Ona tili va adabiyot fanidan
Kurs yakunida tinglovchilarning bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalariga qo‘yiladigan talablar
Download 1.44 Mb.
|
2020 metodika ona tili majmua
Kurs yakunida tinglovchilarning bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalariga qo‘yiladigan talablar:
“Ijtimoiy modullar”, “Umumkasbiy modullar” va “Mutaxassislik” o‘quv modullari bo‘yicha tinglovchilarning bilim, ko‘nikma, malaka va kompetentsiyalariga qo‘yiladigan talablar tegishli ta’lim sohasi bo‘yicha pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish mazmuni, sifati va ularning tayyorgarligi hamda kompetentligiga qo‘yiladigan malaka talablari bilan belgilanadi. Malaka oshirish kursi bo‘yicha tinglovchilar quyidagi yangi bilim, ko‘nikma, malaka hamda kompetensiyalarga ega bo‘lishlari talab etiladi: Tinglovchi: -Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun, O‘zbekiston Respublikasi umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi Nizom va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar mazmunini; -xalq ta’limi tizimida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishning kontseptual asoslarini, kontseptsiyalarini va huquqiy-me’yoriy asoslarini; -ta’lim sohasidagi davlat siyosati va uni amalga oshirish bo‘yicha ta’lim muassasalarining vazifalarini; kompetentsiyaviy yondashuvga asoslangan DTS, o‘quv dasturlari, darslik, 184
o‘quv qo‘llanmalar mazmunini; -o‘quvchilar bilim, ko‘nikma va malakalarini baholashga qo‘yiladigan talablarni; -ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan pedagogik, va axborot texnologiyalarini; ta’lim sohasidagi innovatsion faoliyat asoslarini bilishi; -darslarni kompetentsiyaviy yondashuv asosida tashkil etish va o‘quv-uslubiy materiallar yaratish; -darslarda o‘quvchilar faoliyatini nazorat qilish va baholash metodlaridan foydalanish; - sinf va maktabdan tashqari ishlarni tashkil qilish; -darslarda buyuk ajdodlarimiz ilmiy merosidan foydalanish; -darslarda pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish; ona tili faniga oid olingan bilimlarni amalda qo‘llash ko‘nikmalariga; nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalarni pedagogik faoliyatda qo‘llay olish; ona tili fanini o‘qitishga oid ta’lim metodlaridan foydalana olish; -dars jarayoniga pedagogik va innovatsion texnologiyalarni qo‘llash; zamonaviy talab va yondashuvlar asosida dars ishlanmalarini tayyorlash, dars kuzatish va uni tahlil qilish; -o‘quvchilar egallagan bilim, ko‘nikma, malaka va kompetentligini nazorat qilish va baholash malakalariga; -malaka oshirish kursida darslarni tashkil etishga oid nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llanilishini tahlil qilish hamda kasbiy faoliyatda foydalanish; ona tili fanini tashkil etish tamoyillari va nazariy tushunchalardan amaliyotda foydalanish; -pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan innovatsion o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish va olib borish; -ta’lim-tarbiya jarayoniga oid dars ishlanmalarini yaratish kompetensiyasiga ega bo‘lishi lozim. Kurs hajmi Malaka oshirish kursi 144 soatni tashkil etadi. O‘quv yuklamasi haftasiga 36 soat etib belgilangan. Malaka oshirish yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim dasturlarini to‘liq o‘zlashtirgan va Attestasiyadan muvaffaqiyatli o‘tgan kurs tinglovchilariga davlat namunasidagi sertifikat beriladi. Download 1.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling