Ona tili va adabiyot quyida berilganlardan tarkibidagi barcha undoshlari


Download 180.9 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana07.05.2023
Hajmi180.9 Kb.
#1441288
1   2   3
Bog'liq


ko‘rgazmasida oltin medalni qo‘lga kiritdi. Ushbu


gapdagi sodda yasama so‘zlar haqida berilgan to‘g‘ri 
ma’lumotni aniqlang. 
A) Yasama so‘zlarning barchasi fe’ldan yasalgan.
B) Ushbu gapda ot va sifat turkumiga oid yasama
so‘zlar qatnashgan.
C) Yasama so‘zlar ega va aniqlovchi vazifasini
bajargan.
D) Ushbu gapdagi yasama otlarning barchasi o‘rin-joy
otlariga mansub.
14. Mamlakat...(1) kichik bir qismi bo‘lgan oila...(2)
tinchligi...(3) asraylik.
Mazkur gapda raqamlar bilan belgilangan ko‘p 
nuqtalar o‘rnida adabiy til me’yorlariga ko‘ra qaysi 
kelishik qo‘shimchalari qo‘llaniladi?
A) 1, 3 – tushum kelishigi; 2 – qaratqich kelishigi
B) 1, 2 – qaratqich kelishigi; 3 – tushum kelishigi
C) 1, 2 – tushum kelishigi; 3 – qaratqich kelishigi
D) 1 – qaratqich kelishigi; 2, 3 – tushum kelishigi
15. Ozuqa zaxiralarimizning hammasi ertaga bitadi.
Ushbu gapda bitmoq so‘zi qaysi ma’noda qo‘llangan? 
A) o‘sib-unmoq
B) yozuv orqali ifodalamoq
C) tugamoq, tamom bo‘lmoq
D) et unib, birikib tuzalmoq
16. Qo‘shma turdosh ot qatnashgan gapni toping.
A) Men beshiktebratgichda osilib turmish ko‘ztumor
bilan to‘qqizko‘z munchoqni uzib-uzib oldim.
B) Gulnor shu tobda yolg‘izlikni, tinchlikni istar edi.
C) O‘shanday tepki hali es-hushini o‘nglab ololmagan
Hamroqulning ham ko‘kragiga tushdi.
D) Bizlar xizmatkor odam - nimani bilaylik, to‘ram!
17. Ota, javobingni berdim, jo‘nagin!
Bundan keyin sovchi bo‘lib kemagin!
Har kimni tengiga qo‘sh-da, vallamat,
Menga munday tuzsiz so‘zni demagin. 
Ushbu parchada qaysi doston qahramonining otasiga 
qarab aytgan so‘zlari berilgan?
A) “Kuntug‘mish” B) “Oygul bilan Baxtiyor”
C) “Ravshan” D) “Alpomish”
18. Qaysi javobdagi ma’lumot “Kuntug‘mish”
dostoniga oid emas?
A) Otasi oshiq yigitga lashkarlar ichidan qirq yigitni
ayirib beradi, qirq xachirga zar ortib beradi va uni oq
fotiha bilan Zangar yurtiga kuzatadi.
B) Doston qahramoni dinini o‘zgartirish haqidagi
amaldorlarning taklifini rad etib, o‘z dinidan,
e’tiqodidan kechmasligini aytadi.
C) Doston qahramoni bir kosa suv va bir non evaziga
buloqni egallab yotgan ajdahoni o‘ldirish shartini ado
etadi.
D) Buvraxon avval oshiq va ma’shuqani mudhish
jazoga mahkum etadi, keyinroq Azbarxo‘ja xiyonati
tufayli mashaqqatlarga duch kelishganini eshitib,
ularni afv etadi.
19. Ko‘ngluma har yonki boqsam, dog‘i bor,
Har necha dardimni desam, dog‘i bor.
Qilcha tanga bori ishqing yor edi,
Bir sori bo‘ldi firoqing, dog‘i bor.
Ushbu she’r haqidagi qaysi ma’lumot to‘g‘ri emas? 
A) Ushbu she’r mumtoz adabiy janrlardan biri bo‘lgan
tuyuq janrida yozilgan.
B) Ushbu she’r Navoiy qalamiga mansub she’r
sanaladi.
C) She’r qofiyalari “dog‘i bor” (1-misra), “otashi bor”
(2-misra), “yana (tag‘in) bor” (4-misra) ma’nolarini
bildiradi.
D) She’rda tajnis san’atining ajoyib namunasi
yaratilgan.
20. Musa Jalilning bastakor Jiganov bilan hamkorlikda
yozilgan, davlat mukofoti bilan taqdirlangan operasini
toping.
A) “O‘rtoqqa” B) “Xat tashuvchi”
C) “Oltinsoch” D) “Ordenli millionerlar”
21. Qaysi dostonda shaxslarning ismi jonivorlarning
nomidan kelib chiqib qo‘yilgan?
A) “Kuntug‘mish” B) “Alpomish”
C) “Ravshanxon” D) “Rustamxon”
22. Quyidagi misralar Navoiy “Xamsa”sining qaysi
dostonidan olingan?
Xushdurur bog‘i koinot guli,
Borchadin yaxshiroq – hayot guli… 
A) “Farhod va Shirin” B) “Sab’ai sayyor”
C) “Saddi Iskandariy” D) “Layli va Majnun”
23. Quyidagi qaysi ma’lumot Abay haqida emas?
A) Ijodkor Iroqning Bag‘dod, Hilla, Najaf degan
shaharlarida hayot kechirgan. Umrining oxirida o‘zi


tug‘ilib-o‘sgan Karbaloga ko‘chib kelgan. Shu yerda 
vabo kasalligidan vafot etgan.
B) Uning falsafiylik bilan yo‘g‘rilgan “Iskandar”,
“Mas’ud”, “Azim rivoyati” kabi dostonlari hozirgacha
el orasida mashhur.
C) Ijodkorning ijodi yoshlik chog‘laridan she’r yozish
va o‘lan aytishdan boshlangan, u o‘zigacha og‘zaki
kuylab kelingan o‘lanlarni yozma adabiyotga olib
kirgan.
D) Uning ijodiy merosining salmoqli qismini xalqni
ilm-ma’rifatga, madaniyatga da’vat qiluvchi “Naqliya
so‘zlar” majmuasi tashkil etadi.
24. Ayoqingg‘a tushar har lahza gisu,
Masaldurkim: “Charog‘ tubi – qorong‘u”. 
Ushbu bayt muallifini aniqlang.
A) Zahiriddin Muhammad Bobur
B) Muhammad Fuzuliy
C) Mavlono LutfiyD) Alisher Navoiy
25. Shukurga alam qildi. Ermatga qo’lini musht qilib

Download 180.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling