Ona tili va adabiyot menga tilagan barcha
Download 169.44 Kb. Pdf ko'rish
|
30talik 27
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hammaga OMAD:))
ONA TILI VA ADABIYOT Menga tilagan barcha tilaklaringizga, mendan oldin erishing! Rasmiy kanali @Mr_Azamjon_blogger Tuzuvchi: A’zamjon ALIJONOV Hammaga OMAD:)) 1. Qaysi gapda o‘z sinonimi o‘rniga xato qo‘llangan ot qatnashgan? A)Qizini yer-ko‘kka ishonmagan ona uni katta dabdaba bilan uzatishni orzu qilardi. B)Cholning ovozi o‘zgardi, o‘pkasi to‘ldi, shekilli, birpas osuda qolib, keyin gapirdi. C)Birozdan keyin ona o‘g‘ilchasi Xoliqjonning beg‘ubor basharasiga engashib tikildi. D)Bazzoz do‘konini katta o‘g‘liga qoldirib, har kuni asir namozini uyiga kelib o‘qir edi. 2. Qaysi gapda fe’l+fe’l tipidagi qo‘shma fe’l qatnashgan? A)Kech kuz kelib barglar sarg‘ayib to‘kilmoqda. B)Oygul turishi bilan saroy charaqlab ketdi. C)Majnuntol suvga egilib, salom berayotir. D)Xushxabar olib kelgan yigitga hamma quvonch bilan tikildi. 3. Barcha gap bo‘laklari joylashuvi quyidagi shartli belgilarga to‘liq mos keladigan gapni aniqlang. ::::: . . . . . . A)Sayyohlar chaqqon-chaqqon harakatlanib qirga ko‘tarila boshlashdi. B)Siz unga ravon so‘zlamoqni o‘rgating. C)Ikrom har kuni kichik ukasini maktabga olib boradi. D)Men bu kitobni ko‘p o‘qiganman . 4. Charchamang, ko‘zlarim, boqay to‘yguncha, Bu zavq daryosidan shimir, ey ko‘ngil. Ushbu parchada qatnashgan fe’llar haqidagi qaysi fikr to‘g‘ri emas? A)Asosi o‘z shakldoshiga ega bo‘lgan ravishdosh qatnashgan. B)Ushbu gapdagi kesim vazifasida kelgan fe’llar buyruq-istak maylida qo‘llangan. C)Sifatdosh shaklidagi o‘timsiz fe’l qatnashgan. D)Ushbu gapda hokim qismga bitishuv usulida tobelangan fe’l qatnashgan. 5. Quyida berilganlardan tarkibidagi barcha undoshlari jarangli til undoshlariga mansub bo‘lgan yasama so‘zlarni aniqlang. 1) yolg‘izlik; 2) teshik; 3) guldor; 4) yozgi; 5) jigarrang; 6) diyor A) 4, 5, 6 B) 1, 2, 3, 6 C) 1, 3, 4, 5 D) 3, 4, 5 6. Qaysi javobdagi ma’lumot "Qisasi Rabg‘uziy" haqida? A)Unda to‘rtta asosiy qahramon: Kuntug‘di, Oyto‘ldi, O‘zg‘urmish va O‘gdulmishga ezgu tushuncha timsoli yanglig‘ qaralgan. B)Unda uch og‘a-ini sarguzashtlari o‘rin olgan. Sherni o‘ldirgan to‘ng‘ich bahodirning qahramonligi ham aks ettirilgan. C)U Nosiruddin To‘qbug‘aning iltimosiga ko‘ra yozilgan bo‘lib, unda asosan payg‘ambarlar hayoti hikoya qilingan. D)Unda Eltarish xoqonning Tabg‘achda tarbiyalangan, keyinchalik turk xalqini yig‘ib "shad" unvonini olgan maslahatchisi va sarkardasining qahramonliklari aks etgan. 7. Qaysi gapda vositali to‘ldiruvchiga tobelanib kelgan vositasiz to‘ldiruvchi qatnashgan? A)Ey farzand, hamisha fozillar bilan hamsuhbat bo‘lishni o‘zingga odat qil. B)Bema’ni fikrlar har kimda ham bo‘ladi, faqat aqlli kishigina uni aytmaydi. C)Til do‘stlik va hamjihatlikni qaror toptirishning eng qulay vositasidir. D)Yaxshi insonni hatto hasadchilar ham maqtashga majbur bo‘ladilar. 8. Qaysi javobdagi ma’lumot “Fanorchi ota” hikoyasi haqida emas? A)Ushbu hikoyada tasvirlanishicha, mahalla bolalari ichida keksa kishi himoyasiga dadil chiqa oladigan Ahmad singari mard bolalar ham paydo bo‘ladi. B)Hikoyadan XX asr boshlaridagi ko‘hna Toshkentning g‘ala-g‘ovur ko‘chalari manzarasi, bo‘zchilarning hayot tarzini ifoda etuvchi parcha ham o‘rin olgan. C)Ushbu hikoyada har kuni bir zararkunandalikni o‘ylab topadigan battol Qosim cho‘loq ishtirok etadi. D)Hikoyada keksa kishining insoniy hislari beboshliklar qilib kekkayib turgan, keksa kishi ustidan “piq-piq” kulib turgan bolalar ko‘ngliga ko‘chishi ustalik bilan tasvirlangan. 9. Imloviy jihatdan xato yozilgan hol qatnashgan gapni aniqlang. A)Yurtimiz yuksalishiga ulkan hissa qo‘shib kelayotgan ko‘plab yurtdoshlarimiz munosib taqdirlandi. B)Hamshiraning xushmuomalalik bilan aytgan o‘sha so‘zlari uni anchagacha chuqur o‘yga toldirib qo‘ygandi. C)Otaxonning dovdirab, nima deyishni bilmay tutulib gapirganini ko‘rgan yigit unga dalda bermoqchi bo‘ldi. D)Qisqa vaqt ichida oliygohning o‘quv binolari qayta ta’mirlanib, foydalanishga topshirildi. 10. Qaysi javobdagi ma’lumot Navoiyning "Bo‘ldum sanga" radifli g‘azali haqida emas? A)G‘azalda radif bo‘lib kelgan so‘z radifning o‘zida 8 bor qo‘llanishidan tashqari, yana 12 (jami 20) bor takroriy tarzda qo‘llanadi. B)G‘azal matla’sida: "Husningni ko‘rish uchun senga zor-u asir bo‘lib qoldim. Senga oshno bo‘lgan kunim qanday balolik kun ekan?" degan mazmun ifoda etilgan. C)Ushbu g‘azalning begona baytida "Jomi Jam" va "Xizr suyi" tushunchalari yordamida talmeh san’ati yaratilgan. D)Ushbu g‘azal maqta’sida ishtiqoq san’atining ajoyib namunasi yaratilgan. 11. Qaysi javobdagi gapda aniqlovchi vazifasida kelgan tovushga taqlidni bildirgan so‘z qo‘llangan? A)Shoikrom onasining barmoqlari tars-tars yorilib ketganini endi payqadi. B)Kimdir ertalabdan darvozani taq-taq urardi. C)Namoz g‘azabi oshib, dag‘-dag‘ qaltiray boshladi. D)Yetti qaroqchi yulduzi tik kelganda g‘o‘ng‘ir-g‘o‘ng‘ir ovozdan uyg‘onib ketdim. 12. O‘rik ra’noguldoshlar oilasiga mansub mevali daraxt. Mevasi etli, yumaloq, tuxumsimon, oq, sariq, qizg‘ish. Ushbu parchada necha o‘rinda yasama so‘zlar qatnashgan? A) 5 B) 7 C) 6 D) 4 13. Bukun, ey do‘stlar, farzandi jononimni sog‘indim, Gado bo‘lsam ne ayb, ul shohi davronimni sog‘indim. . . misralari orqali sog‘inch iskanjasidagi tuyg‘ularini ifoda etgan ijodkor kim? A) Nodira B) Bobur C) Uvaysiy D) Furqat 14. Qaysi javobdagi ma’lumot to‘g‘ri emas? A)"Farhod va Shirin" dostoni "Qutadg‘u bilig" dostoni bilan o‘zaro bir xil vaznda yozilgan. B)"Hayrat ul-abror" dostonidagi maqolatlar so‘ngida mavzuni dalillash, uni hayotiy asoslash maqsadida hikoya yoki masal keltiriladi. C)"Farhod va Shirin" dostoni ishqiy-sarguzasht xarakteridadir. Muallif bu asarni "shavq dostoni" deb ataydi. D)"Hayrat ul-abror" dostonidagi "Salotin bobida" nomli uchinchi maqolat adibning adolat haqidagi qarashlarini o‘rganishda muhim ahamiyatga ega. 15. Boysariga: "Bu alplarni kuyov qilib olamiz, Mina elga toza erkin bo‘lamiz", deya qalmoq alplariga qizini berishni maslahat bergan qahramon kim? A) Qultoy B) Yortiboy C) Ko‘sa sinchi D) Qo‘shquloq 16. Quyida berilgan qaysi fe’llarning asosida ifodalangan o‘timli-o‘timsizlik ma’nosi nisbat qo‘shimchasi ta’sirida o‘zgargan? 1) ko‘rsatmoq; 2) ajratmoq; 3) qiynalmoq; 4) o‘qitmoq; 5) tomizmoq; 6) supurishmoq A) 2, 3, 5 B) 1, 4, 5, 6 C) 1, 4, 6 D) 2, 3, 4, 5 17. Qaysi javobdagi gaplar juftligida o‘zaro asosdosh so‘zlar qatnashgan? A)Qovunning bir tilimini arang yedi. Bechora tilsiz jonivor zo‘rg‘a chidab turardi. B)Bemor sog‘ayish uchun astoydil harakat qildi. Ne’mat akalarning ikkita sog‘in sigiri bor. C)Shuni bilginki, bolali uy bozor. Bugun do‘stim bilan bolaligimizni eslab rosa kuldik. D)Qishloqning chekkasida kattagina tutzor yastanib yotar edi. Oradan biroz vaqt o‘tgach xonaga tutqunni olib kirishdi. 18. Osiyo chempionatida "Qatar" terma jamoasi "Yaponiya" milliy jamoasini yutdi. Ushbu gapda yutmoq so‘zi qaysi ma’noda qo‘llangan? A)o‘z qa’riga tortmoq B)yengmoq, mag‘lub etmoq C)biror nima deyishdan o‘zini tiymoq, oshkor qilmaslik D)ichmoq, yemoq 19. ". . . uzun bo‘ylik, qora cho‘tir yuzlik, chag‘ir ko‘zlik, chuvoq soqol, o‘ttuz besh yoshlarda bo‘lg‘an ko‘rimsiz bir kishi edi. Bu yigit yaxshig‘ina davlatmand bo‘lsa ham, lekin shuhrati nima uchundir boyligi bilan bo‘lmay, ¾. . . xotinboz¿ deb shuhratlangan, kishilar (uning) orqasidan so‘zlashkanda uning otig‘a taqilg‘an laqabni qo‘shib aytmasalar. . . " U Ziyo shohichining qaynisi, Rahmatning tog‘asi edi. Ushbu parchada "O‘tkan kunlar" romanidagi qaysi qahramon ta’riflangan? A) Homidboy B) Akram Xoji C) Usta Alim D) Mirzakarim qutidor 20. Qaysi javobda Chingiz Aytmatovning romanlari berilgan? A)"Qiyomat", "Tungi parvoz" B)"Kassandra tamg‘asi", "Tog‘lar qulaganda" C)"Oq bayroqlar", "Abadiyat qonuni" D)"Asrga tatigulik kun", "Yuzma-yuz" 21. Qaysi javobdagi ajratib ko‘rsatilgan so‘zda metafora usuli orqali ma’no ko‘chishi yuz bergan? A)O‘zbek Navoiyni o‘qimay qo‘ysa, Oltin boshning kalla bo‘lgani shudir. B)Olti oykim do‘stlarim ham pana-panada, Iste’dodim so‘nganidan qilar karomat. C)Kurash bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada Qashqadaryo birinchi o‘rinni egalladi. D)Inshoolloh, mehribon qo‘llar sizni qo‘llab yuborar. 22. "Odamlarning soddaligi! Odamlarning sofligi. . . aziz armonlari. Yo‘q, bular meni bu dunyoga sig‘dirmaydi. Men qayoqqa borishim kerak? . . . Qora yerda men yotsam bo‘lmasmidi! . . . Men yana o‘zimni o‘ylayapman. Nahotki shundan boshqaga yaramasam?.. Yarar edim, o‘sha bir zum daqiqadan o‘tib olsam, albatta yarar edim. Lekin endi. . . endi kech. Bir zumlik xato. Bir nafas tubanlik. . . uni endi butun hayotni berib ham tuzatib bo‘lmaydi". Ushbu lavhada tasvirlangan, alamli iztiroblar ichida qolgan adabiy qahramon nomi keltirilgan javobni aniqlang. A)Akbarali ("Chinor") B)O‘rozqul ("Qutlug‘ qon") C)Tursunboy ("Ufq") D)Shoikrom ("Urushning so‘nggi qurboni") 23. O‘zingiz ko‘rib turgan edingiz: mening hayotim masalasi, qalbim masalasi hal bo‘lmoqda edi. Ushbu gapdagi ikki nuqtaning qo‘llanish sababi qaysi javobda to‘g‘ri izohlangan? A)o‘zidan oldin kelgan bo‘lak ma’nosini izohlab kelgan ajratilgan bo‘lak qo‘llangani uchun B)qo‘shma gap qismlari orasida izohlash munosabati ifodalangani uchun C)uyushiq bo‘laklardan oldin umumlashtiruvchi bo‘lak qo‘llanganligi uchun D)qo‘shma gap qismlari orasida o‘xshatish munosabati ifodalangani uchun 24. Qaysi javobdagi baytda tazod san’atidan foydalanilgan? A)Anda bir shoh hokim-u voliy, Mulki ma’mur-u himmati oliy. B)Fasli navbahor o‘ldi ketibon zimistonlar, Do‘stlar, g‘animatdur, sayr eting gulistonlar. C)Ko‘z bila qoshing yaxshi, qabog‘ing yaxshi, Yuz bila so‘zing yaxshi, dudog‘ing yaxshi. D)Ilohi, har kuning navro‘z bo‘lsun, Hamisha toleying feruz bo‘lsun. 25. Ergash gapi tarkibida qo‘shma ot ishtirok etgan ega ergash gapli qo‘shma gapni aniqlang. A)Shundan ehtiyot bo‘lingki, qoraqurt zahri odam uchun juda xavflidir. B)Shu narsa aniqki, kaltafahm odamdan yaxshi gap chiqmaydi. C)Shu ma’lumki, dengiz toshbaqalarining oyoqlari eshkak vazifasini o‘taydi. D)Kimki g‘azalni chiroyli o‘qisa, u mana shu tillaqosh bilan taqdirlanadi. 26. Hunarmand yigit o‘z kasbini, uyini, bola-chaqasini qadrlaydi, u mehnat qilib tinch va osuda yashaydi. Ushbu gapdagi so‘z birikmalari haqida berilgan to‘g‘ri ma’lumotni aniqlang. A)Otli so‘z birikmalarining tobe qismlari to‘ldiruvchi vazifasini bajargan. B)Boshqaruvli so‘z birikmalarining hokim qismi uyushib kelgan. C)Fe’lli so‘z birikmalarining barchasida tobe qism hol vazifasini bajargan. D)Bitishuvli so‘z birikmalarining hokim qismlari ega va kesim vazifasini bajargan. 27. Qaysi javobdagi barcha so‘zlar to‘g‘ri yozilgan? A)suiiste’mol, chopqi, milliard B)stadion, cholg‘u, suiste’mol C)milliyard, tuyg‘u, ukrayin D)ukrain, kulgi, tuyg‘i 28. “Muzqaymoq” hikoyasida “yosh, xushqad, xushsurat yigitcha” deb tasvirlangan, bolaning oilasi boshiga kulfat tushgunga qadar ularning uyiga bo‘zchining mokisidek qatnagan, ammo otasi qamalgandan keyin qorasini ham ko‘rsatmay ketgan, hattoki uni “Ha, qashqirdan tug‘ilgan qashqircha!” deb haqoratlagan ikkiyuzlamchi qahramon kim? A)qamoqxona qorovuli B)komsomol qo‘mitasining kotibi C)rus kapitanlaridan biri D)bolaning pochchasi 29. Ijodkorning ilmiy izlanishlarining mevasi o‘laroq, birin-ketin uning "Eng eski turkiy adabiyot namunalari", "O‘zbek adabiyoti namunalari", "Sharq shaxmati", "O‘zbek klassik musiqasi va uning tarixi", "Fors shoiri Umar Xayyom" singari ilmiy asarlari dunyoga keldi. Ushbu ma’lumot qaysi ijodkor haqida? A) Abdulla Avloniy B) Abdulla Qodiriy C) Abdulhamid Cho‘lpon D) Abdurauf Fitrat 30. Yurak, sen mening sozimsan. Ushbu gap haqida berilgan qaysi ma’lumotlar to‘g‘ri? 1. Ushbu gap egasi yashiringan gap sanaladi. 2. Ushbu gap tarkibida sodda ot kesim qatnashgan. 3. Ushbu gapdagi so‘zlar tarkibida qatnashgan ismning munosabat shakllari soni 3ta. 4. Ushbu gapda qaralmish ega vazifasini bajargan. A) 3, 4 B) 1, 2 C) 1, 3 D) 2, 3 Download 169.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling