Ona tili va adabiyot fanidan
O‘quv dastur va darsliklarda so‘z turkumlarining berilish tartibi
Download 1.44 Mb.
|
2020 metodika ona tili majmua
3. O‘quv dastur va darsliklarda so‘z turkumlarining berilish tartibi.
Ona tili darsligi til ta’limining maqsad, vazifa va mazmuni asosida yaratiladi, maktabda o‘rganiladigan barcha sinflar uchun darsliklar bir-biriga bog‘liq holda tuziladi va ta’limning uzviyligiga amal qiladi. Darslik davlat ta’lim standartida belgilangan bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga xizmat qilmog‘i lozim. Bugungi kunda jahon andozalariga har jihatdan mos keladigan, milliy mustaqillik g‘oyasini o‘zida aks ettiradigan mukammal darsliklar yaratish dolzarb muammoga aylanadi. Shu bois “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”, “Uzluksiz ta’lim tizimi uchun o‘quv-adabiyotlarining yangi avlodini yaratish konsepsiyasi” talablari asosida umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun yangi mazmundagi darslik va o‘quv qo‘llanmalari yaratilmoqda. Bu borada xalq ta’limi tizimida amaliy ishlar olib borilayapdi. Osiyo taraqqiyot bankining kredit moblag‘lari hisobidan “Umumta’lim maktablari uchun darslik va o‘quv adabiyotlarini nashr qilish tizimini takomillashtirish” loyihasi doirasida yangi avlod darsliklarini tanlov asosida yaratish ishlari keng yo‘lga qo‘yildi. Bu borada ma’lum natijalarga erishildi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun ona tili darsliklarining yangi avlodi maydonga keldi. -5-sinf uchun “Ona tili” darsligi N.Mahmudov, A.Nurmanov, A.Sobirov, V.Qodirov, Z.Jumaboyevlar muallifligida yaratildi. T-2007 y. -6-sinf uchun “Ona tili” darsligi N.Mahmudov, A.Nurmanov, A.Sobirov, V.Qodirovlar; -7-sinf darsligi, 8-sinf darsligi M.Qodirov, H.Ne’matov, M.Abduraimova, 86 R.Sayfullayeva; -9-sinf darsligi H.Ne’matov, N.Mahmudov, A.G‘ulomov, R.Sayfullayeva, M.Abduraimovalar tomonidan yaratilgan. Bu darsliklar va shu darsliklar uchun yozilgan “O‘qituvchi” metodik qullanmalari “Darsliklar tanlovi”da g‘olib bo‘lgan. Jumladan, 5-sinf darslik-majmua o‘quvchiga murojat bilan boshlanadi. U dasturga muvofiq tarzda ona tili haqidagi boshlang‘ich umumiy tushunchalarni shakllantirish uchun mo‘ljallangan ixcham nazariy lavha bilan boshlangan. Dastalb tilning ijtimoiy hodisa ekanligi haqida ixcham kirish suhbat berilgan. Darslik bolalarning yosh xususiyatlari, qiziqishlari, adabiy tayyorgarlik darajalarini e’tiborga olgan holda bir necha ruknlarga bo‘lingan. Ular quyidagicha nomlanadi: Kirish. Takrorlash. Sintaksis va punktuasiya. Morfologiya. Fonetika. Grafika. Leksikologiya. O‘quv yili oxirida takrorlash. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘qitiladigan ona tili ta’limining uzviyligini quyidagicha tushuntirish mumkin: Ona tili ta’limi bosqichlari (1-4 va 5-9-sinflar orasidagi hamda til bo‘limlari mavzularning joylashtirilishi, bunda, albatta, soddadan murakkabga va nazariya va amaliyot uyg‘unligi hisobga olinishi zarur) o‘rtasidagi (vertikal) uzviylik. Bu jarayonda muayyan ona tili ta’lim mazmunining avvalgisi bilan uzviy bog‘langan holda, uni keyingi ta’lim bosqichlarida davom ettirish ta’minlanadi. Ona tili ta’limining boshqa o‘quv fanlari orasidagi (gorizontal) uzviylik. Bunda ta’lim muassasalarida o‘qitilayotgan boshqa fanlar bilan uzviy bog‘lash ta’minlanadi. Ona tili ta’limidagi asosiy vazifalardan biri o‘quvchilarga o‘zlarining shaxsiy fikrlarini ifodalashga o‘rgatishdir. Bu boshlang‘ich sinflardan boshlanib umumiy o‘rta ta’lim maktablarida davom ettirilishi, rivojlantirilishi, takomillashtirilishi maqsadga muvofiqdir. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari o‘quvchilariga birinchi qadamlardan boshlab mazmunli fikrning aniq, tushunarli va to‘g‘ri tuzilgan bo‘lishi o‘z-o‘zidan ravshanlashadi. Ana shunday sharoit ularning nutqiy ko‘nikmalarini maktabning keyingi sinflarida yanada rivojlantirish imkonini beradi. Umumiy o‘rta ta’limning ona tili predmetida uzviylik va uzluksizlik tilning alohida sathlarini o‘rganish tarzida ta’minlangan. Unga ko‘ra 5-sinfda sintaksis, morfologiya haqidagi dastlabki ma’lumot beriladi. Bunda kesim, ixcham gap, sodda yoyiq gap, hol, to‘ldiruvchi, aniqlovchi, gap qoliplari, so‘z birikmasi, uyushiq bo‘laklar, undalma, qo‘shma gap, ko‘chirma gap; mustaqil va yordamchi so‘zlar, bog‘lovchilar, ko‘makchilar, yuklamalar haqida dastlabki tasavvurlar hosil qilish ko‘zda tutilgan. Leksikologiya sohasida esa uyadosh so‘zlar, ma’nodosh so‘zlar, zid ma’noli so‘zlar, shakldosh so‘zlar, takror so‘zlar haqidagi tushunchalarni o‘rgatish rejalashtirilgan. Ona tilining izchil kursida esa bu sinfda fonetika va leksikologiyani o‘rganish asosiy ish mazmunini tashkil etadi. 87 5-7-sinflarda morfologiya, 8-sinfda sintaksis (sodda gap), 9-sinfda qo‘shma gap o‘rganiladi. Ko‘rinadiki, umumiy o‘rta ta’lim maktabidagi ona tili ta’limi sathlararo uzviylikka tayanadi. Maktabda ona tili o‘qitish fonetika, grafika, leksika, so‘z yasash, morfologiya, sintaksis va punktuasiyani o‘zida birlashtirgan ekan, bu sistemalilik va izchillik prinsipiga to‘la mos tushadi. O‘quvchilarga fonetika va grafika haqida ma'lumot bermasdan leksika haqida bilim berib bo‘lmaydi. Tilning leksik boyligi bilan tanishish so‘z yasash, so‘z qurilishi, so‘z turkumlari haqida asosli bilim berishga imkon yaratadi. Shuning uchun leksika bo‘limi morfologiyadan oldin o‘rganiladi. Morfologiyada o‘quvchilar har bir so‘z turkumini o‘rganish davomida so‘z yasash usullari bilan kengrok tanishib boradilar. Ot haqida puxta bilim olgan o‘quvchi sifat, son, olmosh kabi mavzular bo‘yicha beriladigan bilimlarni ortiqcha qiyinchiliksiz o‘zlashtirib oladi. Gap bo‘laklari haqida ma'lumot olmay turib, undalma va kirish so‘zni o‘zlashtirib bo‘lmaydi. Download 1.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling