Ona tili va adabiyot fanidan


Download 1.44 Mb.
bet162/208
Sana08.01.2022
Hajmi1.44 Mb.
#245507
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   208
Bog'liq
2020 metodika ona tili majmua

HAMDA O‘TKAZISH YO‘LLARI


Tayanch so‘z va iboralar: Maqsaddan kelib chiqadigan tayanch kompetensiya turlari. Kompetensiyalarni shakllantirishda sinfdan tshqari ishlarni tashkillashtirish. Tayanch kompetensiyalarni shakllantirishda maktabdan tashqari ishlarni tashkil etish. To‘garak mashg‘ulotlari o‘tkazish orqali tayanch
148

kompetensiyalarni shakllantirish va rivojlantirish metodikasi.


Qanday kompetensiyalarni tayanch kompetensiyalar deb olish kerak? Kompetensiyalardan, ta’lim kompetensiyalarni farqlash lozim. Ta’lim
kompetensiyasi o‘quvchining kelajakdagi to‘laqonli hayotidagi faoliyatini modellashtiradi. Masalan, fuqaro ma’lum bir yoshga yetgunga qadar ayrim kompetensiyalarni haytiga tatbiq eta olmaydi. Lekin bu ularni o‘quvchida shakllantirish shartmas degani emas. Masalan, o‘quvchi maktabda fuqarolik kompetensiyasini o‘zlashtirsa-da, uni hayotda maktabni bitirganidan so‘ng ishlatadi. Shunga ko‘ra bunday kompetensiyalar o‘qish davrida ta’lim kompetensiyasi sifatida namoyon bo‘ladi.
Tayanch kompetensiyalarning dunyo bo‘yicha yagona qabul qilingan ro‘yxati yo‘q. Chunki har bir mamlakatning yoki hududning o‘z an’analari, mentaliteti va o‘ziga xos talablari bor. Kompetensiya – jamiyatning o‘z fuqarolariga qo‘ygan ijtimoiy buyurtmasi bo‘lib, ularning ro‘yxati muayyan mamlakatdagi yoki hududdagi ijtimoiy muhit bilan belgilanadi Bunday kelishuvga har doim ham erishib bo‘lmaydi.
Ta’limda kompetensiyalarning asosiy funksiyalari quyidagilar:

-yosh avlodni kundalik hayotga tayyorlash bo‘yicha ijtimoiy talabning aks


etishi;

-bilim, ko‘nikma va malakalarini hamda faoliyat usullarini kompleks


holda maqsadli qo‘llashi uchun atrof-muhitdan real obyektlarni ko‘rsatishi;

-turli o‘quv predmetlari va ta’lim sohalari mazmunining tarkibiy qismi bo‘lishi;


-konkret masalalarni yechishda nazariy bilimlarni amaliyotda

foydalanish bilan bog‘lashi.


Kompetensiyalar qanday ketma-ketlikda bo‘lishi kerak?

Ba’zi kompetensiyalar boshqalariga nisbatan umumiy yoki ahamiyatliroq


bo‘ladi. Shunga ko‘ra ularni uchta darajaga bo‘lish mumkin:

- tayanch kompetensiyalar–ta’lim mazmunining umumiy
(metapredmet) qismiga tegishli;

- umumpredmet kompetensiyalari – ma’lum doiraga kiruvchi o‘quv
predmetlari va ta’lim sohalariga tegishli;


  1. predmetga oid kompetensiyalar oldingi ikki kompetensiyalarga nisbatan xususiy hisoblanib, o‘quv predmeti doirasida shakllantiriladi.

Tayanch kompetensiyalar har safar ta’limning ma’lum bir bosqichi va belgilangan o‘quv predmeti uchun aniqlashtiriladi. Ular to‘plam, me’yoriy hujjatlar, o‘quv va metodik adabiyotlar, shuningdek, o‘quvchilarning tayyorgarligini, shu bilan birga, ularning ijodiy tayyorgarligi darajasini baholaydigan hujjatlarni loyihalash va yoritish uchun xarakterlovchi to‘plamni belgilaydi.


Tajriba-sinov natijalari va izlanishlar asosida ona tili va adabiyot fanidan quyidagi tayanch kompetensiyalar ishlab chiqildi va tasdiqlandi:
Axborot bilan ishlash kompetensiyasi

A2
mavjud axborot manbalaridan (kitob, ommaviy axborot vositalari, internet, kitob, lug‘at, ma’lumotnomalar, (audio-video yozuv), telefon, kompyuter, elektron


149

pochta va boshq.) foydalana olish va ulardagi materiallarga ongli munosabat bildirish, xulosa chiqarish, ibrat olish va o‘z faoliyatida qo‘llayolish.

A2+
mavjud axborot manbalaridan (kitob, ommaviy axborot vositalari, internet, kitob, lug‘at, ma’lumotnomalar, (audio-video yozuv), telefon, kompyuter, elektron pochta va boshq.) zarur bo‘lgan axborotlarni izlab topa olish, saralash, qayta ishlash, uzatish, saqlash, xavfsizligini ta’minlash va foydalanishda media-madaniyatga rioya qilish.
O‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi
A2
- shaxs sifatida ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilishni hayotiy-ma’naviy ehtiyojga aylanta olish;
badiiy asarlarda tasvirlangan milliy va umuminsoniy qadriyatlarni e’zozlash va ularga amal qilish;


  1. badiiy kitoblarni muntazam o‘qish va o‘rganish, xulosa chiqarish, ibrat olish; o‘z xatti-harakati, fikr-mulohazalariga tanqidiy yondasha olish, o‘zini nazorat qila bilish, og‘zaki va yozma matnlar mazmuniga to‘g‘ri baho bera olish.

A2+
badiiy, publisistik, ilmiy, ilmiy-ommabop, fan va texnika, san’at va boshqalarga doir kitoblarni muntazam o‘qish, o‘rganish, va xulosa chiqarish, tegishli holatlarda ulardan o‘z fikrining isboti va dalili sifatida amliyotda foydalana olish;


Ona tilidan fanga oid kompetensiyalar (dastlabki loyihada)

  1. Mustaqil va ijodiy fikrlashkompetensiyasi




  1. Nutqiy (lingvistik)kompetensiya




  1. Sosiolingvistik kompetensiya




  1. Pragmatik kompetensiya





  1. Download 1.44 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling