Ona tili va adabiyot fanidan


NOANANAVIY DARS ISHLANMALARI UCHUN METODLARDAN FOYDALANISH USULLARI


Download 1.44 Mb.
bet155/208
Sana08.01.2022
Hajmi1.44 Mb.
#245507
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   208
Bog'liq
2020 metodika ona tili majmua

NOANANAVIY DARS ISHLANMALARI UCHUN METODLARDAN FOYDALANISH USULLARI

144


Munozarali darslar ham muammoli ta’lim texnologiyalariga asoslanadi. Munozarali darslar mazmuni va mohiyatiga ko‘ra:

  1. Ilmiy munozara darslari;




  1. Erkin fikrlash darslariga ajratiladi.

Ilmiy munozara darslari dasturdagi muayyan bir mavzuni o‘rganishga bag`ishlanadi. Mazkur dars oldida qo‘yidagi vazifalar turadi:




  1. O‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish orqali tahsil olishga va fanga qiziqishlarini orttirish, bilimlarini kengaytirish.




  1. O‘quvchilarning avval o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalarini odatiy, tanish va kutilmagan yangi vaziyatlarda qo‘llanishi orqali yangi bilimlarni egallashlariga erishish.




  1. O‘quvchilarning bilimidagi mavhum tushunchalarni aniqlash va ularga barham berish, bilim olishga bo‘lgan intilishlarini rivojlantirish.




  1. O‘quvchilarni nutq madaniyatini o‘stirish, o‘z fikrlarini lo‘nda va mantiqan to‘g`ri bayon etish, ularda dalillash ko‘nikmalarini hosil qilish.

Masalan: Ona tili fanida nutqning to‘g‘riligi, yozuvlarning xatosizligi muhokamali bo‘lsa, geografiya fanidan munozarali darslar «Atrof muhitning ifloslanishi», «Yerda hayot paydo bo‘lishi va dastlabki rivojlanish» kabi mavzulardagi umumlashtiruvchi darslarda foydalaniladi.


Ilmiy munozarali darslarning tuzilishi quyidagicha bo‘ladi:
I. O‘qituvchining kirish so‘zi. Bunda o‘qituvchi dars mavzusi, maqsadi va vazifalari, ilmiy munozara o‘tkaziladigan muammolarning umumiy vazifasi darsda o‘quvchilar guruhi bajaradigan topshiriqlar bilan tanishtiradi.
II. O‘quvchilar faoliyatini munozarali va muammoli vazifalarni bajarish va hal etishga yo‘llash.
III. O‘quvchilar guruhi o‘rtasida o‘quv bahsi va munozarani tashkil etish.
IV. O‘quv bahsi va munozara yakuni. O‘qituvchi dars davomida bahs va munozara keltirib chiqargan muammolar yechimidagi asosiy g`oya va tushunchalarni ta’kidlab, xulosalar chiqaradi.
IV. O‘quvchilarni baholash. O‘quv bahsi va munozaralarda faol ishtirok etgan o‘quvchilar rag`batlantiriladi va reyting tizimiga muvofiq baholanadi.
V. Uyga vazifa berish.

VI. Darsni yakunlash.



Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling