Ona tili va adabiyot saboqlari
Download 98.83 Kb. Pdf ko'rish
|
Ona tili va adabiyot test
Bir chimdim uxlash uchun ko‘zini yumdi, biroq qattiq charchagani uchun
allamahalgacha uxlay olmay qiynaldi. Ushbu gapga oid qaysi javobda berilgan ma’lumot to‘g‘ri emas? A) Fe’lning maqsad holi vazifasini bajarishi kuzatiladi. B) Sifatdoshning sabab holi vazifasini bajarishi kuzatiladi. C) Ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi bilan ifodalangan hol qatnashgan. D) Payt holi vazifasini bajargan olmosh qatnashgan. 24. Qaysi javobdagi gaplar juftligida o‘zaro asosdosh so‘zlar qatnashgan? A) Shuni bilginki, bolali uy − bozor. Bugun do‘stim bilan bolaligimizni eslab rosa kuldik. B) Bemor sog‘ayish uchun astoydil harakat qildi. Ne’mat akalarning ikkita sog‘in sigiri bor. C) Qishloqning chekkasida kattagina tutzor yastanib yotar edi. Oradan biroz vaqt o‘tgach xonaga tutqunni olib kirishdi. D) Qovunning bir tilimini arang yedi. Bechora tilsiz jonivor zo‘rg‘a chidab turardi. 25. Qaysi gapda ko‘makchini unga ma’nodosh bo‘la oladigan kelishik qo‘shimchasi bilan almashtirish mumkin? A) Sardorbek, tanigan-tanimaganingga hurmat bilan munosabatda bo‘l. B) Yuksak qoyalardan shiddat bilan qo‘zg‘algan burgut suruvdagi qo‘zichoqni ildi- yu ketdi. C) Ko‘ldan qarmoq bilan baliq tutishni yoqtiraman. D) Sayyohlar Registon ansamblini zavq bilan tomosha qilishardi. 26. Qaysi gapda imloviy xato yozilgan fe’l turkumiga oid so‘z qatnashgan? A) Harakatlangani sari tanasiga issiqlik yugirib, o‘zida quvvat sezibdi. B) Qalamla men to‘qiyman qo‘shiq, U − insonga, elga xizmatim. C) U xamma bilan juda chiroyli muomala qilyapti-ya?! D) Bu o‘qituvchi o‘zining kichkina shogirtiga o‘qish va yozishni o‘rgatardi. 27. Qaysi gapda quvonch ma’nosini bildirgan modal so‘z ishtirok etgan? A) Ehitimol, ertaga o‘ziga isitib berish uchun shunday deyayotgandir. B) Xullas, biz ulug‘ ajdodlarning davomchilarimiz. C) Haqiqatan ham, ko‘rshapalaklar qushlar bilan hayvonlar o‘rtasidagi jonivorlardir. D) Xayriyat, odamlarimizga insof va diyonat qaytib kelmoqda. 28. Mehmon jiddiylashdi, nimanidir isbotlamoqchiday bir keskin gapirdi. Ushbu gapdagi yasama so‘zlar miqdorini toping va ular qaysi gap bo‘lagi vazifasida kelgan? A) 4 ta: hol va kesim B) 3 ta: hol va kesim C) 2 ta: ega va kesim D) 5 ta:ega, hol, kesim 29. Nil qudratin jo‘shib kuylar bir shoir, O‘zgasi Gang misol qilar zamzama. Atoqli ot(lar) qanday gap bo‘lagi vazifasida kelgan? А) еgа B) to‘ldiruvchi C) hol D) aniqlovchi va hol 30. Hech kimni baxt o‘z-o‘zidan quchgan emas, Qush ham ko‘kka mashaqqatsiz uchgan emas. Atash ma’nosiga ega bo‘lmagan mustaqil so‘z turkumiga oid so‘z mazkur gapda qanday gap bo‘lagi vazifasida kelgan? A) kesim B) vositasiz to‘ldiruvchi, vositali to‘ldiruvchi C) vositasiz to‘ldiruvchi D) kesim, hol Download 98.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling