Ona tili va adabiyot saboqlari


Download 98.83 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana25.03.2023
Hajmi98.83 Kb.
#1294371
  1   2   3
Bog'liq
Ona tili va adabiyot test



SINOV TEST
1. 
Quyidagi gapda olmoshlar qaysi bo‘lakka bog‘langan?
Bu cholni butun yurt izzat qiladi.
A) 1 o‘rinda egaga va 1 o‘rinda kesimga
B) 1 o‘rinda egaga
C) 1 o‘rinda egaga va 1 o‘rinda to‘ldiruvchiga 
D) 2 o‘rinda kesimga
2. 
Quyida berilganlardan to‘ldiruvchi qatnashgan gaplarni toping
1) Uyga uyalganidan kirmadi.
2) O‘zboshimchalikka yo‘l qo‘yilmasin.
3) Yakshanba kuni dam olishga o‘sha tog‘ga borishdi.
4) Bu yerda o‘rtoq Ergashevning hushyorligiga tan berish kerak. 
A) 1, 3, 4
B) 2, 4
C) 1, 3
D) 1, 2, 3, 4
3. 
Qaysi gapda ma’nosi metonimiya usulida ko‘chgan so‘z o‘rin holi vazifasida 
kelgan?
A) Orzu kemalari xayol dengizi tomon yo‘l oldi.
B) O‘lkamizda tun o‘z o‘rnini tongga bo‘shatib berdi.
C) Yakshanba kuni «Bobur»ga aylangani bormoqchimiz.
D) Men «Gulliverning sayohatlari»ga juda qiziqib qoldim.
4. 
Suronli yillarda olis janggohlarda mardlarcha halok bo‘lgan vatandoshlarimizni aslo 
unutmasligimiz lozim. Mazkur gap tarkibidagi yasama so‘zlarnig soni va turkumini 
aniqlang.
A) 1 ta sifat, 2 ta ot, 1 ta ravish, 1 ta fe’l
B) 1 ta sifat, 1 ta ot, 1 ta ravish, 1 ta olmosh 
C) 2 ta sifat, 1 ta ot, 1 ta fe’l, 1 ta olmosh
D) 1 ta sifat, 2 ta ot, 1 ta ravish, 2 ta fe’l 
5. 
Qaysi gapda ikki o‘rinda bog‘lovchi qo‘llangan?
A) Usmon Nosir ham mashhur siymolar kabi juda yoshligidan ko‘p ijobiy
xislatlarga ega bo‘lgan edi.
B) Ey farzand, aqlli, farosatli va ilm-hunarli kishilar bilan do‘st bo‘l.
C) Mehmonlar sut-qatiq hamda choy ichib, darhol o‘tirgan joylariga uzandilar va 
aravada urinib kelganlari uchun uzanar-uzanmas uyquga ketdilar.
D) Polvonning qo‘li kuch bilan o‘ziga tortar, ammo bir qarich ham oldiga 
siljitolmasdi.
6. 
Bu maskan Umidning shodligini ham, kulfatini ham, muhabbatini ham ko‘rgan. 
Ushbu gapda nechta so‘z birikmasi mavjud?
A) 4 ta
B) 5 ta
C) 6 ta
D) 7 ta


7. 
Akam telefon narxini, ukam televizor narxini bilishi meni internet oralashga majbur 
qildi. Necha o‘rinda kelishik qo‘shimchasi belgisiz qo‘llangan?
A) 5 ta
B) 4 ta
C) 3 ta
D) 2 ta
8. 

Download 98.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling