlarida amalga oshiriladi STEM ta’limi o‘quvchi yoshlarning rivojlanishini tashqi olam bilan bevosita bog‘laydi. Ma’lumki, tabiiy fanlar atrofimizdagi olam bilan bevosita bog‘liq texnologiya kundalik hayotimizda doimiy ravishda qo‘llaniladi, muhandislik esa uylar, yo‘llar, ko‘priklar va mashina mexanizmlarda o‘z aksini topgan, biror bir kasb, kundalik mag‘ulotlarimiz ozmi-ko‘pmi matematika fani bilan ham bog‘langandir. ijodiyot elementlarini qo‘llab, bilim olishga oid tadqiqot ishlarida amalga oshiriladi. STEAM dasturi, bolalar kundalik hayotida duch keladigan yengishga zarur bo‘ladigan tanqidiy tafakkur va muommolarni yechish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. STEAM dasturi faol kommunikatsiya va jamoada ishlash bilan farqlanadi.Muloqot davrida o‘z fikrini bayon qilish va bahs-munozara olib borish uchun erkin muhit vujudga keltiriladi.Ular gapirishga va taqdimot o‘tkazishga 128 o‘rganishadi.Bolalar doimo o‘qituvchi va sinfdoshlari bilan muloqotda bo‘lishadi.Bolalar jarayonda faol qatnashsalar mashg‘ulotni yaxshi eslab qoladilar. Takomillashtirilgan o‘quv dasturning ahamiyatili jihati shundan iboratki, bunda o‘quvchi yoshlarning qiziqishlarini ertaroq aniqlash va iqtidorini, ijodkorligini rivojlantirishga yo‘naltirish, yangiliklarni hayotga tatbiq etish orqali ilmiy izlanuvchanligi hamda yaratuvchanligini rivojlantirish uchun o‘quv dasturining boshida har bir sinf o‘quvchilarining o‘quv faoliyati natijalariga qo‘yiladigan talablar keltirilgan. Yuqoridagilarni inobatga olib, mazkur o‘quv dasturida o‘quvchilarni mantiqiy fikrlashini va amaliy ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan xalqaro baholash dasturi (PISA, TIMSS) talablariga mos keladigan topshiriqlar bilan ishlashga mo‘ljallangan amaliy mashg‘ulotlar, laboratoriya ishlari va mavzularda o‘quvchilar mustaqil bajarishga va ijodiy fikrlashga undovchi amaliy topshiriqlar kiritilgan. Ushbu dasturning yana bir jihati shundan iboratki, o‘quvchilarning bilim, ko‘nikmalarini amaliyotda qo‘llashga e’tibor qaratilgan. Mazkur o‘quv dasturida o‘quvchilarni mantiqiy fikrlashini va amaliy ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan xalqaro baholash dasturi talablariga mos keladigan topshiriqlar bilan ishlashga mo‘ljallangan laboratoriya ishlari va nazorat ishlari uchun alohida o‘quv soatlari ajratilgan. Kreativlik – bu shaxsning yangi g‘oyalarni yaratishi, tafakkurning an’anaviy sxemasidan chetga chiqib, o‘ziga xos, original qarorlar qabul qilishga qodirligi. Mazkur atamaga ilk bora 1922- yilda D.Simpson tafakkurning nostandart usuli, deb ta’rif bergan. Intellekt bu inson va hayvonlarni yangi muhitga moslashishi hisoblanadi. V.Shterni, J.Piaje, D.Veksler va boshqa avtorlar ham intellektni insonlarni yangi hayotiy sharoitlarga moslashashtiruvchi umumiy qobiliyat sifatida qarashgan. Ular o‘z tadqiqotlarida amerikalik minglab maktab o‘quvchilarini logityud metodi orqali tadqiq etishgan. Tadqiqot jarayonida , dastlab ularni IQ (intellekt koefitsenti) aniqlab olindi. O‘quvchilarni IQ koeffitsentiga qarab guruhlarga ajratildilar va 30, 40 , 50,60 yil oralig‘ida kuzatishgan. Yillar davomida intellekt koeffitsenti yuqori bo‘lgan sinaluvchilar hayotda, faoliyatda yuqori ko‘rsatkichlarni ko‘rsatishgan. IQ koeffitsenti pastroq bo‘lgan sinaluvchilar ulardan farqli o‘laroq 30 marta kam yutuqlarga erishishgan. Lekin intellekt va kreativlikning bir-biriga bog‘liq emasligini boshqa tadqiqotlarda tadqiq etilgan. Kreativlik- bu insonni hayotga moslashishi emas, balki uni o‘zgartirishidir. Kreativlikning asosiy omili bu insonning dezadaptatsiyasi, ya’ni uni atrof olam va ijtimoiy muhitga moslasha olmasligida deb qaralgan nazariyalar ham mavjud. Ba’zi olimlar shaxsning kreativlik xususiyatini tashqi olam va insonllardan yolg‘izlanish deya ta’rif berishgan. Aynan real olamga nisbatan dezadaptatsiyasi mavjud bo‘lgan, moslasha olmagan inson o‘zidagi yolg‘izlikni yengib o‘tish uchun ijod qilish va yangilik yaratishni boshlar ekan. A.Adlerning fikricha, insondagi kreativlik o‘zida mavjud bo‘lgan noto‘liqlik kompleksini to‘ldirish vositasi deb bilgan. Empirik tadqiqotlarda ko‘rsatilishicha, ijodkor qobiliyatli bolalar shaxsiy va emotsional sohada jiddiy muammolarga duch kelishadi. Tadqiqotlarda bunday bolalarning maktabda erishayotgan natijalari ularning imkoniyatlaridan past chiqqanini kuzatishimiz mumkin. 129 Demak, intellekt va kreativlik umumiy ko‘rinishdagi ikki xil qobiliyatlar bo‘lib, ularni ma’lumotlarni qayta ishlash jarayoni bilan bog‘lash mumkin. Kreativlik insonda mavjud ma’lumotlarni qayta ishlab chiqarish va ularning cheksiz yangi modelini yaratishga javob beradi. Intellekt esa o‘sha ma’lumotni real amaliyotda qo‘llashga va atrof muhitga moslashishga javob beradi. Download 1.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling