Fe’l so’z turkumi (6-sinf) kod: 008 Qaysi gapda sifat va fe’l turkumiga oid yasama so‘zlar qatnashgan?


Download 21 Kb.
Sana14.03.2023
Hajmi21 Kb.
#1268047
Bog'liq
FE\'L TEST KOD ;OO8


FE’L SO’Z TURKUMI (6-SINF) KOD:008
1. Qaysi gapda sifat va fe’l turkumiga oid
yasama so‘zlar qatnashgan?
A) Darhaqiqat, shoirning yuragi pok
tuyg‘ulardan oziqlanadi.
B) Qizni bu qo‘rqinchli shubhalar qiynardi.
C) Qo‘lining harakatlari bilan xalqqa
tinchlanishni buyurdi.
D) Shoir bilimsiz tabiblarni jallod shogirdiga o‘xshatadi.
2. Tarkibida sifat, ot va fe’l turkumiga oid
yasama so‘zlar ishtirok etgan gapni aniqlang.
A) Shoirning qalbi samimiy va beg‘ubor
tuyg‘ulardan oziqlansa, uning ijod daraxti
gurkirab bo‘y cho‘zadi.
B) Endi uni harbiy mashq va ta’limning
mashaqqatli sinovlari, yangi kasb, yangi
do‘stlar kutmoqda edi.
C) Tal’at shimining cho‘ntagidan taroq olib,
sochini tekislarkan, tag‘in jilmaydi.
D) Ertalabki choy ustida picha
hangomalashgach hammamiz yo‘lga otlandik.
3. Qaysi javobda shakldoshiga ega bo‘lgan
asosdan yasalgan yasama so‘z berilgan?
A) tushirtirmoq B) changimoq
C) oqimtir D) davolamoq
4. Qaysi gapda ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi mavjud emas?
A) Mix bolg‘adan qutulaman deb, taxtaga
kirib ketdi.
B) U boshlagan ishni chala tashlab qo‘ya
olmas edi.
C) Oshna, oy botib, yulduzlar birin-ketin
. so‘na boshladi.
D) Hozir dolzarb payt, barcha yeng shimarib
ishlamoqda.


5. Qaysi gapda vubormoq fe’li ko‘makchi fe’l bo‘lib kelmagan?
A) Shunda ho‘kiz shoxini yog‘layotgan
xojayinini suzib yuboribdi.
B) Ular yerni kovlab kirolmabdilar, lekin bir
zumda allaqancha yerni o‘yib yuboribdilar.
C) Otashkurak xo‘rozga tegib, uni bir necha
marotaba yumalatib yuboribdi.
D) Sinf rahbarimiz, Hasan aka, menga
bildirmay G‘anini uyimga yuboribdilar.
6. Qaysi gapda fe’l + fe’l tipidagi qo‘shma fe’l
qatnashgan?
A) Majnuntol suvga egilib, salom
berayotir.
B) Oygul turishi bilan saroy charaqlab
ketdi.
C) Xushxabar olib kelgan yigitga hamma
quvonch bilan tikildi.
D) Kech kuz kelib barglar sarg‘ayib
to‘kilmoqda.


7. Qaysi gapda o‘zlik nisbatdagi fe’l
qatnashgan?
A) Bizning tumanimizda bir qancha sport
inshootlari qurildi.
B) Daraxtlarning so‘nggi yaproqlari
qishning ilk kunlarida to‘kildi.
C) Zangori ekran orqali ≪Qishloqdagi
tengdoshim≫ ko‘rsatuvi namoyish
etildi.
D) ≪Qanotli do‘stlar≫ haqida film
yaratildi.
8.. Qaysi gapda -ir qo‘shimchasi bilan
hosil qilingan orttirma nisbatdagi fe’l
qatnashgan?
A) O ‘ta qat’iylik bilan keskin va uzoq
gapirdi.
B) - Yolg‘on! Yolg‘on! - deb baqirdi.
C) Ishni bitirmoqqa kifoyat yaxshi.
D) Choponiga cho‘nqayib o‘tirdi.


9. Or - bu o'ziga ep ko'rilmagan yoki
yarashmagan ishdan, narsadan xijolat tortish,
uyalish, uyat va nomus qilish tuyg'usidir.
Mazkur gapda fe’lning qaysi vazifa qatnashgan?
A) sof fe’l, harakat nomi va ravishdosh
B) harakat nomi va ravishdosh
C) sifatdosh va harakat nomi
D) harakat nomi, sifatdosh va ravishdosh


10. Majhul nisbatdagi fe’l qatnashgan gapni aniqlang.
A) Abror yuklarni yuqoriga chiqarishga
qiynaldi.
B) U kuni bilan bosh ko‘tarmay shu ishni
bitirdi.
C) G‘oliblarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
D) Elektr simlariga qaldirg‘ochlar tizilib
o‘tirardi.


11. Qaysi javobda yasama holat fe’li berilgan?
A) tishlamoq
B) so‘lmoq
C) ko‘karmoq
D) gapirmoq


12. Qaysi javobda o'zlik nisbatidagi fe’llar
berilgan?
A) jimirlamoq, silkinmoq
B) ko‘rinmoq, kiyinmoq
C) taralmoq, yiqitmoq
D) o‘ylanmoq, sarg‘aymoq


13. Qaysi javobda o'zlik nisbatidagi fe’llar
berilgan?
A) jimirlamoq, silkinmoq
B) ko‘rinmoq, kiyinmoq
C) taralmoq, yiqitmoq
D) o‘ylanmoq, sarg‘aymoq


14. Qaysi gapda 2 o‘rinda buyruq-istak
maylidagi o‘timsiz fe’l qatnashgan?
A) ≪Or‘rningdan tura qol, do‘stim,
tashqariga chiqaylik≫, - dedi u.
B) Yomg‘ir tezroq tinsa edi, qishloqqa
qiynalmay yetib olardik.
C) Akangni chaqir, bugungi ishi uchun
javob bersin.
D) ≪Qani, qo‘lni bering, bir tabriklab
qo‘yay≫, - dedi zavqi oshib.


15. Qaysi gapda birgalik nisbatidagi yasama fe’l
qatnashgan?
A) Otasining Dostonni ishlashga majbur
etish uchun qilgan harakatlari natija
bermadi.
B) Ish safari bilan ketgan Davron aka
va Sodiq aka kecha Toshkentga
kelishdi.
C) Hakim bobo har bir niholni parvarish
qilardi.
D) Keyin yana ular doimgidek men haqimda
gapirishdi.

SHIOR: Bilim sizni cheksiz imkoniyatlar sari yetaklaydi.Naqadar imkoniyatli bo’lish- o’zingizga bog’liq .
(2022-YIL)

TUZUVCHI:
SEVINCHBONU XUSANOVA

Download 21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling