3-mavzu. Zamonaviy ta’lim vositalaridan foydalanish. 2 soat amaliy mashg‘ulot
Zamonaviy dars va uning asosiy belgilari. Ona tili va adabiyot fani bo‘yicha darsdan tashkari mashg‘ulotlarda pedagogik va innovatsion, o‘yinli texnologiyalardan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish. Ona tili va adabiyot fanlaridan dars ishlanmasini yaratish va loyihalashtirish.
4-mavzu. Ta’limga STEAM yondashuv va kreotivlik. 2 soat amaliy mashg‘ulot
Ona tili va adabiyot fanini o‘qitishda STEAM dasturidan foydalanish. Darslarni integratsion tarzda tashkil etish. O‘quvchilar kreotivligini oshirish, didaktik o‘yinli darslarning turlari: syujetli-rolli, kreotivlik, o‘yin mashqlar, didaktik o‘yinlarni o‘tkazish: tayyorgarlik, o‘yin jarayoni, tahlil va umumlashtirish bosqichlari, o‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish yo‘llari bilan tanishtirish, didaktik o‘yinli darslarni o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar berish, ushbu darslarda
186
foydalaniladigan didaktik materiallarni tayyorlash ko‘nikmalarini hosil qilish.
5-mavzu. O‘quvchining o‘quv loyihaviy faoliyatini tashkil etish metodlari. 2 soat amaliy mashg‘ulot
O‘quvchilarni loyihalah texnologiyasiga o‘rgatish. Loyihalar yaratish usullarini shakllantirish. O‘quvchilarda loyihalar orqali didaktik o‘yinli darslarning o‘ziga xos hususiyatlari, mazmuni va mohiyatini o‘rgatish.
6-mavzu. O‘qish savodxonligini rivojlantirishning maqsad va vazifalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |