Modifikatsiyalangan - shakli o‘zgartirilgan ma’ruza . Bu o‘qitish usulidan o‘qituvchi mavzu mazmunini og`zaki nutq orqali o‘quvchilarga yetkazadi, o‘quvchilar bilan muloqot olib boradi. Ammo, an’anaviy ma’ruzadan farqi - o‘qituvchi va o‘quvchi orasida muloqot ketadi.
Qo‘llanilishi:
• o‘quvchilarga umumiy axborot berish uchun;
• fanga kirish va asosiy materiallarni berish uchun;
• qaysidir turdagi faoliyatni boshlashdan oldin namoyish qilish, rolli o‘yinlar va boshqa turdagi usullarni qo‘llashdan oldin;
• ta’rif, qoida, formulalarni masala yoki laboratoriya ishlarida qo‘llashni namoyish qilish uchun.
Afzalligi:
• tezkorlik bilan amalga oshirilishi;
147
darsga kerak bo‘lgan ko‘rgazmali qurollar, ko‘rsatma materiallarni tayyorlanishi;
katta guruhlarda samaradorligi;
kam resurslarni talab qilishi;
boshqa usullar bilan birgalikda qo‘llash mumkinligi;
vaqtni yengil boshqara olishi;
guruhni birgalikda ishlash imkonini berishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |