Ona tili va adabiyot fanidan
Download 1.44 Mb.
|
2020 metodika ona tili majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kompetensiya – jamiyatning o‘z fuqarolariga qo‘ygan ijtimoiy buyurtmasi
HAMDA O‘TKAZISH YO‘LLARI
Tayanch so‘z va iboralar: Maqsaddan kelib chiqadigan tayanch kompetensiya turlari. Kompetensiyalarni shakllantirishda sinfdan tshqari ishlarni tashkillashtirish. Tayanch kompetensiyalarni shakllantirishda maktabdan tashqari ishlarni tashkil etish. To‘garak mashg‘ulotlari o‘tkazish orqali tayanch 148 kompetensiyalarni shakllantirish va rivojlantirish metodikasi. Qanday kompetensiyalarni tayanch kompetensiyalar deb olish kerak? Kompetensiyalardan, ta’lim kompetensiyalarni farqlash lozim. Ta’lim kompetensiyasi o‘quvchining kelajakdagi to‘laqonli hayotidagi faoliyatini modellashtiradi. Masalan, fuqaro ma’lum bir yoshga yetgunga qadar ayrim kompetensiyalarni haytiga tatbiq eta olmaydi. Lekin bu ularni o‘quvchida shakllantirish shartmas degani emas. Masalan, o‘quvchi maktabda fuqarolik kompetensiyasini o‘zlashtirsa-da, uni hayotda maktabni bitirganidan so‘ng ishlatadi. Shunga ko‘ra bunday kompetensiyalar o‘qish davrida ta’lim kompetensiyasi sifatida namoyon bo‘ladi. Tayanch kompetensiyalarning dunyo bo‘yicha yagona qabul qilingan ro‘yxati yo‘q. Chunki har bir mamlakatning yoki hududning o‘z an’analari, mentaliteti va o‘ziga xos talablari bor. Kompetensiya – jamiyatning o‘z fuqarolariga qo‘ygan ijtimoiy buyurtmasi bo‘lib, ularning ro‘yxati muayyan mamlakatdagi yoki hududdagi ijtimoiy muhit bilan belgilanadi Bunday kelishuvga har doim ham erishib bo‘lmaydi. Ta’limda kompetensiyalarning asosiy funksiyalari quyidagilar: -yosh avlodni kundalik hayotga tayyorlash bo‘yicha ijtimoiy talabning aks etishi; -bilim, ko‘nikma va malakalarini hamda faoliyat usullarini kompleks holda maqsadli qo‘llashi uchun atrof-muhitdan real obyektlarni ko‘rsatishi; -turli o‘quv predmetlari va ta’lim sohalari mazmunining tarkibiy qismi bo‘lishi; -konkret masalalarni yechishda nazariy bilimlarni amaliyotda foydalanish bilan bog‘lashi. Kompetensiyalar qanday ketma-ketlikda bo‘lishi kerak? Ba’zi kompetensiyalar boshqalariga nisbatan umumiy yoki ahamiyatliroq bo‘ladi. Shunga ko‘ra ularni uchta darajaga bo‘lish mumkin: - tayanch kompetensiyalar–ta’lim mazmunining umumiy (metapredmet) qismiga tegishli; - umumpredmet kompetensiyalari – ma’lum doiraga kiruvchi o‘quv predmetlari va ta’lim sohalariga tegishli; predmetga oid kompetensiyalar – oldingi ikki kompetensiyalarga nisbatan xususiy hisoblanib, o‘quv predmeti doirasida shakllantiriladi. Tayanch kompetensiyalar har safar ta’limning ma’lum bir bosqichi va belgilangan o‘quv predmeti uchun aniqlashtiriladi. Ular to‘plam, me’yoriy hujjatlar, o‘quv va metodik adabiyotlar, shuningdek, o‘quvchilarning tayyorgarligini, shu bilan birga, ularning ijodiy tayyorgarligi darajasini baholaydigan hujjatlarni loyihalash va yoritish uchun xarakterlovchi to‘plamni belgilaydi. Tajriba-sinov natijalari va izlanishlar asosida ona tili va adabiyot fanidan quyidagi tayanch kompetensiyalar ishlab chiqildi va tasdiqlandi: Axborot bilan ishlash kompetensiyasi A2
149 pochta va boshq.) foydalana olish va ulardagi materiallarga ongli munosabat bildirish, xulosa chiqarish, ibrat olish va o‘z faoliyatida qo‘llayolish. A2+
badiiy kitoblarni muntazam o‘qish va o‘rganish, xulosa chiqarish, ibrat olish; o‘z xatti-harakati, fikr-mulohazalariga tanqidiy yondasha olish, o‘zini nazorat qila bilish, og‘zaki va yozma matnlar mazmuniga to‘g‘ri baho bera olish. A2+
Ona tilidan fanga oid kompetensiyalar (dastlabki loyihada) Mustaqil va ijodiy fikrlashkompetensiyasi Nutqiy (lingvistik)kompetensiya Sosiolingvistik kompetensiya Pragmatik kompetensiya Download 1.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling